Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

 
 
 
 
2. Statistika nimani o’rgatadi? 
 
Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki
o’rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko’p
o’chratamiz. Javoblar bundan ham ko’p. Ularni ayrimlari: Korreyl “Statistika bu 
koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter-“Statistika sen bilmagan narsa 
to’g’risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar-“Statistika bu turib qolgan
tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat to’liq induktsiyani 
emas, hamda to’liqsiz induktsiyani xudosidir”; Napolen-“Statistika buyumlar
byudjeti, aniqrog’i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan paydo bo’lgan
narsalar kiritilishi, yo’qoladiganlari va yo’qolganlari o’chirilishi kerak” Statistika 
deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan, metod va 
x.k. tushuniladi. Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga berilgan tariflar
soni 1700 dan oshiq emish. Son-sanoqsiz tariflar bilan qatorda hozirgi zamonda 



statistika so’zi qo’llanilmaydigan tarmoq yoki soha yo’q. Bundan tashqari 
iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so’zni vrachlar, jurnalistlar, teleradio 
boshlovchilar va boshqalar o’z faoliyatida juda ko’p ishlatishadi. Bir tomondan, 
biz statistiklar uchun statistika so’zini hamma erda ishlatilishi yoqimli va biz 
undan xursand bo’lamiz, ikkinchi tomondan bu so’zni noo’rin va ishlatilishi biz 
mutaxassislarni ranjitadi. Shu o’rinda ko’pchilikni statistika bilan informotsiyani 
farqiga bormasligiga to’xtalmoqchimiz. Masalan, jurnalistlar tushunib
tushunmasdan qaerda ikkita raqamni ko’rsa uni statistika deb tushunishadi. 
Futbol o’yinini olaylik, masalan, Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” 
futbol komandalari o’yini 4-5 hisobida tugadi. Jurnalistlar bu ikki komandani 
yoki Ispaniyaning boshqa futbol komandalarini (masalan, 14 turdagi 26 dekabr) 
o’zaro o’yinlari natijalarini statistika deb atashadi.
O’yinni futbol maydonining qaerida o’tishi va darvozaga berilgan zarbalarni 
o’rganish juda muhim. Futbol o’yinidagi yana bir holat – o’yin qoidasini buzish va 
o’yindan tashqari holat (ofsayd). Futbolda o’yin qoidasi buzilganda turli choralar 
ko’riladi: A-jarima to’pi belgilanadi; B-jarima to’pi (oldin o’yinchiga sariq 
kartochka ko’rsatiladi); V-jarima to’pi (oldin o’yinchiga qizil kartochka 
ko’rsatiladi); Real-Barselona o’yinida jarima to’plari soni 48 ta belgilangan, 
shunda 28-20 ta tegishli ravishda oddiy jarima to’plari 32 (shundan 10 va 12 
tegishli ravishda), sariq kartochkalar -14 (8 va 6); qizil kartochka 2 (1 va 1) ta. 
Odatda sariq va qizil kartochka berilgan vaqt va ularni olgan futbolchini ismi 
sharifi yoziladi. 
Futbolda o’yindan tashqari holat (ofsayd) alohida o’rganiladi. Tahlil 
qilinayotgan o’yinda ular soni 12 ta Shundan: Barselona – 5(42%), Real-7(58%). 
Bu ko’rsatkich taymlar bo’yicha ham alohida hisoblanadi. 
Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o’yin, tur, mahsum va yil 
uchun minglab ko’rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda e’lon qilinadi. 
Bizni maqsadimiz esa barcha ko’rsatkichlarni hisoblash emas, aniq o’yin 
bo’yicha futbol statistikasini ayrim ko’rsatkichlari yordamida statistika bilan 
informatsiyani farqini ko’rsatish edi xolos. 
Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga javob 
berishimiz mumkin. Birinchidan, statistika bu sonlar va o’lchovlar yordamida 
ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika 
to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar 
orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot 
usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz 
alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni 
aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir. 
Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uni mohiyatini to’liq 
tushinib etish talab etiladi. Vaqt o’tish bilan statistikani mohiyati va zaruriyati 
o’zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo’lish paytlarida statistika davlat 
extiyojlari qondirgan bo’lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh 
yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni 
bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimotini rivojlangan va qiyinlashib ketgan, 



eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har 
bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir 
chekkasida qanday o’zgarishlar bo’layotganligi yoki hodisa va voqealarni 
o’zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu erda statistikadan yaxshi 
yordamchi topilmasa kerak, ya’ni faqatgina u ro’y berayotgan yoki beradigan 
hodisalarni hajmi, o’zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni 
etkazib bera olish mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir. 
Yuqoridagi qisqa tahlildan ko’rinib turibdiki statistikaga berilgan ta’riflar 
turli-tuman, bir biriga o’xshamaydi. Ulani bizni fikrimizcha quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin:
statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida 
ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni 
statistika organlari tushuniladi; 
statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi.
statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari 
o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif); 
statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi; 
statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya 
(izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k. 
Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, 
quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat 
hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu 
ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va 
vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. 
Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari 
ko’rsatilgan:

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish