302
3. Aholining moddiy, ma’naviy darajasini va sotsial sharoitini
tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Inson tirik ekan uning ehtiyoji ham bo’ladi. Ehtiyojlar xilma-xildir. Shu
nuqtai nazardan ular quyidagi turlarga bo’linadi: moddiy ehtiyojlar; ma’rifiy va
ma’naviy ehtiyojlar; sotsial ehtiyojlar.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan.
Ular eng zarur va hayotiy ehtiyojlar bo’lib: oziq-ovqat; kiyim-kechak; turar-joy;
transport; aloqa; gigiena; elektroenergiya; gaz; barcha maishiy xizmatlar kabi
ehtiyojlardan iborat bo’ladi.
Aholi jon boshiga necha kg go’sht, non, un, guruch, shakar, meva, sabzavot,
poliz mahsuloti, sariyog’, o’simlik moyi, necha litr sut, spirtli yoki spirtsiz ichimlik
iste’mol etilishi, har kishiga necha juft poyafzal, necha metr gazlama, bitta oilaga
o’rtacha nechta avtomashina, televizor, magnitafon, muzlatgich, gilam,
videapparatura kabilarning to’g’ri kelishini ifodalovchi ko’rsatkichlar aholining
moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi miqdoriy ko’rsatkichlardir.
Jon boshiga hisoblangan mahsulot turi quyidagicha aniqlanadi:
A
q
q
i
i
bu erda,
i
q
- jon boshiga hisoblangan i mahsulot
i
q
- bir yil davomida iste’mol qilingan i mahsulot, jami.
A
- aholining yoki ayrim olingan ijtimoiy guruhlarning o’rtacha soni.
Iste’molga shunday qonuniyat xoski, dastlab unda miqdoriy, so’ngra esa
sifat o’zgarishlari yuz beradi. Avval, umuman, tovarlar va xizmatlar iste’moli
o’sgani holda, so’ngra ularning sifatlisini tanlab iste’mol etilishiga kirishiladi. Bu
bozorning to’yinishiga bog’liq. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa,
shunchalik sifatli iste’mol katta o’rin oladi.
Oziq-ovqat
mahsulotlariga
bo’lgan
talabning qondirilish darajasi
quyidagicha aniqlanadi:
i
i
i
’‡Џ
Џ
q
q
ж
°
ў
bu erda,
K
tq
- i mahsulotga bo’lgan talabning qondirilish darajasi.
i
Џ
q
°
- jon boshiga haqiqiy iste’mol qilingan i mahsulot.
i
’‡Џ
q
- jon boshiga norma bo’yicha ist’mol qilinishi lozim bo’lgan i mahsulot.
Agar,
bo’lsa, u holda aholining mazkur turdagi mahsulotga bo’lgan
talabi to’liq qondirilgan,
bo’lsa - oshirilib qondirilgan,
bo’lsa - u
holda bu talab etarli darajada qondirilmagan bo’ladi.
Ma’rifiy-ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar kabi insonning yuksalishi va
jamiyatning rivojlanishi uchun tabiiy zaruriyatdir. Bu ehtiyojlar tarkiban bilim
olish, madaniy saviyani oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat.
303
Ular quyidagi ko’rsatkichlarda o’zining mutlaq aksini topdi: maktabgacha ta’lim
muassasalaridagi bolalar soni; umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qiyotganlar
soni; o’rta-muxsus, kasb-hunar ta’limi bilim yurtlarida o’qiyotganlar soni; oliy
ta’lim yurtlarida o’qiyotganlar soni; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
muassasalarida o’qiyotganlar soni; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash yurtlarida o’qiyotganlar soni; maktabdan tashqari sharoitda bilim
olayotganlar soni.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan
sovodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ya’ni akademik litseylar bo’yicha ishlash
huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom
ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Oliy ta’lim, ya’ni universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning
boshqa ta’lim muassasalari, yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura)
jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan
ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorash kasb bilimlari va
ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Bu ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi (har 1000 kishi aholiga to’g’ri
kelgan): o’rta-maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini bitirganlar va band bo’lganlar soni
(Ko’m); oliy ma’lumotlilar soni (Ko); fan nomzodlari soni (Kfn); fan doktorlari
soni (Kfd); fanlar akademiyasining muxbir a’zolari soni (Kma); akademiklar soni
(Ka);
aspirantlar
soni
(Kasp);
doktorantlar
soni
(Kd);
ommalashgan
kutubxonalardagi kitoblar son (Kks); kitob, jurnal va gazetalarning yillik tirajlar
soni (Kkjg); kinoseanslar va teatrlarga qatnovchilar soni (Kkt); radio eshittirish va
teleko’rsatular ko’lami (sutkasiga soatda) va boshq.
Bu ko’rsatkichlarni regionlar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek,
jahon standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va
ma’naviy darajasini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholining sotsial sharoitini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichlar
jumlasiga quyidagilar kiradi: ishsizlik koeffitsenti; ish haftasi va ish kunining
o’rtacha uzunligi; mehnat ta’tillari muddati; mehnat sharoiti; har 10000 kishiga
to’g’ri kelgan: kasalxonalardagi o’rinlar soni, vrachlar soni, sanatoriya va dam
olish uylaridagi o’rinlar soni; aholining o’rtacha yashash umri; bir yoshgacha
bo’lgan bolalar o’limi (har 1000 aholiga); onalar o’limi (har 100 000 onaga
nisbatan); sotsial himoya darajasi va h.k.
Bu ko’rsatkichlar aholi barcha tabaqalarining sotsial sharoitini yaxshilash
maqsadida qator tadbirlar tizimining amalga oshirilishini, mehnat resurslaridan qay
darajada foydalanish, mehnat sharoitining yaxshilanish jarayonini, qishloq bilan
304
shahar aholisi turmush darajasining yaqinlashishi kabi tadbirlarning amalga
oshirilishini bevosita ifoda qiluvchi ko’rsatkichlardir.
Asosiy tayanch iboralar:
jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad,
nominal va real daromad indekslari, turmush qiymati indeksi, inson barkamolligi
indeksi, qashshoqlik indeksi, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi, yashash
minimumi, Lorents egri chizig’i, Djini koeffitsienti, Kambag’allikning
chuqurlashuvi indeksi, kambag’allikning sayyozlashuv indeksi, haqiqiy iste’mol
qiymati, optimal iste’mol.
Do'stlaringiz bilan baham: |