Davlat tili milliy ma’naviyatimiz timsoli



Download 21,41 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi21,41 Kb.
#457702
Bog'liq
Davlat tili milliy ma’naviyatimiz timsoli” m


Davlat tili milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusidagi tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:
Saratonning quyoshidan bo’lsin salom, 
Qor so’ragan tog’-toshidan bo’lsin salom,
Tanti dehqon bardoshidan bo’lsin salom,
Salom bo’lsin, oylarning eng ezgusiga
Salom bo’lsin, uning oppoq injusiga

2-boshlovchi:
Yaqin qo’shni salom degan kuz chog’I bu,
Noz-ne’matga to’lib turgan quchog’I bu,
To’y chog’I bu, rejalarning yuz chog’I bu,
Salom bo’lsin to’yni birga to’ylashganga,
Salom bo’lsin bir devordan bo’ylashganga.

1-boshlovchi:
Assalomu-alaykum davramiz ko’rkiga ko’rk bag’ishlab turgan aziz ustozlar, muhtaram mehmonlar!

2-boshlovchi:
Assalomu-alaykum qadrli do’stlar, o’quvchilar!

1-boshlovchi:
Barchangizni bugungi kunimiz uchun ham, ertangi kunimiz uchun ham mo’tabar bo’lgan elimizning ulug’ bayrami-Til bayrami bilan muborak etamiz.

2-boshlovchi:
Bugun 21-oktabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 26-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiriga xush kelibsiz!

1-boshlovchi:
Til arslon misoli yotar qafasda
Bexabar boshini u yer nafasda

Tadbirimizni ochib berish uchun so’z maktabimiz direktori To’rayeva Dilshoda Rayimqulovnaga!

2-boshlovchi:
O’zbek tili-tillarning genalogik tasnifiga ko’ra turkiy tillar oilasining qarlug’ guruhiga mansub. Tarixan turli ilmiy manbalarda eski o’zbek tili “turkiy”, “turkcha”, “chug’atoy” tili singari nomlar bilan atalgan.
Endi tilimizning tarixiga bir nazar solaylik

1-o’quvchi:
Har bir til hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda kata taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. Bundan o’zbek tili ham mustasno emas.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davrlarga bo’ladilar.
1. Oltoy davri
2. Eng qadimgi turk davri
3. Qadimgi turk davri
4. O’rta turk davri

O’rxun xatlariga boqing, ajoyib
Xalqim tarixidan sado bu xatlar.
Kultegin, xon Bilga o’zbegim
Shuhrat bog’idagi ulkan daraxtlar.
Qarang, mehnatlarda qavargan,
Xalqim qo’llariga o’xshaydi shakli,
Shoh Doro kuydirgan, goh arab chopgan,
Bodomday sarg’aygan, toliqqan dardli,
Ohlari samoni, falakni tutgan,
Asrlar nomidan so’zlaydi ular,
Ularning qatidan sizadi xalqi,
Kultegin boshida chekkan qayg’ular,
Urxun yozuvlari-ko’zimga ziyo,
Bobolardan qolgan tabarruk meros.

2-o’quvchi:
Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri Mahmud Koshg’ariyning Devoni-u lug’atit turk” nomli qomusiy asaridir.

Kelib ketdi necha dunyolar
Keldi hayot yig’ladi o’lim
Seni deb qurbon bo’ldi bobolar
Ular ketdi, sen qolding tilim!
Belanchaging uzra Qoshg’ariy
Kuylab o’tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy

3-o’quvchi:
Yusuf Xos Xojib XI asrda yashab, turkey tilde ijod etgan buyuk shoir hisoblanadi. Bizga Yusuf Xos Xojibning birgina “Qutadg’u bilig” asari yetib kelgan.
Tiling bekta tutgil, tishing sinmasin,
Qali chiqsa bekta, tishingni siyur.

4-o’quvchi:
Shuningdek, Xo’ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarlari shu davrning eng abadiy durdonalaridir.

5-o’quvchi:
O’zbek degan so’z ostida ona xalqim buyukligi mujassam
Yetti tog’-u qirlar o’sha olislarga tarqalgan
Soddaligi jam,
“O” ga qarang boshda “do’ppi” o’zbegimning xuddi o’zi
Otincha u, o’ziga bek, ulug’vor.
Ona xalqim shon-shuhrati “z” harfida ko’p asror
Shon-shuhrati samolarni tutib ketgan,
Bobolarim ifodasi “b” ga qarang,
Ajdodini nabirasi o’qir arang
Tarixlarni eslaganda bag’rim kuyuk,
Yuraklarim og’riqlardan qaqshaydi.
“q” shu boisdan ham qaddi egik,
Bobolarim qomatiga o’xshaydi.
Eng mhimi mehnatkashmiz, mehmondo’stmiz,
Rizq topamiz ona yerga urug’ sochib
Shu sababdan so’nggi harf “K” ga monand
Kimki kelsa qarshilaymiz quchoq ochib.

1-boshlovchi:
Zeriksam qalbimga quyilar qo’shiq
Azaldan hamrohim kuy ila qo’shiq
Qo’shiq kabi menga yo’q fidoiy do’st
Nurli yo’llarimga baxt tilar qo’shiq
Raqs ijro etadi 8-sinf o’quvchisi Olloqulova Zuhra

2-boshlovchi:
Xalqimiz, oan tilimizga befarq bo’lmagan o’zbek farzandi borki, bugun chuquqr iftixor va ehtirom bilan buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyni esga oladi. O’zbek tili va adabiyotining ravnaqi uchun hech kim Navoiychalik xizmat qilmaganligini e’tirof etadi, hamda bu buyuk zotning avlodi ekanligidan faxrlanadi.
Hozirgi sahnamiz Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Agar ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni” bo’lgan A.Navoiy haqidagi Izzat Sulton va Uyg’unning “Navoiy” dramasidan parcha. 
Guli rolida Safarova Sarvinoz
Navoiy rolida Hasanov Elbek
Sahnaga A.Navoiy siymosidagi o’quvchi chiqadi.
Ey, jondan aziz ona xalqim! Men butun umrimni va ijodimni insoniyatning baxt-saodati uchun bag’ishladim. Bor kuchimni mamlakatda tinchlik va oasoyishtalik o’rnatishga qaratdim. Ona tilimiz rivojiga o’z hissamni qo’shdim, uni himoya qildim va madh etdim. Asarlarimda maskur tilning jozibasi qanchalar qudratga ega ekanligini, boshqa tillardan kam joyi yo’qligini, aksincha uning o’ziga xos mavqeiya egaligini o’z “Muhokamat ul-lug’atayt” asarimda nazariy isbotlab, “Hamsa”da esa amalda ko’rsatib berdim.

So’z jon gulshanining muattar nasimi, hatto
Ko’ngil dengizining bebaho gavharidir.

Inson jismi bir gulshan bo’lsa, til uning xush ovoz bulbulidir.

Odam til tufayli barcha mahluqotdan afzal va til tufayli bir-biridan ustun

Til ko’ngil hazinasining qulfi, so’z uning kaliti deb bil.
Qadrli farzandlarim, ushbu hikmatlarni yodingizda tuting. Muqaddas vatanimizni, xalqimizni va albatta, sizga onadek aziz bo’lgan ona tilingizni seving, asrang, ardoqlang va uning rivojiga o’z hissangizni qo’shing.

1-boshlovchi:
Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa

2-boshlovchi:
El-u yurtim xonumonim tili bu
Qadimlikda o’xshar oan tuproqqa
Endi navbat donishmand va shoirlarning til haqidagi hikmatlariga.

1-o’quvchi:
Zakovat ko’rki so’z-til ko’rki so’zdir
Odamzot ko’rki yuz-yuz ko’rkii ko’zdir
Inson kim so’z aytdi, lison tufayli,
Yaxshi so’z tufayli o’zi chiroyli
Yusuf Xos Xojib
2-o’quvchi:
Turk nazmina chu tortib men alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam
A.Navoiy
3-o’quvchi:
Ey ona tili aziz qadrdonim
E’tiqodi ruhi, ravonim
Tug’ilgan kundan aylading ulfat
O’lguncha ayrilmam ey jonim
A.Avloniy
4-o’quvchi:
Ona tilim, sen ruhimning qanoti
Abu turk nafasi, oltoy chechagi
Xun davridan omon keldi Xiroting
Qutlug’ Enasoyning ezgu ertagi
Cho’lpon
5-o’quvchi:
Tilni mensimaslik, millatni mensimaslik, vatanni mensimaslikni ko’rsatadigan o’ta nohush Holdir.
Ozod Sharafiddinov
6-o’quvchi:
Til-so’zlochi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.
Beruniy
7-o’quvchi:
Tilingni so’zlashga soz, muhayyo qil,
Tilingni o’q qil-u, aqlni yoy qil.
Abdulqosim Firdafsiy

8-o’quvchi:
Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi” 
I.Karimov
Raqs “Surxoncha”


1-boshlovchi:
Darhaqiqat hazrat A.Navoiy bobomiz o’zbek adabiyotini yuksaklarga ko’tardi. Navoiydan so’ng ushbu na’anani Bubur, so’ng XIX asr oxiri XX asr boshlarigacha Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko’plab yozuvchilar, shoirlar ijodida izchil davom ettirdi.
XX asr boshlarida adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirish a’nanasi Fitrat, Behbudiy, Avloniy, Qodiriy, Cho’lpon asarlari tilida o’z aksini topdi.

2-boshlovchi:
Lekin Sho’ro davrida olib borilgan noto’g’ri til soyosati oqibatida sobiq ittifoq hududidagi rus bo’lmagan xalqlar milliy-adabiy tillarning, jumladan, o’zbek tilining turli sohalardagi vazifa imkoniyatlari nihoyatda cheklandi.

1-boshlovchi:
Yuzaga kelgan bunday ahvol, ilg’or ziyolilar o’rtasida norozilik kayfiyatlarining tug’ilishiga, milliy g’urur, milliy iftixor hisining toptalishiga olib keldi.
Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda mamlakatimiz rahbari tashabusi bilan O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinib, unga o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

1-o’quvchi:
Ona tilim omon bo’l mangu
Sen borsanki, men ham o’lmayman
Tildan qolsam, seni Oybekdek,
Men ko’zlarim bilan so’ylayman.

2-o’quvchi:
Seni taxtim, seni baxtim,
Taqdirim deb tanti til
E’tiqodim amri bilan
Ta’riflashga xaqliman

3-o’quvchi:
Sirli tarix tilsimotin
Tarix qilgan tiling bor
Dovrug’ slogan donolaring
O’zbek degan eling bor.
Barcha sen g’urursan ham shrafshon o’zbekka
Bardam bo’l daryoday toshqin tilim

1-boshlovchi:
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” deb bayon etilgan.

2-boshlovchi:
Prezidentimiz ta’rifi bilan aytganda, “O’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’I, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi” 
Hozirgi navbatni Mamatmurodova Oyimjon ijrosidagi hazil she’rga beramiz.

Qaysi sheva adabiy
Tilimizga mos kelar
Xalq tilida qaysi biri
Juda-juda oz kelar
Qo’qonda “aqa-baqa”
Toshkentda votti-votti
Bu qanday tili o’zi
Deb o’shqiradi Sotti.
Hoy, Eshniyoz ne uchun
Pichoqni “pokki” deysan
Sen o’zingchi Mirgulshan
Tomchini “chakki” deysan
He ajab Abdurahmon
Volishni so’ri desa
Qurbonali baqrayib
Qashqirni bo’ri desa
Tosh o’rtaga qo’yib der
Mana shu oddiy paqir
Agar shu chelak bo’lsa,
Guvohlaringni chaqir

1-boshlovchi:
Ona tili maskuz tilning egasi bo’lgan xalqning tarixi, madaniyati, urf-odati, ma’naviyati hamda san’atini bilish, o’rganish vositasi hamdir.
2-boshlovchi:
Til va millat, til va xalq, til va shaxs, til va tafakkur bir-biridan ajralmas tushunchalar. Ona tili millatning ijodiy qudratini, aqliy salohiyatini doimiy ravishda qayrab turadi, bu qudrat-u salohiyatni ona tilisiz tasavvur etish mushkul.
Raqs.

1-boshlovchi:
O’z tilini asrab-avaylagan xalq, o’zligini, g’ururini asrab-avaylagan bo’ladi. Bu haqda Yurtboshimiz, “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”-deya oan tilimizning qanchalik ahamiyati buyukligini ta’kidlagan.

2-boshlovchi:
Haqiqatdan ham ona tili inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega.
Eshqobil Shukur she’ri. Ijro etadi 8-“F” sinf o’quvchilari.
1-o’quvchi:
Hikmatlar diyori, o, ona Tilim
Jonday oqajaksan, tomirlarimda.
Sen-ko’nglim mehvari, sen-ruhim yo’li,
Har lahza gullaysan satrlarimda.

2-o’quvchi:
Agar sen bo’lmasang, qaydadir iqbol
Ajdodsan, avlodsan, vatansan, elsan.
Millatni tarixlar ichidan alhol,
Yetaklab, o’tgan sen-Onajon Tilsan

3-o’quvchi:
Olamni hijjalab o’rgatgan sensan,
Dillarga tuyg’ular olib kirgan sen
Butun bir millatning manglayin silab
Mangu ona kabi kulib turgan sen.

1-boshlovchi:
O’zbekiston hozirgi davrda ona tili rasman amalda, muomalada bo’lgan, xalqimiz va davlatimiz tomonidan himoya qilinadigan, yer-yuzidagi bir mamlakat va davlatdir.
2-boshlovchi:
21-oktabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 26-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish