Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
mamlakat ichiga kirgani qo‘ymaydilar. Axir g‘ayridinlarning masjidga kirishga haqlari 
yo‘q-ku, Musulmon mamlakati ham ulkan bir masjiddek pok turmog‘i kerak emasmi? 
Bobolaringiz yurti Turon, Buxoroi sharif kofirlar uchun masjid kabi yopiq. U yoqlarga 
biron kofir borib qolsa, ko‘chadagi olomon tutib olib o‘ldirib yuborgay. Chunki shayxlar 
«kofirlarni o‘ldirmoq savobdir!» deb ularni ishontirib qo‘yganlar. Shuning uchun u 
yoqlarga kofirlar yurak yutib borolmagay. Borganlari ham tirik qaytmagay! 
— Taqsir, Turondagi o‘sha johil xurofotchilarni bizga ibrat qilib ko‘rsatmoqchimisiz? Ular 
Qur’onga mutlaqo zid ishlar qilganini nahotki fahmlamasangiz? 
— Nechun zid? Axir Qur’oni karimda kofirlardan ehtiyot bo‘lishni buyurganlar... 
— Ehtiyot boshqa! Siz... Hujurat surasini bir eslang. o‘n uchinchi oyatda nelar deyilgan? 
Ansoriy ko‘p urinib bu oyatni eslay olmadi. 
— Ma’zur tuting, keksalik, muhofazam zaiflashgan... 
Akbar barcha oyatlarni yod bilar edi. Hujurat surasini avval arab tilida yoddan aytdi-yu, 
keyin tarjima qilib berdi: 
— «Ey insonlar! — deydi Allohi taolo: — Biz sizlarni bir ota, bir onadan yaratdik va 
sizlarni turli millatlar va qabilalarga mansub qildik, toki bir-birlaringiz bilan yaqindan 
tanishgaysizlar». Butun bani bashar bir ota, bir onaning farzandi bo‘lsa, barcha millatlar-
u qavmlar bir-birlariga birodar emasmilar? O‘shal suraning o‘n ikkinchi oyatida 
aytilmaganmiki, boshqa din, boshqa millat vakilini nohaq o‘ldirmoq — birodarkushlikdir. 
Bormi shu ma’nodagi oyatlar? 
— Endi esladim... Bor! 
— Bor bo‘lsa, ulamolaringizga ayting. Chekka-chekkada bizni dahriy deb g‘iybat 
qilmasinlar. Men Allohga dil-dilimdan ishonurmen. Mening maqsadim— haq yo‘liga 
qaytmoqdir. Seshanba kuni turli din, turfa millat vakillari bir davraga yig‘ilgaymiz. Siz 
ham munozarada ishtirok eting! 
Ansoriy noiloj qo‘l qovushtirib, taklifni qabul qildi. 
______________ 
* Bir kurur — 10 million. 
* Panjob, Aud va boshqa o‘lkalarda Akbar haqidagi xalq qo‘shiqlari haligacha aytib kelinayotgani hind olimi Munilalning 1978 yilda Dehlida 
chiqqan kitobida keltirilgan. Yuqoridagi xalq qo‘shig‘ining satrma-satr tarjimasi ham o‘sha kitobdan olindi.
* * * 
Sekri tepaligida turgan ulkan gumbazli e’tiqod uyi hozir hammaning diqqat markazida. 
Favqulodda yangiliklarni ko‘pchilik endi shu yerdan kutadi. Zarrin o‘ymakorliklar bilan 
ziynatlangan salobatli eshik oldiga maxsus qorovullar qo‘yilgan. Bugun seshanba, Akbar 
keladigan kun bo‘lgani uchun qorovullar ichkariga faqat uning o‘zi taklif qilgan 
ruhoniylarni kiritmoqdalar. 
Boshiga katta oq salla o‘ragan, malla ipak rido kiygan Abdulla Ansoriy eshikdan birga 
kirgan brahman Devi Prasadga bir joyi tegib ketishidan qo‘rqqanidan o‘zini nari tortdi. 
Ammo naryoqda otashparastlar ruhoniysi Mohiyor Meherji kelayotganini ko‘rib, o‘zini 
qo‘yadigan joy topolmay pitirlab qoldi. 
Devi Prasad keng oq dhoti* ustidan kulrang kamzul kiygan, peshonasiga qizil xol — tilak 
qo‘ygan. Otashparast Meherji esa beliga uch popukli kamar bog‘lagan. Akbarning taklifi 
bilan Goa orolidan kelgan nasora ruhoniylari Rudolf Akvaviva bilan Antoni Monserrate 
tovongacha tushadigan uzun qora xirqa kiyishgan. Boshlarida turklarning feskasini 
eslatadigan qora qalpoq. Ruhoniylarning uzun soqoliga o‘rgangan shayx Ansoriy 
Akvavivaning faqat mo‘ylovi borligidan hang-mang bo‘ldi-da: 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish