Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
— Astag‘firullo! — deb qo‘ydi. 
Ibodatxonadagi xonalarning birida Shiva, Vishnu haykallari, birida otashparstlarnnig 
mangu yoniq olovlari. Buni ko‘rgan Ansoriy «astag‘firullo!»ni yana bir necha marta 
takrorlashga majbur bo‘ldi. 
Sadrlar suduri shayx Abdunabi o‘z raqibi Ansoriyga o‘xshamaslikka tirishib, bugun 
boshiga musulmon bayrog‘i rangidagi yashil salla o‘ragan, bo‘yniga oq ipak fo‘ta 
tashlagan edi. Umr bo‘yi budparast va otashparastlarni quvg‘in qilgan sadri jahon endi 
ularning imon-u e’tiqodlariga muhtasham binodan shunchalik mo‘tabar o‘rin berilganini 
ko‘rib: 
— Tavba! — deb asabiy shivirladi. 
Yana bir xonaga o‘tganlarida, Farangiston qiroli Akbarga sovg‘a qilib yuborgan oltin 
muqovali «Injil» ko‘zga yalt etib tashlandi. Uning yonida Bibi Maryamning chaqaloq Isoni 
qo‘liga olib turgan rangdor surati turibdi. Bu ikki narsani Akbarga Rudolf Akvaviva sovg‘a 
qilib olib kelgan edi. Akbar oltin muqovali kitobni ham, Bibi Maryam suratini ham e’zoz 
bilan ko‘ziga surtib qabul qilganini Abdulla Ansoriy qabul marosimida ko‘rgan edi. Rudolf 
Akvaviva hamrohlariga maqtanib: «Akbar hazratlari «Injil»ni o‘pib ko‘zga surganlari — 
biz uchun nasora dinini qabul qilganday quvonchli hodisa bo‘ldi!» deganini Ansoriy o‘z 
xufiyalaridan eshitgan edi. Hozir shuning hammasini xayolidan bir-bir o‘tkazar ekan: 
«Bu bino — ibodatxona emas, kofirxona!» degan g‘azabli o‘y ko‘nglidan kechdi. Xuddi 
masjidning minbariga chiqiladigan marmar zinapoyaga o‘xshash zinalar ularni bino 
markazidagi muhtasham sahnga olib chiqdi. 
Akbar oldinroq kelib ularni shu yerda kutib turgan ekan. Uning yonida shayx Muborak 
bilan yana bir mo‘ysafid bor edi. Abdulla Ansoriy bu barvasta mo‘ysafidni taniganda 
yuragi birdan shig‘ etib seskandi. Bir vaqtlar Bianadagi xalq qo‘zg‘oloniga boshchilik 
qilgan Abdulla Niyoziy shu edi. Ansoriyga bitta g‘oyaviy dushman — shayx Muborakning 
o‘zi ham ko‘p ko‘rinardi. Endi Akbar Abdulla Niyoziyni ham Ansoriyga qarshi dahanaki 
jangga soladigan bo‘lsa, ularga qanday bas keladi? Sadri jahon raqib bo‘lsa ham, shayx 
Muborakka nisbatan bexatarroq ko‘rindi. Ansoriy beixtiyor shayx Abdunabiga yaqinroq 
keldi. 
Munozara o‘tkaziladigan sahn doirashakl qilib qurilgan edi. Sahnning to‘rida Akbar 
o‘tiradigan shoxnishin bor. Aylanasiga gilam va zarbof ko‘rpachalar to‘shalgan, keksalar 
suyanib o‘ltirishi uchun baxmal bolishlar qo‘yilgan. 
Akbarning ishorasi bilan Abulfazl mezbonlik vazifasini o‘tay boshladi: hind 
brahmanlarining ikki yoniga otashparast va nasora ruhoniylarini o‘tkazdi. Ansoriy bilan 
Abdunabiga Akbarning chap tomonidan, shayx Muborak bilan Abdulla Niyoziyga esa 
podshoning o‘ng yonidan joy berildi. 
Akbar hammaga bir-bir ko‘z tashlab olgach: 
— Faraz qilingki, — dedi, — biz yig‘ilgan bu xona— baland bir tog‘ning cho‘qqisi. Bu 
toqqa biringiz shimol yonbag‘irdan, biringiz janubdan, biringiz sharqdan, biringiz 
g‘arbdan chiqib keldingiz. Bu binoning to‘rt tomonidagi xonalar — to‘rt xil imon-u e’tiqod 
makonlaridir. Ulardan boshlangan to‘rt zinapoyalar esa — go‘yo tog‘ning to‘rt yonbag‘ri. 
Qarama-qarshi yonbag‘irda yurganda bir-birimizni ko‘rmagan, tan olmagan bo‘lsak ham, 
cho‘qqigacha chiqqanda hammamizga barobar bo‘lgan yuksaklikda uchrashishga 
muyassar bo‘ldik. Bu yuksaklik — hamamizning muqaddas tuyg‘ularimizni jam qildi. 
Tepamizdagi gumbaz — parvardigor ramzi — barchamizga barobardir. Hammamiz bitta 
bani bashar farzandlarimiz. Shunga qaramay, xurofot-u bid’at hamon bir elni boshqasiga 
qarshi gij-gijlab, qonli urushlar chiqarmoqda. Biz nechun bunga yo‘l qo‘ymoqdamiz? 
Osmon ramzi bo‘lgan bu gumbaz ostida avvalo shu savolga javob topaylik. Dilimizdagini 
ochiq so‘zlaylik. e’tiqodi turlicha bo‘lgan el-uluslarni ruhan yaqin qiladigan yo‘llarni 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish