Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
qilayotgan maydonga tushib bordi. Uning ishorasi bilan otashdorlar yonib turgan olovni 
ikki fil orasiga ko‘tarib kirib, olishuvni to‘xtatdilar. Favjdor mahavati bilan Akbar turgan 
joyga chaqirtirildi. Har ikki filga mast qiladigan shirin ichimlik berildi. Shundan keyin 
Favjdorga Akbarning o‘zi mindi. Kayfi oshgan fillar endi o‘lar-qolariga qramay jang qila 
boshladi. Ikki oradagi tuproq ko‘tarma birpasda payhon bo‘lib yerga qorishib ketdi. 
Akbar Favjdorni ankush bilan xillalab, raqib filning yonboshiga o‘tkazdirdi. Biqinidan 
berilgan zarba qarshi tomonni qattiq silkitib, mahavatni yerga yiqitishi kerak edi. Lekin 
raqib fil Akbar o‘ylaganidan zo‘rroq ekanmi, zarbaga bardosh berdi, mahavati ham 
filning quloqlari ostiga tizzasini tiqib yiqilmay qoldi. 
Akbar fillarning ikki yuz yil umr ko‘rishini bilar, ulardagi yigitlik qudrati yetmish-sakson 
yoshgacha saqlanib qoladi deb o‘ylardi. Bayramxonning fili Zo‘ravor bilan Favjdor 
olishganiga o‘n sakkiz yil bo‘ldi. Nahotki shu yillar ichida Favjdor kuchdan qolgan bo‘lsa? 
Akbar uning zarbasi avvalgiday emasligini endi sezdi. Damudor deb ataladigan 
qarshidagi filning ayni kuchga to‘lgan davri ekan, orqadan shunday qattiq zarba berdiki, 
Favjdorning old oyoqlari bukilib, cho‘kkalab qoldi. Akbar uning boshi osha yerga qulab 
tushadiganday bo‘ldi. 
Odamlar: «Vah!» deb yubordilar. Ayollar qatorida jangni tomosha qilayotgan Hamida 
begim dod solib yubormaslik uchun og‘zini kafti bilan bekitdi, lekin o‘rnidan turib 
ketganini o‘zi bilmadi. 
Bu orada Akbar o‘zini xiyol o‘nglab, Favjdorni bir amallab tikka turg‘azdi. Damudorni 
boshqarayotgan mahavat podsho oilasidan baloga qolmaslik uchun ikkinchi zarbadan 
filini tutib qoldi. Akbar Favjdorni orqaga burib yana hamlaga o‘tdi. Lekin shu orada jang 
vaqti tugadi-yu, olishuv durang deb e’lon qilindi. Rangi xiyol o‘chgan Akbar hansirab 
elchilar oldiga qaytib keldi. Jang manzarasidan hayajonga tushgan elchilar Akbarning 
oldida ta’zim qilishib: 
— Dovyurakligingizga tan berdik, hazratim! — deyishdi. 
Kechqurun Akbar onasidan xabar olishga borganda Hamida begim ko‘ziga yosh olib 
dardini aytdi: 
— Shoh o‘g‘lim, nahotki elchilarning ikki og‘iz tahsini uchun o‘z joningizni shunchalik 
xatarga qo‘ysangiz? Tavakkalchilik ham evi bilan-da, axir. Shu qadar o‘ylamay ish qilish 
to‘g‘rimi, aylanay bolam?! 
— Men bu ishni o‘ylab qildim, onajon. Abdullaxon biz bilan bellashmoqchi emish, Kobul-u 
Badaxshonni tortib olmoqchi emish. Elchilari o‘z ko‘z bilan ko‘rgan olishuvni borib xonga 
aytib bersinlar. Men bilan olishuv qanaqa bo‘lishini xon ko‘z oldiga keltirsin. Ehtimol, 
bugungi fil jangi Abdullaxon bilan bo‘ladigan qonli urushning oldini olishga yordam 
bersa! Men ana shu maqsadda maydonga tushdim. 
— Lekin siz maydondan omon chiqquningizgacha men o‘lib bo‘ldim! Bizni ham o‘ylang-
da, jon bolam! 
— Xo‘p, onajon! — deb Akbar minba’d jonini xatarga qo‘ymaslikka so‘z beradi. Lekin 
boshqa kutilmagan joydan yana onani bezovta qiladigan biron xatar chiqadi. 
Akbarning dovyurakligi Abulfazl bilan Birbalga juda yoqadi. Ularning fikricha, Akbarning 
shuhrati va obro‘si davlat manfaatlariga xizmat qiladi. Agar uning shunday zo‘r obro‘si 
bo‘lmasa, qo‘l ostidagi odamlari Sekridagi yangi poytaxtni qisqa vaqt ichida bunyod 
qilishga yoki ikki yuzta daryo kemasini qurishga bu qadar jon-jahdlari bilan kirisharmidi? 
Abulfazl bilan Birbal Akbarning shu ulkan obro‘sidan foydalanib, endi shayx Ansoriyning 
diniy istibdodini yo‘qotmoqchi bo‘ladi. Gujarat yurishidan oldin rejasi chizilgan e’tiqod uyi 
Bihardagi g‘alabadan keyin qurib bitirildi. Akbar ruhoniylarni munozaralarga jalb qilish 
uchun binoni «Ibodatxona» deb atadi. Hamida begim bu ibodatxonani kirib ko‘rgan 
emas, ammo uni marhum Salim otaning maslakdoshi bo‘lgan Abdulla Niyoziyning hujrasi 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish