4-Varyant
Sanoq sistemasini nimalar tashkil etadi?
A) sanoq jismi va koordinatalar sitemasi.
B) koordinatalar sistemasi va vaqt o'lchaydigan asbob.
C) sanoq jismi va vaqt o'lchaydigan asbob.
D) sanoq jismi, unga bog`langan koordinatalar sistemasi va vaqtni o'lchaydigan asbob.
Mototsiklchining tezligi 72 km/h, uning harakatiga qarshi esayotgan shamolning tezligi 10 m/s. Shamolning mototsiklchiga nisbatan tezligi qanday (m/s)?
A) 40. B) 25. C) 20. D) 15. E) 30.
Jism XOY tekislikda koordinatalari (5; 4) bo'lgan nuqtadan koordinatalari (9; 8) bo'lgan nuqtaga o‘z vaziyatini 2 s da o‘zgartirdi. Ko‘chish tezligining modulini toping (m/s).
A) 4. B) 6. C) 7. D) 8. E) 4l8.
Har birining uzunligi 360 m bo'lgan ikki poezd bir-biriga tomon bir xil 36 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Poezdlar bir-birining yonidan qancha vaqtda o'tadi (s)?
A) 10. B) 18. C) 72. D) 20. E) 36.
“Neksiya” avtomobili 15 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s2 )?
A) 2. B) 3,6. C) 7,2. D) 15. E) 36.
Samolyotning qo‘nishdagi tezligi 108 km/h va qo‘nishda bosgan yo‘li 450 m bo‘lsa, u necha sekundda to‘xtadi?
A) 35. B) 32. C) 26. D) 28. E) 30
Nuqtaning harakat tenglamasi x=17+3t-0,3t2 ko‘rinishga ega. Uning kuzatish boshlangan vaqtdagi koordinatasi x0, tezligi υ0 va tezlanishi ax topilsin.
A) =17 m, =3 m/s, a=-0,6 m/s2 .
B) =17 m, =3 m/s, a=-0,3 m/s2 .
C) =3 m, =17 m/s, a=0,6 m/s2 .
D) =6 m, =0, a=0,6 m/s2 .
Qaysi grafiklarda tekis tezlanuvchan harakat aks ettirilgan?
A) 1, 2. B) 3, 4. C) 5. D) 1,4. E) 3, 5.
Erkin tushayotgan jismning boshlang‘ich tezligi 6 m/s bo‘lsa, uning 1 s dan keyingi tezligi necha m/s bo‘ladi?
A) 12. B) 20. C) 16. D) 7. E) 5.
Yuqoriga tik otilayotgan jismning otilish tezligi 2 marta oshirilsa, uning harakatlanish vaqti qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta kamayadi.
B) 2 marta ortadi.
C) 4 marta kamayadi.
D) 4 marta ortadi
Tezlik grafigi rasmda ko‘rsatilgan avtomobilning boshlang‘ich 10 soatdagi o‘rtacha tezligi qanday (km/h)?
56,6. B) 55. C) 45. D) 62.
Ma’lum bir balandlikdan bir vaqtda 1-tosh erkin tashlandi, 2-tosh gorizontal otildi, 3-tosh vertikal yuqoriga otildi. Toshlardan qaysi biri yerga oldin tushadi?
A) 3. В) 1 va 2. С) 1. D) 2. E) uchalasi bir vaqtda tushadi.
Sharcha gorizontga 30° burchak ostida 30 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari qanday (m/s)?
A) 26; 15. B) 15; 26. C) 15; 15. D) 26; 26.
7,5 m balandlikda joylashgan derazadan gorizontga nisbatan 450 burchak ostida jism otildi. Agar u binodan 15 m uzoqda tushgan bo’lsa, u qanday boshlang’ich tezlik bilan otilgan (m/s)? g=10 m/s2 .
A) 10. B) 15. C) 20. D) 25.
Ipga osilgan yuk gorizontal tekislikda aylana bo‘ylab tekis harakatlanmoqda. Yukning M nuqtadagi tezlanishi yo‘nalishi qanday?
A) 5. B) 4. C) 3. D) 2. E) 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |