Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
280
kattaroq tayyorlik bilan qulay bir vaziyat kelganda joriy etaylik. Hozircha uni mana shu 
davradagilar o‘z dilimizga jo qilaylik. Axir chin ixlos-u e’tiqod avvalo dilda yashamog‘i 
kerak-ku. 
— Haq gap! — dedi Abulfazl. 
Endi shayx Muborak ham Akbarning so‘nggi fikriga qo‘shilishga majbur bo‘ldi. 
____________ 
* Tepamda filbonim o‘ltirmasa, men ham shu filga o‘xshab borgan joyimda boshimga tuproq sochib izdan chiqaman. Filbonim boshim ustida 
etagini hilpiratib, meni choptirsa, unga ishqim ortadi. 
* Tarjimasi: Mast filga o‘xshab har zamon jo‘shu xurush qilgim kelur 
Yashirin rozlarimni oshkor qilgim kelur. 
Lekin yana aytaman: ishqning pinhon hadisi xushroqdir, 
Fillar kabi tilimni tiyibroq yurganim yaxshiroqdir. 
* O‘ t r u m i z — qarshimiz, ro‘paramiz.
* * * 
Akbar o‘z maslakdoshlariga mukofotlar bergan o‘sha kezlarda shayx Abdunabi uning 
qahriga uchradi. 
Besh qo‘lini og‘ziga tiqqan bu badnafs shayx vaqflardan tushgan va haj qiluvchilar uchun 
ajratilgan pullarning katta bir qismini o‘z sandig‘iga solib olgani aniqlandi. Jinoyatlari 
bo‘yniga qo‘yilgach, Akbar uni hibs qildirdi. Hibsxonada ham shayx Abdunabining 
dushmanlari bor ekan. Sadri jahon qatl ettirgan begunoh odamlardan birining o‘g‘li shu 
yerda qorovul ekan. Boshqa qasoskorlar shayxning qayerda yotganini shu qorovul orqali 
biladilar. Bu qasoskorlar orasida masjid oldidagi taxtalarni butxona qurilishiga ishlatgani 
uchun qatl ettirilgan va uchta yosh xotini «sati» odati bo‘yicha o‘zlarini yondirib o‘ldirgan 
brahmanning qarindoshlari ham bor edi. Qasoskor olomon haligi qorovul yordamida 
kechasi hibsxonaga bostirib kirdi-da, shayx Abdunabini toshbo‘ron qilib o‘ldirib ketdi. 
Ansoriy va shayx Abdunabi boshqarib turgan ulamo-yu, qozi-yu muxtasiblar ipi uzilgan 
tasbeh donalari kabi turli tomonga tirqirab, sarosima va g‘ulg‘ula ichida qoldilar. Jizya 
solig‘i olib boyishga, majusiylarni qul qilib sotishga imkon beradigan diniy istibdod 
binolari xuddi zilzilaga uchragan eski uylarday birma-bir qulab tusha boshladi. 
Zilzila paytida hamma o‘zini noxush sezgani kabi, shu istibdod orqasidan kun ko‘rib 
kelgan katta guruhning yiqilib-surunib talvasa qilishlari ko‘pchilik saroy ahlida, hatto 
Akbarning norasida o‘g‘illarida ham og‘ir va murakkab tuyg‘ular uyg‘otdi. 
Endi o‘n bir yoshga kirgan shahzoda Salim haddan ortiq o‘ychan va kamgap bo‘lib qoldi. 
Uning muallimi Farid Buxoriy Akbar huzuriga kirib arz qildi: 
— Hazratim, shahzodaning ruhiy holatlaridan xavotirdamiz. Soatlar davomida yolg‘iz 
o‘ltirib o‘y suradilar. Ilgari ko‘p kitob o‘qir edilar. Hozir kitob ham o‘qimay qo‘ydilar. 
Ehtimol, shahzodani ovga olib bormoq zarurdir? 
— Mavlono, biz ovni taqiq etganimiz yodingizda bormi? 
— Yodimda, hazratim! Ammo ota-bobolaringiz o‘smirlikdan ot chopib, ov qilib 
o‘rganganlar. Qon bilan o‘tgan bu odatni o‘g‘lingiz ham tark etmaganlari ma’qulmikin? 
— Men ovni tark etdim-ku. Endi biz chiqargan farmonni o‘g‘limiz buzsa odamlar ne 
degay! Salim yolg‘iz o‘ltirib o‘y sursa, xalaqit bermang. Demak, unda fikr-mulohaza 
uyg‘ongan. O‘zi bilan o‘zi musohaba-yu murokaba qilsin. 
— Xo‘p, hazratim, xo‘p! — deb, Farid Buxoriy ta’zim qilganicha chiqib ketdi. Ammo 
ichida: «Oqibatiga o‘zingiz javobgarsiz!» deb qo‘ydi. 
Atrofida bo‘layotgan ma’naviy zilzilani va murakkab ziddiyatlarni Salimning yosh idroki 
hazm qilolmas, otasi esa o‘g‘li bilan dildan suhbatlashishga va nima bo‘layotganini unga 
yaxshilab tushuntirishga vaqt topolmasdi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish