Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
paytda Akbar xayol surib buloq bo‘yida o‘ltirgan edi. Sakkiz yigit Bog‘i Safoga ko‘tarib 
kirgan zarrin taxtiravon buloqdan pastroqda to‘xtadi. Kutilmaganda undan Hamida 
begim chiqib keldi. Akbar: «Bu ham ro‘yo bo‘lsa kerak!» deb cho‘chib o‘rnidan turdi: 
— Siz?.. Hazrat onam? 
— Ha, bu men, mungliq onangiz!.. 
— A... E... Sizni kim chorladi? 
— Dilim chorladi! 
Akbar onasidan ham begonasiragandek ancha berida to‘xtab turibdi. Hamida begim 
oradagi masofani dadil bosib o‘tdi-da, Akbarni bag‘riga bosib, yig‘lab yubordi: 
— Akbarjon, onangiz sizga kerak bo‘lmaganda ko‘zingizga ko‘rinmay yo‘q bo‘lib ketgay! 
Ammo boshingizga mushkulot tushganda yerning tagidan bo‘lsa ham yetib kelgaymen! 
Ona bag‘rida Akbar bir lahza beg‘ubor bolalik davriga qaytganday bo‘ldi. Ko‘ngli 
yumshab: 
— Xush kelibsiz! — dedi va onasini ikki oshiyonli ko‘shkka boshlab kirdi. Begim yo‘lda 
chanqagan edi. Akbar gulob chaqirdi. 
— Suv kichikdan, avval o‘zingiz iching, bolam! 
Akbar limu sharbatining lazzatini ancha kundan beri endi qaytadan sezdi. Bovurchilar 
Hamida begim uchun dasturxon yozib, eng sarxil shirinliklar va sabzavotdan qilingan 
taomlar keltira boshladilar. Begim to‘rt yildan beri go‘sht yemas, buni bovurchilar bilar 
edi. Akbar ham Bhiraga kelgandan beri go‘sht yemay qo‘ygani ona-bolani ma’naviy 
maslakdosh qilganday tuyuldi. Xushta’m sabzavotlardan pishirilgan anvoyi ovqatlarni 
esa Hamida begim ataylab ishtaha bilan yer, uning ta’sirida Akbar ham laganga tez-tez 
qo‘l cho‘zayotganini o‘zi sezmasdi. Kindik qoni orqali o‘tgan go‘daklik tuyg‘ulari akbarni 
asliga qaytarayotganday, voqelik bilan xayoliy ro‘yoning orasidagi chegara tuman 
orasidan sekin chiqib kelayotganday bo‘lardi. Lekin oylar davomida unga singdirilgan 
mahdiylik afsuni hali osonlikcha tarqaydiganga o‘xshamasdi. Ona-bola suhbatlashib 
o‘ltirganlarida Akbar bir necha marta jim qolib osmonga quloq soldi. U tangridan ilohiy 
nido kelishiga astoydil ishonib yurganini Hamida begim endi sezdi. 
Kechasi Akbar soma degan giyohning suvidan tayyorlangan sharbat ichdi. 
— Soma hindlarda muqaddas giyoh hisoblangay,— deb onasiga tushuntirdi. — Kechasi 
oydinda tog‘dan terib tusharlar. Oltin uzuk taqilgan barmoqlar bilan ezib, sharbatini 
elakdan suzib poklagaylar. Bir-ikki kun turgandan keyin yetilib, yengil kayf bergay. 
Ammo bu ilohiy kayf sanalur. 
Hamida begim somadan bir piyola ichib yotgan edi, kechasi bilan uxlay olmadi. 
Brahmanlar somaning kayfi bilan tuni bo‘yi hindcha duolar o‘qib, uxlamay chiqishlari 
esiga tushdi-yu, Akbarni qiynab yurgan uyqusizliklarga soma ham sabab bo‘layotganini 
payqadi. Ertasi kuni Akbarga turkiy ichimlik bo‘lgan qimizni eslatdi: 
— Kobulda o‘smir paytingizda qimiz ichganlaringiz yodingizdami? Ajdodlarimiz orqali 
qonimizga singgan odat... 
— Hind issiqlarida qimiz og‘irlik qilgay. 
— Ammo Bhira salqin ekan. Bir tomoni tog‘, bir tomoni daryo. 
Onasining qimizga ko‘ngli ketayotganini sezgan Akbar bovurchini chaqirdi: 
— Chig‘atoyxon Toshkandiy qimizxo‘r edi. Borib ayting, biz uchun topdirsin. 
Qip-qizil kadi to‘la qimiz o‘sha kuni topib kelindi. Hamida bonu saryog‘da pishirilgan 
baquvvat ovqatlar buyurdi-yu, avval o‘zi bir kosa qimiz ichdi, keyin qo‘yarda-qo‘ymay 
Akbarga ham ichirdi. Muzday buloq suviga kadisi bilan qo‘yib sovutilgan qimiz chanqoqni 
shunday yaxshi bosdiki, Akbarning tanasi yayrab, birdan ishtahasi ochilganini sezdi. 
Ona-bola go‘sht yemasliklarini biladigan bovurchi ularga turkiycha qaymoq torpiq 
pishirib keldi. Akbar sharbatchiga ishora qilib, o‘ziga va onasiga yana bir kosadan qimiz 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish