Nizoning rivojlanishida va sodir bo’lishida ularning ta’siri deyarli bo’lmaydi.
Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri - bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi ob’ektdir.
Ko’pincha shu ob’ektni “bo’lisha olmaslik” yoki uni “bo’lshidagi” adolatsizlik sababli nizoli
vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar o’zlarining manfaatlari yo’lida hal
qiluvchi mavqeni egallashga o’rinadilar.
Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir:
• haddan tashqari hissiyotga berilish;
• fikrini aniq izhor eta olmaslik;
• bir-birini tushunishni xohlamaslik;
• asosga ega bo’lmagan noshukurlik va hokazo.
Nizo sabablari (2-bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich)ni o’z vaqtida sezish, (4-
bosqich) nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar jarayonga e’tiborsizlik bilan qaraladigan
bo’lsa, u holda nizoning kelib chiqishi tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich)
zaruriyati tug’iladi. Boshqarishning
samaradorligiga qarab, nizoning oqibatlari funktsional va
disfunktsional ko’rinishlarida bo’lishi mumkin (7-bosqich).
Nizoning yettita funktsional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy
samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat:
• nizoni hal qilshida har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo’ladi.
Qarama-qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondoshilganidan mamnun
qoladilar. Bunday oqibat o’z navbatida nizo yechimi bo’yicha qabul qilinadigan qaror to’siqlarini,
ya’ni qarama-qarshi tomonlarning bir-biriga bo’lgan:
• adovatni;
• xusumatni;
•
dushmanlikni;
• adolatsizlik kabi g’arazli to’siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo’qotishga imkon beradi.
Funktsional oqibatning boshqa ko’rinishida qarama-qarshi tomonlarning ko’proq hamkorlik
qilishga, hattoki kelgusida ham o’rtada nizo chiqarmaslikka bo’lgan moyilliklari namoyon bo’ladi.
Funktsional oqibat qarama-qarshi tomonlarning o’zaro sir saqlashlari, go’yo “aytiladigan fikr
ular manfaatlariga zid keladi”, degan gumon bilan atayin aytilmay qolgan fikrlarda ham o’z aksini
topishi mumkin. Aslini olganda, bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga undaydi,
chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizo sabablari va
ob’ektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga “tashxis” qo’yishga undaydi.
Funktsional oqibat ochiqdan-ochiq ko’rinishdagi noroziliklarda namoyon bo’lishi mumkin.
Ular turli nuqtai nazarlar mohiyatini ochishda, qo’shimcha
axborotlarni olishda, muqobil
yechimlarni topishda tomonlar uchun imkon beradi.
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga
xalaqit beruvchi quyidagi qo’rinishdaga disfunktsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni:
• qoniqmaganlik, mamnun bo’lmaslik,
norozilik;
• yomon ruhiy holat;
• qo’nimsizlikning oshishi;
• mehnat unumdorligining pasayishi;
• kelajakda hamkorlikning susayishi;
• o’zining guruhiga ko’proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;
• qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o’zining
maqsadini ijobiy, qarshi
tomonning maqsadshsh esa faqat “salbiy” deb o’ylash;
• hamkorlikka chek qo’yish va qarama-qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;
• o’zaro munosabat va hamkorlikni susaytirib, adovatni,
xusumatni kuchaytirish;
• urug’ni o’zgartirish: diqqat-z’tiborni ko’proq real muammoni yechishga emas, balki nizo
jarayonida “yulib” chiqishga qaratish.
Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo yetilmagan bo’lsa yetiltirishga, to’xtab
turgan bo’lsa qo’zg’atishga, jiddiy bo’lmasa jiddiylashtirishga, to’qnashish ehtimol bo’lib
turgan
bo’lsa uni amalga oshishiga xizmat qiladi. qisqasi, adovat tegarmoniga suv qo’yadi.