Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
— Eng yomon fojia keyin bo‘ldi. Brahmanning to‘rtta xotini bor ekan. Shulardan uchtasi 
«sati» qilib, murda bilan o‘zlarini yondiribdirlar. Buni Jodha Bay eshitib qancha yig‘ladi! 
Ayollarning qarindoshlari-yu brahmanning qavmlari bu adolatsizlikdan qahr-u g‘azabga 
to‘lib yuribdilar. Axir shayx Abdunabiday johillarga odamlarni qatl ettirsh huquqini kim 
bergan? 
— shariat bergan, — dedi Akbar. — Agar mening dahriyligimga raiyat-u bariyatni 
ishontirsalar, shariatga suyanib meni ham qatl ettirishlari mumkin. 
— Bular shariatni shunchalik suiiste’mol qiladigan bo‘lsa, o‘rinlariga shayx Muborakdek 
halol odamlarni qo‘ysangiz bo‘lmagaymi? 
Akbarning ko‘pdan beri ko‘ngliga tukkan istagi ham shu edi. Hozir bu istak yangi bir 
kuch bilan qaytib keldi. Uni amalga oshirish uchun yana poytaxtga qaytishi kerak. 
— Poytaxtda Todar Mal ham sizning yo‘lingizga muntazir, — dedi Hamida begim. — 
Jizyani bekor qilish uchun yetarli mablag‘ to‘plagan emish. 
Yerda shuncha ishlari turib, Akbar osmondan nido kutib yurgani endi uning o‘ziga g‘alati 
tuyuldi. Hamida begim uni tezroq avvalgi holiga qaytarishga intilib iztirob bilan 
so‘zlashda davom etdi: 
— Shoh o‘g‘lim, shayxlar sizni yerdan uzib olib osmonga chiqarib yubormoqchi bo‘lurlar! 
Meni ham Iso payg‘ambarning onasi Bibi Maryamga qiyoslab mubolag‘a qilurlar. Lekin 
men Bibi Maryam emasmen, shukrkim, sizdek ulug‘ insonga onamen! Shuning o‘zi 
menga yetkulikdir! Tangrining oldida guvohlik berurmenki, sizga bir emas, yetti ona oq 
sut bergan. Shuning uchun men sizni mahdiy emas, Odam Ato farzandi deb bilurmen! 
Akbar tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Xayollari osmondan yerga tushayotgani unga 
yengillik bermoqda edi. Quyuq bulutday og‘ir tuyg‘ular kuchli shamol ostida tarqab 
ketayotganga o‘xshardi. O‘g‘lini bulut orasidan chiqarib olayotganini sezgan ona ilhom 
va ehtiros bilan so‘zlashda davom etdi: 
— Siz afsonaviy Iskandar kabi ulkan nom qozondingiz, Akbarjon! Alisher Navoiyning 
«Xamsa»sini o‘qigansiz. Saddi Iskandariy dostoni yodingizdami? O‘sha yerda Arastu, 
Suqrot, Aflotun kabi olamshumul donishmandlar nelar deganini bir eslang! 
Akbar «Saddi Iskandariy»ni xayolidan qayta o‘tkazarkan, bir narsadan hayron bo‘ldi. 
Navoiyning jahon xalqlarini adolatga va ruhiy yaqinlikka undab yozgan turkiy dostoni 
Akbarning milliy adovatlar va diniy nizolarni yo‘qotishga qaratilgan e’tiqodiga naqadar 
hamohang! Dostondagi ya’juj-ma’jujlar — qonli urushlar va milliy adovatlar timsoli 
emasmi? Saddi Iskandariy barcha yovuzliklarning yo‘lini to‘sish uchun qurilgan ekan-ku. 
Uni Sharq-u G‘arbdagi barcha xalqlar din-u millat ayirmasdan birgalikda qurganlari bejiz 
emas. 
— Akbarjon, siz ham Sekrida qurgan e’tiqod uyi orqali barcha ellarni ruhan 
yaqinlashtirish niyatida edingiz. Sizning bu ixtirongiz ham xatarli nizo-yu adovatlarning 
yo‘lini to‘sadigan ma’naviyat Saddi emasmi, axir? Navoiy Iskandar siymosida o‘zi orzu 
qilgan rahbarni ulug‘laydir. Ajdodlaringiz orasida shu orzuning amaliga yaqin kelgan 
rahbar — siz emasmisiz? Axir siz uzoq Farangistondan, Aflotun-u Arastular o‘lkasidan 
nasora ruhoniylarini taklif qilgan edingiz. Ular Gujaratdan o‘tib, bizga yaqinlashib 
kelmoqda emishlar. Kim chiqib kutib olgay? Qayonga joylashtirgay? Qancha 
mulozimlaringiz sizning qabulingizga muntazir! Siz qiladigan qancha muhim ishlar 
navbat kutib qoldi! Qancha odam bir parcha nonga zor! Yordamga muhtoj bevalar 
qancha! 
— Rost! — deb Akbar birdan larzaga kelib o‘rnidan turib ketdi. Momaqaldiroq 
gumburlaganda «vahiy emasmikan?» deb ruhida zilzila qo‘zg‘algani kabi, hozir ham 
vujudi junbushga keldi. Ko‘zlari olovday yonib: 
— Men osmondan kutgan nidolarni sizdan eshitdim, onajon! — dedi. — Barcha 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish