10
Statistik axborotlarni to’plash va qayta ishlashdagi jiddiy kamchiliklardan
biri sifatida hisoblash texnikasidan etarli darajada foydalanmaslikni keltirish
mukin. Chunki ma’lumotlarni qayta ishlash dasturiy ta’minot paket rejimiga
mo’ljallangan. Pirovard axborotlardan foydalanuvchilar uchun statistik axborot
fayllarini statistik tahlil qilish va dialog rejimi mavjud emas edi. Respublikada
statistik uslubiyot markazi mavjud bo’lmaganligi sababli statistika rivoji oqsagan.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, barcha iqtisodiy
munosabatlar tizimida tub o’zgarishlarga qaratilgan iqtisodiy islohotlar statistika
tizimini jiddiy takomillashtirish, barcha hisob va statistika tizimida kompleks
takomillashtirishni talab qilar edi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga
oshirildi. Mustaqil O’zbekiston statistika tizimini qayta qurishda boshlang’ich
punkt bo’lib 1992 yil hisoblanadi. Shu yili iqtisodiyot talabidan hisob va
statistikaning orqada qolayotganligi ayniqsa kuchli namoyon bo’lgan edi. Bu
bosqichda qayta qurishning asosiy yo’nalishi statistika va prognozlashtirish
idoralari ishlari orasidagi o’zaro aloqani ta’minlashga qaratildi. Ushbu maqsadda
1992 yilning 5 avgustida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzurida Istiqbolni belgilash va
statistika
davlat
qo’mitasini
tuzish
to’g’risida”
gi
Farmoniga
ko’ra
“O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi tuzildi. Farmonga binoan O’zbekiston
rivojlanish istiqbollarni belgilash Qo’mitasi va O’zbekiston davlat statistika
qo’mitasi birlashtirildi.
“O’zistiqbolstat” tarkibida istiqbolni belgilash va statistika hududiy
boshqarmalari, Bosh hisoblash markazi, Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tekshirish
instituti, Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil qilindi.
“O’zistiqbolstat” statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish,
xalqaro andozalar va tavsiyalarga, ilmiy ishlanmalarga asoslangan statistik
uslubiyotni ishlab chiqish va joriy qilish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va
bozor o’zgarishlarini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarning kompleks va tizimli
bo’lishi, statistik axborotlarning haqqoniy, ob’ektiv va yaxlitligi, respublikada
sodir bo’layotgan jarayonlar va tendentsiyalarni tahlil qilish, amaldagi
qonunchilikka binoan umumlashtiruvchi statistik ko’rsatkichlarning ochiqligi,
haqqoniyligi, oshkoraligi uchun mas’ul bo’lgan.
Iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishdagi iqtisodiy islohotlar,
qo’yilgan vazifalarni samarali bajarish mamlakatda statistika va hisob tizimini
tubdan islohot qilinishini talab qilar edi. Statistika tizimining xalqaro andozalarga
o’tkazish va islohotlarning ko’p maqsadli yo’nalishlari masalalarining keng
ko’lamliligi va murakkabligi uni amalga oshirishda davlat ishtiroki zarurligini talab
qildi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil
24 avgustda 433-sonli qarori bilan 1996 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan
“
Do'stlaringiz bilan baham: