Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

Tasodifiy xatolar
- bu qayd qilish xatolari bo’lib, ular so’roq o’tkazuvchilar 
yoki qayd qiluvchilar tomonidan qilinishi mumkin. Masalan, yoshi 18 bo’lsa 
adashib 28 yosh deb yozilishi mumkin yoki biron bir raqam boshqa ustunga 
yozilishi mumkin. Bunday xato qilishdan hech kim kafolatlanmagan. 
Muntazam xatolar
doimo bir yo’nalishda bo’ladi. Ular oldindan ko’zlangan 
va oldindan ko’zlanmagan xatolarga bo’linadi. Oldindan ko’zlangan xatolar - bilib 
turib qilinadigan xatolardir. Masalan, hisobotlardagi qo’shib yozishlar, yo’q 
narsani bor deb to’ldirish va h.k. 
Qisqasi bu xatolarni maqsadli xato desak ham bo’ladi. 
Oldindan ko’zlanmagan muntazam xatolar tasodifiy sabablar yoki ro’yxatga 
oluvchilarning o’z ishiga e’tiborsizligi natijasida paydo bo’lishi mumkin. Masalan, 
sutning yog’lilik darajasini (foiz hisobida) tekshirish kerak. Bu operatorning har 
kuni qiladigan ishi. Lekin operator har kuni sutning sifatini tekshirishdan oldin u 
o’z uskunalarini to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak. Keyin insonlarda 
yaxlitlab aytish odati bor. Necha bosh qo’yingiz bor deb so’ralsa, odatda 10 tacha 
deb javob beriladi. Haqiqatda esa qo’ylar soni 8 ta yoki 12 ta bo’lishi mumkin. 
Reprezentativ (bu xatolarni tanlab kuzatish mavzusida chuqur o’rganamiz) 
xatolar qisman kuzatishga xos bo’lgan xatolardir. Ular tanlab olingan to’plam 
birliklari bosh to’plamdagi xususiyatlarni o’zida to’la aks ettirmaganligi tufayli 
paydo bo’ladi. 
Kuzatish xatosiz bo’lishi juda ham qiyin masala. Lekin uni iloji boricha 
kamaytirish yoki umuman yo’q qilish statistikaning muhim vazifalardan biridir. 
Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha masalalarning to’g’ri echilishi kuzatish 
xatosini yo’qotishning omillaridir. Xatolarni kamaytirishning yana bir yo’li-
ma’lumotlarni qabul qilish paytidagi nazorat qilishdir. Nazorat arifmetik va 
mantiqiy bo’ladi. Arifmetik nazoratda chiqarilgan jamlar, bir-biriga bog’liq 
bo’lgan ko’rsatkichlar tekshirib ko’riladi. Mantiqiy nazoratda esa javoblar 
to’g’riligi tahlil qilinadi. Masalan, so’rov varaqasida keltirilgan javoblar: jinsi-ayol, 
yoshi-8, ma’lumoti oliy. Ko’rinib turibdiki javoblardan bittasi noto’g’ri, ya’ni yoki 
yoshi, yoki ma’lumoti noto’g’ri yozilgan, hammaga ma’lumki 8 yoshli qiz bola 
oliy ma’lumotli bo’lishi mumkin emas.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish