Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

alternativ belgilar
deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va 
qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz 
bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda, 
savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi. 
Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan 
(tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan 
farqlanadi. Bu farqlanish statistikada 
variatsiya
deb ataladi. Masalan, menejer 
ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat 
o’ziga bog’liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va 
h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil, 
ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri 
bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo’lishiga olib 
keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda, o’rganilayotgan belgining o’zgarishi turli davrlarga to’g’ri kelsa 
(oy, yil) bunday o’zgarish statistikada variatsiya emas, 
dinamika 
deyiladi.
 
3.
Statistik ko’rsatkich
– bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq 
sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va 
hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan 
ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik 
ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik 
ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir. 
4.
Statistik ko’rsatkichlar tizimi
– bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan 
statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni 
barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, 
tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda 
korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari
deyiladi.
Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi. 
Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning 
maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi 
deyiladi. 
Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelish 
uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to’plashimiz, ikkinchidan, 
to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va 
grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko’rsatkichlarni har 



tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to’liq bajarsak, 
o’rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ob’ektiv xulosaga 
kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik 
kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga 
bo’linadi. 
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. 
Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va 
guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika 
ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish
metodlari.
Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning 
chambarchas bog’liq ravishda olib borilishini taqozo etadi. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish