Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI




 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
 
“STATISTIKA” KAFEDRASI
 
 
 
 
STATISTIKA
 FANIDAN
 
 
 
MA'RUZALAR MATNI



1-MAVZU. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI
 
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi 
 
Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy 
formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan 
birga taraqqiy etadi va takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi 
Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini 
topgan.
Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari” (eramizdan oldingi X asr), 
qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, eramizgacha) o’z 
vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini butun bir tizimini aniqlab bergan, 
ya’ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va 
xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari 
tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish va boshqa masalalar keng 
yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), 
Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida 
ajoyib namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga xitoyliklar 
ham katta hissa qo’shishgan: Kunfutsiya (Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha), 
Men Tszi (372-289 y. eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin. Ayrim 
ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan.
Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash 
uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib 
borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va 
boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq 
qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni amalga 
oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.
Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Siyosiy 
arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti 
(1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiy-
iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida tug’ilgan edi. K.Marks 
U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi-tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning 
otasi va ma’lum bir darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan. 
U.Petti o’z asarlarida (“Soliqlar va yig’imlar”, 1662y.; “Donolarga so’z”, 
1664yil; “Siyosiy arifmetika”,1676 yil) o’z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va 
iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga suyangan holda javob berishga 
harakat qiladi. 
J.Graunt birinchi bo’lib o’lish to’g’risidagi ma’lumotlar jadvalini tuzdi, 
Angliya aholisini sonini aniqladi (6,5 mln.kishi), Bulardan tashqari u ommaviy 
miqdoriy hodisalarga taalluqli ayrim statistik qonuniyatlarni aniqladi. 
U.Petti va J.Graunt bajargan ishlar ilmiy statistikani paydo bo’lishiga 
poydevor bo’lib xizmat qildi.Ular boshlagan ish bir qancha olimlar tomonidan 
davom qildirildi. Ular orasida G.King (1648-1712) va E.Galley (1656-1742) 



bajargan ishlar diqqatga sazovordir. G.King 1696 yilda Angliya aholisini barcha 
sotsial guruhlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar balansini tuzdi, astronom 
E.Galley esa 1693 yilda o’lish jadvalini tuzdi.
Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy 
maktab (fan) ham paydo bo’ladi. Bu maktab asoschilari G.Konring (1606-1681) va 
G.Axenvaldir. 
1660 yilda G.Konring yangi soha (fan) bo’yicha ma’ruza kursini tashkil 
qiladi – “Davlatshunoslik” “Staatskunde”. Bu fan – G.Konring fikricha - har bir 
davlatda diqqatga sazovor bo’lgan faktlar (ro’y bergan hodisa va voqealar) haqida 
so’zlab beruvchi fandir.
1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval 
(“Davlatshunoslik” fanini nazariyachilari orasida eng ko’zga ko’ringan olimlardan 
biri) “davlatshunoslik” fanini “Statistika” (lotincha “Status” so’zidan olingan 
bo’lib, hodisalarning holatini, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizida italyancha 
“Stato”-davlat, amaliy siyosat va “Statista”- davlat arbobi, davlatni biluvchi 
so’zlari yotadi) deb atagan. 
Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy 
maktab (fan) ham paydo bo’ladi. Bu maktab asoschilari G.Konring (1606-1681) va 
G.Axenvaldir. 
1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval 
“davlatshunoslik” fanini “Statistika” (lotincha “Status” so’zidan olingan bo’lib, 
hodisalarning holatini, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizida italyancha 
“Stato”-davlat, amaliy siyosat va “Statista”- davlat arbobi, davlatni biluvchi 
so’zlari yotadi) deb atagan. 
Statistikani rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan belgiyalik olim Lamber 
Adolf Jak Ketle (1796-1874) va uning maktabidir. A.Ketle statistika bo’yicha 65 ta 
asar yozgan. Birinchi davlat statistika organi 1756 yilda Shvetsiyada tashkil 
qilingan. Frantsiyada 1772 yildan butun mamlakat bo’yicha aholining harakatlari 
to’g’risida hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Frantsiya ichki ishlar 
vazirligida statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro’yxati 
o’tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti barpo etiladi.
1887 yil Rimda Xalqaro statistika instituti tuzildi. Bu birlashmaning 
(bugungi kunda ham faoliyat ko’rsatmoqda) asosiy maqsadi – davlatlarning 
statistik ma’lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishini ta’minlash va xalqaro statistik 
to’plamlarni nashr etishdir.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog 
F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir. 
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini 
qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, 
Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov 
(1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman 
(1864-1919) va boshqalar. 
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining 
munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, 



V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar 
Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, 
A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining 
munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlarni bugun eslash joizdir. Ularga 
S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, 
S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida 
ishlagan), 
A.Ya.Boyarskiy, 
A.I.Gazulov, 
A.I.Petrov, 
T.V.Ryabushkin, 
V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek 
xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 
1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’zbek tilida 
“Statistika” bo’yicha o’quv adabiyotlari chop etila boshlandi. O’zbek tilida o’quv 
qo’llanma va darsliklar yaratishda Toshkent Moliya instituti statistika kafedrasi 
professor-o’qituvchilari namuna bo’lmoqdalar. Professor Yo.Abdullaev ilk bor 
statistika umumiy nazariyasidan darslik (1993 y) chop etdilar, 1996 yilda shu 
fandan o’quv qo’llanma nashr etildi, 1998 yilda esa o’quvchilarga “Makroiqtisodiy 
statistika: 100 savol va javob” taqdim etildi. Kafedraning boshqa a’zolari ham bu 
sohada faol ishlamoqdalar. Masalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.A.Shadiev 
“Statistika nimani o’rgatadi.” (Darslik)T.: O’zbekiston, 1985; X.A.Shodiev, 
M.Ya.Xamroev “Moliya statistikasi”.T.: Abu Ali Ibn Sino, 2002; X.A.Shadiev 
“Moliya statistikasi bo’yicha amaliyotnoma”.T.: TMI, 2002; Statistika (darslik).T.: 
Ibn Sino, 2004 (prof. X.A.Shadiev taxriri ostida); X.A.Shadiev Moliya statistikasi 
(darslik).T.: Iqtisod-moliya, 2010y.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish