Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
mamlakatning eng sohibiste’dod shoir-u san’atkorlarini o‘z atrofiga yig‘ishga intilardi. 
Mashhur xonanda Tansen, musavvir Xo‘ja Abdusamad, malikushshuaro G‘azaliy, uning 
tarbiyasi bilan yuksak poyalarga ko‘tarilib borayotgan va hozir «Xamsa» yozayotgan 
Fayzi Fayoziy, ham forsiy, ham hindiy tillarda go‘zal she’rlar bitgan, ajoyib qo‘shiqlar 
ham aytadigan xushchaqchaq roja Birbal, she’riy iste’dodi otasi Bayramxonnikidan qo-
lishmaydigan Abdurahimxon — bularning hammasini Akbar ma’naviyat gavharlari deb 
atar edi. Uning saroyida «no‘hratan» — ya’ni «to‘qqiz gavhar» degan ibora mashhur 
bo‘lgan, fan, adabiyot va san’atning to‘qqizta eng yorug‘ yulduzlari orasidan Abulfazl 
ham o‘rin olgan edi. Keksa G‘azaliy vafot etganda to‘qqiz gavharning sakkiztasi qoldi, 
lekin «no‘hratan» iborasi hamon iste’molda edi. 
Akbar bir kun saroy tashqarisida devorga ohak bilan rasm chizayotgan yalangoyoq hind 
yigitchasini ko‘rib qoldi. Yigitchaning qo‘lida mo‘jizasi borday, panjasining uch-to‘rt 
harakati bilan devorda jonli suratlar paydo bo‘lardi. O‘zi ham surat chizishni yaxshi 
ko‘radigan Akbar yigitchaning yonida to‘xtab: 
— Oting nedur? — deb so‘radi. 
— Dasvanta. 
— Nechun devorga surat chizmoqdasen, Dasvanta? 
— Qog‘oz-qalamim yo‘q. 
Akbar surishtirib bilsa, Dasvanta — kambag‘al bir yuk tashuvchi hammolning o‘g‘li ekan, 
«Ramayana» va «Mahabxorat» dostonlarinnig juda ko‘p joylarini yod bilarkan, chizgan 
suratlari ham shu dostonlarning qahramonlari haqida ekan. Akbarning o‘zi ham bu 
dostonlarni yaxshi ko‘rardi. U Dasvantani saroy rassomlarining sardori Xo‘ja 
Abdusamadning oldiga boshlab keldi: 
— Zehni o‘tkir. Bir tarbiyalab ko‘ring, mavlono. Dasvanta Akbar kutgandan ham 
iste’dodliroq bo‘lib chiqdi. Uning «Mahabxorat» voqealariga chizgan suratlari Akbarga 
eng mashhur rassomlarnikidan ham kuchliroq zavq berdi. Shundan keyingi chorshanba 
oqshomida bo‘lgan san’atkorlar majlisida yigirma ikki yoshli Dasvanta eng yetuk 
ma’naviyat gavharlari — no‘hratan qatoriga qo‘shildi. Akbarning bu haqdagi farmonini 
Abulfazl san’at ahliga e’lon qilar ekan: 
— Gavharlarimiz yana to‘qqizta bo‘ldi! — deb mamnuniyat bildirdi. 
Shu kuni kuy va qo‘shiqlar orasida mushoira ham bo‘ldi-yu, yoshi yuzdan oshgan shoir 
Qosim kohiy o‘zining «Filnoma» degan she’rini o‘qib berdi. 
Akbar filni yaxshi ko‘rishi, filbonlik ham qilgani ko‘pchilikka ma’lum edi. Kohiy o‘zini uzoq 
umr ko‘radigan fillarga o‘xshatgan. Akbarni esa shu fillarning suyukli mahavatiga qiyos
qilgan edi: 
Xok bir sar mekunam chun fil har joy merasam, 
Gar nabinam bar sari xud filboni xiyshro. 
Didaam to ishqi man afzun shavad on filbon 
Medavonad bar saram fildomoni hiyshro*. 
Akbar bu to‘rt satrni eshitganda zavq qilib bir kulib oldi. Filga o‘xshab yoshi yuzdan 
oshgan bu odamda hali ham bolalarcha bir ma’sumlik bor edi. Uning fil singari o‘z 
boshiga tuproq sochishining sababi ham behad chiroyli ifoda etilgandi. Fil o‘zi yaxshi 
ko‘rgan filboniga qanchalik suyanib qolgan bo‘lsa, Kohiy ham dil-dildan Akbarga mehr 
qo‘yganini she’riy nafosatga yo‘g‘irib aytmoqda edi. Asli Samarqand tomonlarda, 
Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘idagi Miyonqolda tug‘ilib o‘sgan Qosim Kohiy yigitlik 
paytida Hirotda yashagan, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning suhbatida 
bo‘lgan shoir edi. Hozir poytaxtda undan keksa odam yo‘q. Yoshi qamariy hisob bilan bir 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish