Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

O’zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qo’llaniladigan statistika va 
hisob tizimiga o’tish to’g’risidagi Davlat dasturi”
qabul qilindi.
Qabul qilingan dastur milliy statistikani tizimiy-kontseptual isloh qilishning 
me’yoriy bazasini yaratdi. 


11 
Statistikani tizimiy isloh qilish bir qancha o’zaro bog’langan ishlarni amalga 
oshirishni nazarda tutgan. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: statistik 
axborot tizimini yaratish va uni faoliyat yuritish tizimini tashkil qilish; statistik 
uslubiyotni takomillashtirish; statistik axborot tizimini texnologik rivojlantirish; 
statistikani isloh qilishning tashkiliy-huquqiy ta’minotini takomillashtirish va h.k. 
Ushbu Dasturni amalga oshirish ishlarida ko’pgina davlat idoralari, etakchi 
iqtisodiy va boshqa ilmiy muassasalar va OTM qatnashgan. 
Bir maqsadga yo’naltirilgan va bosqichma-bosqich Dasurning hayotga tatbiq 
qilinishi quyidagi natijalarga erishishga imkon berdi: 
- bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi milliy hisobchilik yangi 
kontseptual makroiqtisodiy 
modelni 
– Milliy hisoblar tizimi (MHT) 
metodologiyasini o’zlashtirish boshlandi; 
- narxlar, mehnat, tashqi va ichki savdo statistikasi tubdan yangidan tashkil 
qilindi, statistikaning moliya, byudjet va bank bo’limlari qaytadan shakllantirildi, 
tarmoqlar statistikasi ko’rsatkichlari aniqlashtirildi, institutsional o’zgarishlar 
statistikasini yaratish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi, MHT sxemasi bo’yicha 
tarmoqlararo balansni ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratildi, Yagona korxona 
tashkilotlarning davlat registrini shakllantirish uchun tashkiliy va me’yoriy-
huquqiy 
asoslar 
yaratildi 
va 
statistikaning 
axborot-hisoblash 
tizimi 
takomillashtirildi. Eng muhim natija sifatida davlat statistikasi idoralarining 
xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarining yangi sifat darajasiga 
ko’tarilganligini qayd qilish mumkin. 
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti islohotlarining yanada rivojlanishi va 
chuqurlashuvi, turli mulkchilik shakllari va iqtisodiyot sohalarining holati va 
imkoniyatlari to’g’risida haqqoniy va aniq ma’lumotlarga tayangan holda davlat 
boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini baholash 
zaruriyati va statistikani isloh qilish Dasturining amalga oshirish natijalari 
mamlakat iqtisodiy va statistika tizimlari faoliyatini yanada takomillashtirish, 
statistika oldida turgan muammolarni echish uchun ularning tashkiliy tizimlarini 
optimallashtirish masalalarni kun tartibiga qo’ydi. 
Ushbu masalalarni xal qilish maqsadida 1997 yilning 15 mayida 
“O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga 
aylantirildi. 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tarkibida aniq belgilangan statistika 
vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan, hududiy bo’linmalarga ega bo’lgan Davlat 
statistika departamenti ajratilgan. Viloyatlar va Toshkent shahar darajasida – 
statistika boshqarmalari, tumanlarda esa – statistika va hisoblash markazlari tashkil 
qilingan. 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga asosiy vazifalar sifatida 
quyidagilar yuklatilgan edi: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq 
yo’nalishlari, yo’llari va usullarini aniqlash, respublika iqtisodiyotini 
boshqarishning bozor mexanizmlarini ta’minlash; makroiqtisodiy va moddiy 
balanslar, MHTga asoslangan O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
istiqbollarining variantli hisob-kitoblarini ishlab chiqish; to’lov, moliya va tashqi 


12 
savdo balanslarini shakllantirish va nazorat qilish (Moliya vazirligi bilan 
birgalikda); O’zbekiston iqtisodiyotining optimal rivoji va proportsiyalarini, 
mineral va xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanilishi, barqaror o’sish va 
dunyo xo’jaligigiga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan investitsiya 
dasturlarini tayyorlash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot va 
madaniyat rivoji, aholi turmush darajasi va farovonligining o’sishini hisobga olish 
va nazorat qilishga qaratilgan hozirgi zamon indikativ, analitik va statistik uslublar 
va vositalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish. 
Qabul qilingan xalqaro statistika amaliyotida qo’llaniladigan uslubiy 
qoidalar va andozalarga asoslangan holda belgilangan vazifalarni bajarish statistika 
idoralari faoliyatida jiddiy o’zgarishlarga olib keldi. 
Mamlakatni keyingi davrdagi rivoji statistikani takomillashtirishda yangicha 
yondashishlar zarurligini talab qilar edi. Ushbu yondashishga ko’ra ustuvorliklar 
doirasida ishlarni yanada rivojlantirish va ularni yakuniga etkazishni hamda 
tizimining o’zini bozor iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar 
bilan birgalikda olib borildi. Ya’ni, statistikaning ayrim elementlarini fragmentar 
isloh qilishdan butunlay yaxlitlikda statistika tizimini isloh qilishga o’tildi. 
Xalqaro statistika amaliyoti, uslubiy ko’rsatmalari va andozalariga ko’ra 
ushbu va boshqa statistika muassasalarining funktsional vazifalarini echish uchun 
berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida ma’lum tizimga ega bo’lishi talab 
qilinadi. 
Shu sababli statistika rivojining yangi sifat bosqichini yaratishda muhim 
shart-sharoit va huquqiy asos bo’lib 2002 yilning 12 dekabrida O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish