Keksalik yoshidagi bemorlarni tishlarni to'liq yo'qotgandagi xolati. Terminalogiya.
«Qarilik progeniyasi» deb,
tishsiz jaglarda, pastki jagning yuqori jagga nisbatan oldinga chiqib turishiga
aytiladi (4.1-rasm). Qarilik progeniyasining paydo bulish mexanizmini tushunish uchun ortognatik tishlar
jipeligidagi yuqori va pastki jaglardagi tishlarning uzaro joylashuvini esga olish kerak. Ma’lumki, bunda
yuqori jagning oldingi tishlari alveolyar o’sik, bilan birga oldinga, yon tishlar — koronkalari
bilantashqariga, ildizlari bilan esa — ichkariga egilgan. Agar shunda alveolyar qirra o’rtasidan chiziq
tortilsa xreil bulgan yoy (alveolyar yoy), kesuvchi va jag tishlar ustidan o’tkazilgan yoy (tish yoyi) dan
kichik buladi (4.1.2-rasm).Pastki jagning tish va alveolyar yoylari urtasidagi uzaro munosabatlar uzgacha
tusda buladi.
Ortognatik tishlov jipeligida kesuvchi tishlar alveolyar qismda osilib turadi. Yon tishlar koronkalari bilan
til tomonga, ildizlari bilan esa — tashkariga egilgan. Shu sababli, pastki tish yoyi alveolyar yoydan torroq.
Shunday qilib, ortognatik tishlov jipsligida barcha tishlar joyida bulganda, yuqori jag‘ tepaga qarab
torayadi, pastki jag esa, aksincha, pastga karab kengayadi. Tishlar tuliq tushib ketganidan keyin,
o’rtadagi farq tishsiz jag’larning teskari nisbatini yuzaga keltirgan xolda, darxol sezila boshlaydi.
Alveolyar qismning atrofiyasi uz konuniyatlariga ega. Xususan, yuqori jag’ qismida uning lunj qismi
ko’proq atrofiyaga
uchraydi, pastkida esa — til kismi kuchli atrofiyalanadi. Shu sababli, yuqorigi
alveolyar yoy, pastki jag kengaygan holda, yanada torayadi.
Qarilik progeniyasi jag nisbatlarining transvyerzal yunalishda o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Bunda
pastki jag kengaygandek buladi (4.2-rasm). Bularning barchasi tishlarni protezga o’rnatishni
qiyinlashtiradi, uni mahkam ushlab turishga salbiy ta’sir kursatadi va pirovard natijada, uning chaynash
funksiyasiga ta’sir etadi.
Tishlari to’liq, olib tashlangan bemorlarni tekshirish va ularni davolash rejasini tuzishda bu muammoning
psixologik xolatlarini xar qachongidan kura kuprok, inobatga olishga to’gri keladi. Tishlarning to’liq olib
tashlanishining o’ziyoq bemor ruxiyatiga qattiq ta’sir kursatadi. Yosh odamlarda tasodifan, masalan,
jaroxat tufayli, tishlarning tulik, olib tashlanishi, jismoniy etishmovchilik xissiyotini keltirib chiqaradi. Bu
hissiyot erkaklarga nisbatan ayollarda ko’proq seziladi.Katta yoshdagi kishilarda tishlarning to’liq tushib
ketishi qarilik alomati deb qabul qilinadi. Ko’pchilikda bu xol jismoniy xolatning kuchayib borayotgan
o’zgarishlari va ko’pgina faoliyatlarning so’nishi bilan mos kelishini inobatga oladigan bulsak,
shifokorning bemor bilan muloqotida uchrashi mumkin bo’lgan emosional xarakterdagi qiyinchiliklar
ravshan bulib qoladi. Shuni ta’kidlash lozimki, chaynash-suzlash apparatida nuksonlari bulgan ruxiy
bemorlarni tashxislash va ortopedik davolashda doim psixologik muammolar mavjud boladi, biroq
buxolda ular kuprok, namoyon buladi. Yoshi katta shaxslarda tishlarning tuliq olib tashlanishi oilaviy,
ijtimoiy xarakterdagi turli sabablar (bolalarninguydan ketishi, ota-ona, dustlar, yoru birodarlardan judo
bulish, kasbni almashtirish) tufayli kelib chiqadigan bezovtalanish, tashvishlanish xissiyotlari bilan
qo’shilishi mumkin. 65 yoshdan katta bulgan shaxslar, bundan tashqari, nevrotik holatlar turli darajada
namoyon bulgan bosh miya tomirlarining atyerosklyerozidan azob chekadi. Ma’lum kasbdagi shaxslar
(artistlar, suxandonlar, ma’ruzachilar) uchun tishlardan judo bulish sevgan ishidan maxrum bulishni,
ba’zan esa — nafaqaga chiqishni anglatishini bu esa, tabiyki, ogir kechishi mumkinligini unutmaslik
kerak. Kupgina bemorlar shifokor xuzuriga echiladigan protezlar haqida salbiy fikrlar bilan, undan
foydalanish imkoniyatiga ishonchsizlik bilan kelishadi. Bunday ruxiy tushkunlik protezni qotirishning
qiyinligi xaqidagi tibbiyot xodimlarining extiyotsizlik bilan aytilgan gaplari tufayli yanada kuchaytirilishi
mumkin. Bu borada maxsus tibbiy bilimlarga ega bulmagan, bilimsiz shaxslarning bergan maslaxatlari,
ayniqsa katta zarar keltiradi. Tishlaridan judo bulgan bemorlarni davolashda shifokor duch kelishi
mumkin bulgan faqat maxsus xaraktyerdagi k,iiinchiliklargina emas, balki psixologik yunalishdagi
k,iyinchiliklar x;am ortopedik davolash rejasini tuzish va diagnostikalashda albatta inobatga olinishi
kyerak. Ularning unutilishi, xatto, protezlash texnikasi ideal tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham ,
muvaffaqqiyatsizlikka sababchi bulishi mumkin. Shifokor va pasient urtasida uzaro ishonch kayfiyati