Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi


  Asosiy tayanch iboralar



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

 


15 
Asosiy tayanch iboralar:
statistika, davlatshunoslik, predmet, metod, 
ommaviy hodisa, miqdor,
sifat, makon, zamon, katta sonlar, statistik 
qonuniyat, statistik to’plam, statistik belgi, statistik ko’rsatkich, statistika 
qo’mitasi, statistika boshqarmasi, statistika tarmoqlari, sotsial statistika, 
makroiqtisodiy statistika, moliya statistikasi, milliy hisoblar tizimi 


16 
2-MAVZU. STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI 
 
1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha 
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli 
ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun 
ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. 
Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy 
holatini o’rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar 
bo’yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlarni 
boshlang’ich manbalardan olishi kerak. Bu ko’rsatkichlarga qanday omillar ijobiy 
yoki salbiy ta’sir ko’rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday 
zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to’g’risida 
ma’lumotlar yig’ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o’rganib 
bo’lmaydi.
Shunday qilib, statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va 
jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur 
bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik 
to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, 
uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng 
asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi. 
Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa, birinchidan 
sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar 
va chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin. 
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni 
o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi. 
Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir 
butunlikda qayd qilish zarur. Masalan, moliyaviy holat o’rganilayotgan bo’lsa, 
uning yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni 
bir guruhini o’rganib xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki ular bir-biriga 
bog’liq, bir-birini taqozo qiluvchi ko’rsatkichlardir. Agarda bir guruh 
ko’rsatkichlarni tahlil qilib xulosa chiqarsak, oldindan ko’zlangan xatolarni keltirib 
chiqaramiz.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda 
to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon 
chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, o’sha moliyaviy holatni o’rganish misolimizga qaytaylik. Agarda 
birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili 
to’plamning bir qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, 
olingan ma’lumotlar vaqt va to’plam birliklarini qamrab olish bo’yicha to’la-
to’kis bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas. 
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi 
haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha 
tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich 


17 
mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik 
hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har bir birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi 
ustida bormoqda. 
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va 
metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga 
aylanadi. 
Masalan, aholi fikrini o’rganmoqchisiz. To’plamga kiradigan aholi soni
1000 kishi. Ularni barchasiga bir xil savollar bilan murojaat qilish kerak va 
javoblarni olishdan oldin respondentlarni savollarga javob berish yo’riqnomasi
bilan tanishtirish to’g’ri javoblar olishga asos bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z 
vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan 
statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. 
Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. 
Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish