13
Rasmiy statistikaning asosiy tamoyillarga rioya qilishi rasmiy statistika
ma’lumotlariga foydalanuvchilar ishonchini oshirishga imkon beradi:
1-
Tamoyil. Dolzarblik, xolislik va ochiqlik.
2-
Tamoyil. Professionalizm.
3-
Tamoyil. Statistik andozalardan foydalanish.
4-
Tamoyil. Statistik ma’lumotlardan to’g’ri foydalanish va tahlil qilish.
5-
Tamoyil. Statistik kuzatishlar samaradorligi.
6-
Tamoyil. Maxfiylik.
7-
Tamoyil. Qonunchilik va oshkoralik.
8-
Tamoyil. Milliy darajada muvofiqlashtirish.
9-
Tamoyil. Xalqaro darajada muvofiqlashtirish.
10-
Tamoyil. Statistika sohasida xalqaro hamkorlik.
Rasmiy statistikada ushbu tamoyillarga rioya qilinishi milliy statistika
idoralarida yuqori sifatli statistik axborotlar olinishiga imkon berib, ularga jamiyat
tomonidan ishonchni oshiradi.
Statistikaning rivoji mamlakatdagi hozirgi vaqtdagi vaziyat,
iqtisodiyot va
jamiyatdagi islohotlar jarayoni, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo’llariga o’tish va eski iqtisodiy munosabatlardan
yangi shakllarga o’tish bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishning yangi tamoyillardan kelib chiqqan holda
statistika oldida quyidagi
vazifalar
qo’yilgan:
1. Boshqaruv idoralarining statistik axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil
qilish va baholash.
2. Mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi
hisob va statistikaning xalqaro amaliyotiga qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish.
3. Statistik kuzatishni rivojlantirish. Statistikaning asosiy vazifasini bajarish
maqsadida maxsus uyushtirilgan tekshirishlar, ro’yxatlar,
anketa orqali savol-
javoblarni tashkil qilish va o’tkazish.
4. Statistikaning yagona uslubiy asosiga tayanib axborot fondini tashkil
qilish, uni boshqaruv va o’z-o’zini boshqarish idoralari va boshqa
foydalanuvchilarni zarur statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida
muntazam yangilab borish.
5. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy asoslangan tezkor tahlilini tashkil
qilish. Shakllangan statistik axborotlarning sifati, to’laligi,
haqqoniyligi va
tezkorligini ta’minlash.
6. Yoppasiga va qisman statistik kuzatish, maqsadli ma’lumotlar banki va
registrlar kabi usullarni qo’llash maqsadida barcha davlat va nodavlat sektoriga
tegishli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni to’la qamrab olish va hisobdagi
haqqoniylikni ta’minlash.
7. Axborotlarga ehtiyojlarni hisobga olgan holda statistik axborotlar oqimlari
sxemasini ishlab chiqish.
8. Ochiq statistik axborotlarni barcha foydalanuvchilar tomonidan teng olish
huquqini ta’minlash.
14
Statistika fani statistika oldidagi vazifalarni echishda quyidagi vazifalarni
bajarish orqali faol qatnashadi:
iqtisodiyotning turli hodisa va jarayonlarini bilish vositasi sifatida
ifodalanadigan bilish funktsiyasi;
metodologik funktsiya – statistik ko’rsatkichlar tizimini takomillashtirish
va tuzish;
analitik funktsiya –statistik axborotlar tahlilini chuqurlashtirish.
Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarish statistika
amaliyoti va fanining metodologik birligi va ular faoliyatini muvofiqlashtirishga
ko’p jihatdan bog’liqdir.
Statistitka
metodologiyasining
hozirgi
davrdagi
rivoji
quyidagi
yo’nalishlarda sodir bo’lmoqda:
1.
Iqtisodiyot holati va rivojlanish istiqbollariga statistik xarakteristika
berish.
2.
Tarmoqlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari
bo’yicha farqlanishlarini va omillar ta’sirini o’rganish metodologiyasini
takomillashtirish.
3.
Xalqaro va mintaqalararo taqqoslashlar metodologiyasini rivojlantirish.
4.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini rivojlantirish.
Birinchi yo’nalishning
ahamiyatli jihati Davlat statistika qo’mitasi
tomonidan chop etilayotgan yilnomalarda iqtisodiyotning holati to’g’risidagi
axborotlarning e’lon qilinayotganligidir.
Ikkinchi yo’nalishning
dolzarbligi – tarmoqlar va mintaqalar ijtimoiy-
iqtisodiy
rivojlanishdagi
farqlarni
baholashning
statistik
uslubiyotini
takomillashtirish zarurligi bilan belgilanadi.
Uchinchi yo’nalish
Davlat statistika qo’mitasi tizimida
jiddiy tadqiqotlarni
olib borish va statistikaning axborot bazasini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Mintaqalararo taqqoslashlar uslubiyoti makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xalqaro
taqqoslashlar tamoyillariga tayansada, undan bir qancha muhim jihatlari bilan
farqlari ham mavjud. Shu sababli ko’pgina mintaqaviy ko’rsatkichlarni
taqqoslashga yondashish hozirgi davrda juda dolzarb masala hisoblanadi.
To’rtinchi yo’nalish
– MHT uslubiyotini rivojlantirish ko’pgina
umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash muammosini hal
qilishda muhim rol o’ynaydi. Milliy hisobchilik kontseptsiyasiga asoslangan
axborotlar statistik tahlil va prognoz ishlari uslubiyotini
takomillashtirish uchun
sharoit yaratadi.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to’g’risida ishonchli va to’liq
axborot bazasini shakllantirishga qaratilgan mamlakat statistikasining rivoji
ma’lumotlar yig’ish va qayta ishlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va statistik
tadqiqot ishlarini yangilab borilishi bilan uzviy bog’liqdir. Dolzarb, haqqoniy va
to’liq statistik axborot umumdavlat va mintaqa darajasida puxta mintaqaviy siyosat
olib borish uchun kafolat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: