Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asari haqida
Reja:
1. Ahmad Yassaviy –turkiy tasavvuf she’riyatining atoqli vakili.
2. “Devoni hikmat”ning yaratilishi haqida.
3. Hikmatlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma’lumotlar yetarli emas. Uning “Hikmatlari” va ba’zi tarixiy-adabiy manbalardagi izoh va ma’lumotlargina mavjud. Ma’lum bo’lishicha, u Turkistonda Yassi shaharida, ruhoniy oilasida tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo’lgan.
Ahmadning yoshligi og’ir kechgan. Otasi juda (erta) yoshligida vafot etgan.
Yetti yoshida Arslon bobo izlab topdi,
Har sir ko’rib parda birla bukib yopdi.
Misralari ana shu iztirobli hayotga ishoradir. Ayni paytda, bu misralar mazmunida, Ahmad Yassaviyning Arslon boboday yirik mutasavvuf olim qo’lida tarbiyalanganligi haqida ham dalolat beradi.
Boshqa bir o’rinda: “Yetti yoshda boboga qildim salom” –deb ham yozgan edi u. So’ng u Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo’lida tahsil oladi.
Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori darajada egallaydiki, xalq orasida “Madinada Muhammad, Turkistonda Xo’ja Ahmad” degan naql paydo bo’ladi. Ahmad Yassaviy 1166 -yilda vafot etgan. Uning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymadi. Amir Temur unga alohida e’tiqod bilan qaragani ma’lum. U 1395 –1397 yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri o’rnida yangi muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud.
“Hikmat”larda Ahmad Yassaviy merosi jamlangan. Ularda 240 ga yaqin she’r bor. Ular xalq orasida “Devoni Hikmat” nomi bilan mashhur bo’lgan. Hikmatlarga “Kul Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “Ahmad ibn Ibroxim”, “Sulton Xoja Ahmad Yassaviy”, “Miskin Yassaviy”, “Ahmadiy”, “Qul Ahmad”, “Miskin Ahmad” kabi taxalluslar qo’yilgan.
Ahmad Yassaviy mutasavvuf shoir. Bu tasavvuf tariqatiga mansublikni bildiradi. Tasavvufdagi to’rt asosiy bosqich: Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat mohiyati she’riy misralarga singdirgan. Ahmad Yassaviy shu yo’nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson manfaatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bundan maqsad insoniyatni to’gri yo’lga da’vat etishdir. To’g’ri yo’l haqiqatni aniqlashga olib kelmog’i kerak. Haqiqatni anglash o’zlikni anglash demakdir. Bunga yerishmoq uchun kishi xudo yo’liga kirmog’I, xudoga muhabbat paydo qilmog’I, butun kuch va vujudini shu yo’lga qaratmog’i kerak.
Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf ta’limoti bilan ham og’zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan bog’lansa, yo’l, rabot, karvon, o’q kabilar og’zaki ijod an’analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan.
Nafs haqida gapirar ekan, Yassaviy uni insonning kamolotiga xalaqit beriladigan yovuz va yaramas kuch sifatida baholaydi. Unga “shum” sifatining berilishi bejiz emas. Shuningdek, “nafsi bad”, “nafs yo’li”, “nafs ilgi” singari ifodalar shoir fikrini yorqinlashtiradi. Adib to’gridan tog’ri nafsni tepkil, nafsdan kech deya targ’ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko’rsatib beradi:
Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldan ozib, toyib, to’zib gumroh bo’lur.
Yotsa, qo’psa shayton bilan hamroh bo’lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
Ahmad Yassaviy she’riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o’qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og’zaki ijodiga nihoyatda yaqinligidir. Hikmatlar asosan to’rtlik, murabba’ shaklida yaratilgan.
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on
Har kim tepsa, rozi bo’lib bo’yin so’ng’on,
Andoq oshiq mashhar kuni armoni yo’q
Yoki
Rohat tashlab, jon mehnatin xushlag’onlar,
Saharlarda jonim qiynab ishlag’onlar.
Hoyi havas, moumonni tashlag’onlar
Chin oshiqdir, hargiz oni yo’lg’oni yo’q.
“Hikmat”larda masnaviy shaklida ham uchraydi:
Mani hikmatlarim dono eshitsun, a
So’zum doston qilub maqsudg’a etsun a
Meni hikmatlarim bir piri komil b
Qayu banda xudog’a bo’lsa moyil… b
Ahmad Yassviy she’riyatini og’zaki ijodga yaqinlashtirgan omillardan yana biri ularning barmoq vaznida yaratilganidir. Ular asosan 11 yoki 12 bo’g’inli satrlarda tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |