www.ziyouz.com kutubxonasi
270
yovuzliklarga qarshi Saddi Iskandariy qurmoq!..
— Ehtimol, odamlar buni Saddi Akbariy deb atagaylar, bolam!
— Ajoyib... G‘animlarim butalar orasiga yashiringan ilonlardek zahar solish uchun payt
poylamoqdalar. Endi ularni hind lochini Haruda kabi yuksakka olib chiqib, tashlab
yuborish mumkin!
Ko‘pdan beri yo‘li to‘silib, dam bo‘lib yotgan anhorning oldi ochib yuborilsa, o‘zaniga
sig‘may toshib, loyqalanib oqadi. Shunga o‘xshab, Akbarning dilida qisilib yotgan
tuyg‘ulari ham endi tanasiga sig‘may yopirilib chiqa boshladi. U qarsak chalib sarmunshi
Ashrafxonni chaqirdi-da, ketma-ket farmoyishlar bera boshladi:
— Agraga chopar yuboring. Mirdevon Todar Malga farmonimiz shulki, Sekrida, Agrada,
Dehlida va boshqa subalarda* qancha ochlar, muhtojlar, yetim-u yesirlar, keksayib
qarovsiz qolgan notavonlar bo‘lsa biz borguncha hammasini ro‘yxatga olsin. Yana bir
farmoyish: so‘nggi yetti yilda, aholidan olingan jizya solig‘ining umumiy miqdori qancha?
Shuning aniq hisob-kitobi tuzilsin.
— Fathpur kutvoli Ibrohimxonga buyrug‘imiz shulki Goa orolidan kelayotgan farangi
ruhoniylarini izzat-ikrom bilan kutib olsin, saroy ichidagi xos mehmonxonaga
joylashtirsin. Gujaratdan otashparastlar peshvosi Mexerji kelgan bo‘lsa, unga ham
yaxshi joylardan berilsin.
Hamida begim o‘g‘lidagi o‘zgarishni hayrat bilan kuzatib turar, Akbar avvalgiday
serg‘ayrat, ishchan qiyofaga qaytgani sari onaning quvonchi ortib borardi. Ashrafxon esa
Akbarning ketma-ket yopirilib kelayotgan istaklarini shosha-pisha qog‘ozga tushirmoqda
edi:
— Yozing: Qosim sarkorga farmoyish shulki, biz borguncha to‘rt qismlik ibodatxonaning
barcha xonalarini turli tildagi muqaddas kitoblar bilan jihozlasin. Biz poytaxtga
qaytganda saidlar, ulamolar, brahmanlar, boshqa din-u millat vakillarini shu
e’tiqodxonaga taklif etgaymiz. So‘nggi farmoyish: hozir bhiradagi barcha bek-u
a’yonlarni kechqurun mashvaratga chorlang. Miri manzil yo‘l tayyorligini ko‘rsin, erta
o‘tib indin poytaxtga qaytib ketgaymiz!
Anchadan beri jimib mudrab yotgan Bhiradagi qarorgoh bu farmonlardan go‘yo cho‘chib
uyg‘ondi-yu, hammayoq birdan jonlandi. Chodirlar va ko‘shklarning ichi-tashini g‘ivir-
g‘ivir harakat tutib ketdi.
_________________
* M a h z a r — markaziy nuqta, sintez joyi.
* S u b a — viloyat.
* * *
Mirdevon todar Malning hisobiga binoan, so‘nggi yetti yilda barcha viloyatlarda, shu
jumladan yangidan qo‘shib olingan Gujarat, Bixar va Bangolada o‘tkazilgan moliya
islohotlari natijasida davlat xazinasiga tushayotgan daromadlar avvalgidan uch barobar
ortgan edi. Shu daromadlarning ellik kururdan ortig‘i g‘ayridinlardan olingan qo‘shimcha
soliq — jizyadan tushgan ekan. Akbar ustozi Salim Cheshtiga bu adolatsiz soliqni bekor
qilish haqida va’da bergani qachon edi? So‘nggi yillarda xayoli boshqa narsalarga
alahsib, buni unutgan bo‘lsa, endi shuning hissasini chiqarishi kerak emasmi?
Muhtojlarga xayr-u ehson qilish odati hamma ellarda bor-ku. Barcha imon-u e‘tiqod
vakillariga barobar ulashiladigan xayr-ehsonga qaysi taqvodor shayx qarshi chiqa oladi?
Akbar shu o‘ylar bilan jizyadan tushgan tangalarning katta bir qismini muhtojlarga
ulashmoqchi bo‘ldi. Uning farmoni bilan devoniom oldidagi marmar hovuz suvdan
Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |