Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
izlaylik. 
Akbar bir to‘xtab oldi-da: 
— Munozaraga barcha e’tiqodlarni qiyosiy o‘rgangan yetuk alloma shayx Muborak raislik 
qilsalar rozimisizlar? — deb avval Devi Prasad bilan Meherjidan so‘radi. 
Ular shayx Muborakni Abdulla Ansoriydan afzal ko‘rishlari ma’lum edi, shuning uchun 
darhol o‘z roziliklarini bildirdilar. Akvaviva ham bu fikrga qo‘shildi. Odatda, ulamolar 
majlisiga shayxulislom Ansoriy raislik qilar edi. Lekin sadri jahon o‘z raqibining raislik 
qilishidan mudom g‘ashi kelardi. Shuning uchun shayx Abdunabi ham raislik tizgini 
bugun boshqa odamga o‘tganidan mamnun bo‘lib rozilik ma’nosida bosh irg‘adi. 
Yakkalanib qolgan shayx Ansoriy e’tiroz qilishning foydasi yo‘qligini sezdi-da, boshini 
solintirib jim qoldi. Shayx Muborak raislikni boshlab, Akbarning fikrini davom etkizdi: 
— Ko‘p balolar — bizning imon-u e’tiqodimiz boshqalarnikidan yaxshiroq deb 
maqtanishdan kelib chiqgay. Holbuki, yaratganning oldida barcha uluslar barobar. 
Abdulla Ansoriyga so‘z navbati kelganda: 
— Faqir ham turfa ellarning ruhan yaqinlashib, inoq yashashlariga tarafdormen, — dedi. 
— Ammo nizo ko‘pincha besh barmoq barobar emasligidan kelib chiqgay. Dinlar ham 
barchaga barobar bo‘lolmagay. Chunki har bir yurtning o‘z hukmron dini bor. Farangi 
mehmonlardan so‘rang. Bularning mamlakatlarida nasoralardan boshqa hukmron din 
bormi? 
— Ammo biz muslimlarni hurmat qilurmiz! — dedi Akvaviva. — Qadimiy masjidlarni 
buzdirmay, tarixiy obida tarzida asramoqdamiz. 
Sadri jahon Abdunabi kutilmaganda Abdulla Ansoriyning tarafini olib, Akvavivaga e’tiroz 
qildi. — Mana shu Hind ummonida kema bilan suzib yurgan farangilar Makkaga hajga 
borgan muslimlarning yo‘lini to‘sib, necha bor pul-u buyumlarini talab ketganlar
muslimalarni asira qilib, zo‘ravonlik bilan o‘z nikohlariga o‘tkazmishlar! 
Shayx Muborak Rudolf Akvavivaga murojaat qildi: 
— Muhtaram padre*, bu gaplarda asos bormi? 
— Asos shuki, dengiz qaroqchilari boshqa xalqlarda ham bor, — deb o‘ng‘aysizlanib izoh 
berdi Akvaviva. — Nasoralarni zo‘ravonlik bilan o‘z diniga o‘tkazgan, ularning ayollarini 
cho‘ri qilib olgan muslimlar ham yo‘q emas. 
— Faqat dengiz qaroqchilari shunday qilg‘onmi?— so‘radi shayx Abdunabi. — Sizlarning 
qirollaringiz amiral bahr qilib tayin etgan Vasko de Gama Albukerka hind ummonida 
ozmuncha muslimlarni qirganmi? Goa orolida hindlar-u muslim erlarni qirib, himoyasiz 
qolgan ayollarni Farangiston askarlariga nikohlab bergan emasmilar?! 
Akvaviva yana o‘z vatandoshlarini yoqlamoqchi bo‘lib gap boshlagan edi, yoshi kattaroq 
Antoni Monserrate uning so‘zini bo‘ldi: 
— Padre, Albukerkaning shafqatsizliklari bizning yurtimizdagi vijdonli odamlar tomonidan 
ham nafratga uchraganini ochiq aytmoq kerak. Hatto Vasko de Gama birinchi bo‘lib 
Yevropa uchun Hindistonni ochgan siymo sifatida tarixga kirgan bo‘lsa ham, keyinchalik 
qirol farmoni bilan Hind ummoniga hokim tayinlanib, ikkinchi marta kelganda ko‘p 
shafqatsizliklar qilmishdir. Yo‘lovchi tashiydigan arab kemasida ayollar, bolalar, chollar 
kelayotganini Vasko ko‘rsa ham, lekin yog‘ sepdirib, ayamay yondirib yubormishdir. 
Portugaliyada Vaskoning bu qilmishlari ma’lum bo‘lgach, u xalqning nazaridan qoldi. 
Umrining oxirida xor bo‘lib o‘ldi. Hozir zamonlar o‘zgargan. Salib yurishlari davri endi 
o‘tdi. Diniy nizolardan bezor bo‘lib, murosa yo‘lini izlayotgan odamlar Portugaliyada ham 
ko‘payib bormoqda. 
Abulfazl otasidan ruxsat olib, Monserratega savol berdi: 
— Unday bo‘lsa, ehtimol, Farangiston qirollari ham hozir barcha dinlarni barobar deb tan 
olgandirlar? 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish