15
Asosiy tayanch iboralar:
statistika,
davlatshunoslik, predmet, metod,
ommaviy hodisa, miqdor,
sifat, makon, zamon, katta sonlar, statistik
qonuniyat, statistik to’plam,
statistik belgi, statistik ko’rsatkich, statistika
qo’mitasi, statistika boshqarmasi,
statistika tarmoqlari, sotsial statistika,
makroiqtisodiy statistika, moliya statistikasi, milliy hisoblar tizimi
16
2-MAVZU. STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI
1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli
ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik
kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun
ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.
Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy
holatini o’rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar
bo’yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlarni
boshlang’ich manbalardan olishi kerak. Bu ko’rsatkichlarga qanday omillar ijobiy
yoki salbiy ta’sir ko’rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday
zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to’g’risida
ma’lumotlar yig’ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o’rganib
bo’lmaydi.
Shunday qilib, statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan
hodisa va
jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur
bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik
to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa,
uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng
asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi.
Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa,
birinchidan
sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar
va chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni
o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi.
Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir
butunlikda qayd qilish zarur. Masalan, moliyaviy holat o’rganilayotgan bo’lsa,
uning yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni
bir guruhini o’rganib xulosa chiqarish mumkin emas.
Chunki ular bir-biriga
bog’liq, bir-birini taqozo qiluvchi ko’rsatkichlardir. Agarda bir guruh
ko’rsatkichlarni tahlil qilib xulosa chiqarsak, oldindan ko’zlangan xatolarni keltirib
chiqaramiz.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda
to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon
chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
Masalan, o’sha moliyaviy holatni o’rganish misolimizga qaytaylik. Agarda
birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili
to’plamning bir qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa,
olingan ma’lumotlar vaqt va to’plam birliklarini qamrab olish bo’yicha to’la-
to’kis bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas.
To’planayotgan ma’lumotlarning
aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi
haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha
tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich
17
mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik
hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har bir birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi
ustida bormoqda.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va
metodologiya
bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga
aylanadi.
Masalan, aholi fikrini o’rganmoqchisiz. To’plamga kiradigan aholi soni
1000 kishi. Ularni barchasiga bir xil savollar bilan murojaat qilish kerak va
javoblarni olishdan oldin respondentlarni savollarga javob berish yo’riqnomasi
bilan tanishtirish to’g’ri javoblar olishga asos bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z
vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan
statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur.
Ular
ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak.
Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: