Allohim, meni ular o’ylaganidan ham yaxshiroq qilgin!



Download 18,53 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi18,53 Kb.
#571111
Bog'liq
2 5246853141101545443


Bismillahir Rohmanir Rohiym

Allohim, meni ular o’ylaganidan ham yaxshiroq qilgin!
Asmo’iy shunday hikoya qiladi:”Buyuk sahobiy Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o’zlari haqida maqtov eshitsalsar, shunday der edilar:”Allohim! Sen meni o’zimdan ham yaxshiroq bilasan. Men esa o’zimni ulardan ko’ra yaxshiroq bilaman. Allohim, meni ular o’ylagandan ham yaxshiroq qilgin. Ular bilmaydigan gunohlarimni kechirgin. Ular aytgan narsalar bilan meni jazolamagin”.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yana:”Qaniydi mo’min bandaning bir tola sochi bo’lib qolsam” yoki ba’zi vaqtlarda:”Qaniydi hayvonlar yeydigan o’t-o’lan bo’lib qolsam”, der edilar.
Izoh: Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bu gaplarni bejiz aytmaganlar. Ul zot oxirat kuni Yaratgan Zot-Alloh taoloning huzurida bo’ladigan savol-javobning qanchalik dahshatli bo’lishini his qilganlaridan, u kunning mas’uliyati o’ta og’ir bo’lishini bilganlaridan shunday der edilar.


Nima uchun uxlamaysiz
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan:”Nima bo’ldi sizga, nega kechasi uxlamaysiz “ deb so’rashdi. Hazrati Umar roziyallohu anhushunday javob berdilar: ” Kechasi uxlasam, nafsim qarovsiz qolib ketadi. Kunduzi uxlasam, xalq qarovsiz qolib ketadi”.


Kekkayishdan saqlaning
Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Umar roziyallohu anhu yelkalarida mesh ko’tarib chiqibdilar. Xalifa bo’lishlariga qaramay, mesh ko’tarib olgan hazrati Umarni ko’rgan kishilar hayron bo’lib, “Ey mo’minlarning amiri, bu nima holat ” deb so’rashdi. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: “O’zimdan ujblanib2 ketdim, shuning uchun nafsimni qiynamoqchiman”, deb javob berdilar.
Izoh: Ujb - manmansirash, o’zida biror fazilatni ko’rib, g’ururlanish hamda o’sha fazilatni ato etgan Zotni unutib qo’yish. Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya”. 1-j, 394-b.


Allohning hukmiga rozi bo’lish
Sa’d ibn Vaqqos roziyallohu anhu Makkaga kelgan paytlarida ko’zlari ojiz bo’lib qolgan edi. Odamlar u kishining oldiga kelishar, hamma o’zi uchun duo so’rardi. Buyuk sahobiy esa huzurlariga hulusi niyyat bilan kelgan bu insonlarni duo qilar va qilgan duolari ijobat bo’lardi.
Abdulloh ibn Soib aytadi: “Yosh bola edim. Sa’d roziyallohu anhuning oldiga kelib, o’zimni tanishtirgan edim, u esa tanib, “Sen Makka ahlining qorisimisan” deb so’radi. “Ha”, dedim. U bilan suhbatlashib o’tirdik. Men u zotga: “Amaki, odamlarni duo qilasiz, o’zingiz uchun ham duo qilsangiz bo’lmaydimi. Alloh taolo ko’zingizni qaytarib beradi-ku” dedim. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tabassum qilib, “O’g’lim, Alloh taoloning taqdiri men uchun ko’zimning ko’rishidan yaxshiroq”, deb javob berdi”.


O’lim o’zidan oldingi narsadan yaxshiroq
Sufyon ibn Uyayna hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu haqida shunday deydi: “Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu birortasiga ta’ziya bildirsa, shunday der edi:”Sabr-qanoat bilan musibat bo’lmaydi( ya’ni har qanday musibat, sinovlar ham sabr-qanoat va ovunish bilan yengiladi), ojizlik bilan hech bir foyda hosil bo’lmaydi. Mo’min banda uchun hayot tashvishlaridan ko’ra o’lim yengilroq, o’limdan keying hayot esa bundanda yengilroqdir. ( Biror musibat yetganda ) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayrilganimizni eslang, shunda musibatingiz kichrayadi. Alloh taolo ajringizni ko’paytiirb bersin”.


“ Mukofotni erta olib qo’ymadikmikan ”
Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhuga taom keltirishgan edi, ko’ziga yosh olib, ” Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu shahid bo’ldi. U mendan yaxshiroq edi, biroq kafanlikka bir parcha matodan boshqa narsa topilmadi. Hamza roziyallohu anhu shahid bo’ldi. U ham mendan yaxshiroq edi, lekin bir parcha mato bilan kafanlandi. Biz mukofotimizni erta olib qo’ymadikmikan deb qo’rqaman” dedi va yi’glab yubordi.


Sog’lom qalb va kasal qalb
Munzir aytadi: Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning huzuriga bir guruh dehqonlar kelishdi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning yonida o’tirganlar dehqonlarning baquvvat, sog’lomligiga hayron qolishdi. Shunda Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu : “ Shunday kofirlar borki, odamlarning eng baquvvat, eng sog’lomi bo’ladi, ammo ularning qalbi kasal. Shudnay mo’minlar borki, jismi bemor, ammo qalbi eng sog’lom bo’ladi. Allohga qasamki, U zotning nazdida tanasi sog’lom, ammo qalbi kasal odamning qo’ng’izchalik ham qadri yo’q”, dedi.

Haqni qabul qil ! “


Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning huzuriga biro dam kelib, “ Menga foydali narsalarni jamlagan so’zlarni o’rgating”, dedi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “ Allohga hech narsani sherik qilma. Doimo Qur’on bilan birga bo’l. Sen eng yomon ko’rgan, sendan eng uzoq odam haq gapni aytsa, uni qabul qil. Ammo sen eng yaxshi ko’rgan, senga eng yaqin bo’lgan odam nohaq gapni aytsa, uni rad qil” , dedilar.

“ U mening birodarim ”
Abu Dardo roziyallohu anhu gunoh ish qilib qo’ygan bir odamning oldidan o’tib qoldilar. Odamlar uni so’kishardi. U kishi odamlarga qarab, “ Agar u quduqqa tushib ketsa, uni chiqarib olmasmidingiz ” deb so’radilar. Ular: “Chiqarardik” deyishdi. Abu Dardo roziyallohu anhu: “Birodaringizni so’kmanglar, uni so’kkandan ko’ra sizlarni gunohdan saqlagan Alloh taologa hamd aytinglar ”, dedi. Odamlar : “Bu kishini yomon ko’rmaysizmi” deb so’rashdi. Abu Dardo roziyallohu anhu: “Men uning qilgan amalini yomon ko’raman, lekin bu ishini tashlasa, u mening birodarim”, deb javob berdilar.

Shukrona


Biro dam Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning huzurlarida gapirib, ko’p xato qildi. Shunda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu o’zining bir qulini chaqirib, uni ozod qildilar. Haligi odam buning sababini tushunmay, “Bu nimaning shukronasi ” deb so’radi, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: Alloh meni senga o’xshatib qo’ymaganing shukronasi” dedilar.
Download 18,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish