Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asariga
konspektlashtirish
Alisher
Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari 1492–1493-yillarda
yaratilgan[3]. Navoiy turkiy tildagi adabiyotshunoslik masalalariga
bag‘ishlangan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari bilan
tanish bo‘lmagani uchun aruz nazariyasiga doir qonun-qoidalarni turkiy
tilda ilk marta bayon qilayotganini alohida ta'kidlaydi, xususan “g‘araz
bu maqolotdin va maqsud bu muqaddimotdin bu erdikim, chun turk
alfozi bilakim nazm voqi' bo‘lubdur, anga zobitaye va qonune yo‘q
erkondur...” deb yozarkan, turkiy tilda aruz qonun-qoidalariga oid
maxsus asar yo‘qligini aytib o‘tadi.
“Mezon ul-avzon” muqaddima, asosiy qism va kichik xotimadan iborat.
Muqaddimada Allohga hamd aytilgach, Sulton Husayn Boyqaroning
ushbu asarni yozishga ilhomlantirganligi haqida so‘z boradi. Unda
aytilishicha, Husayn Boyqaro Amir Xusrav Dehlaviyning 18 ming
baytdan iborat g‘azaliyotini yig‘dirib, bir to‘plam holiga keltiradi. Xusrav
Dehlaviy she'rlarining ko‘pi murakkab bahr va vaznlarda bo‘lib, ularni
aniqlashda hatto ba'zi shoirlar ham ojizlik qilar edilar. Husayn
Boyqaroning topshirig‘i bilan aruzshunoslar Xusrav Dehlaviyning har bir
she'ri ustiga shu she'rning vaznini yozib chiqadilar. Shundan so‘ng
devon tuzishda har bir she'rning vaznini qayd etib qo‘yish odat tusiga
kiradi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti ham shu
yo‘sinda tartib beriladi.
Alisher Navoiy muqaddimada o‘zidan avval yaratilgan aruzga
doir manbalar: Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-ayn”, Shams Qays
Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or”,
Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarlariga to‘xtalib o‘tib,
ularda mavjud bo‘lmagan ba'zi qoida, doira va vaznlarni o‘z
asarida keltirib o‘tishini aytadi.
Navoiy vaznlarga ta'rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z
g‘azaliyotidan keltiradi. Xususan, hazaji musammani solim
vaznini ta'riflashda
Zihi mulkungning o‘n sekiz mingidin bir kelib olam,
Bu olam ichra bir uyluk qulung Havvo bilan Odam,
Rajazi musammani matviyi maxbun vazni bilan bog‘liq o‘rinda
Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Vah, g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida
Ochildi chaman, gul'uzorim qani,
Sihi sarv bo‘yluq nigorim qani?
kabi baytlarni keltiradiki, bu holat Navoiy keltirgan vaznlar
turkiy adabiyot uchun shunchaki tajriba bo‘lmay, balki ularda
badiiyat jihatdan yuksak g‘azallar yozish mumkinligini
ko‘rsatadi.
“Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari
haqida ham ma'lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati
turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir. Navoiy ularning xalq
orasida tarqalgan nomlaridan foydalanadi, nomi yo‘qlarini esa
aruzdagi vaznlardan qaysi biriga mos bo‘lsa, shu vazn nomi
bilan ataydi. Ushbu poetik shakllar quyidagilardir: o‘n olti ruknli
ramali maxbun, tuyuq, chinga, muhabbatnoma, mustazod,
aruzvoriy, turkiy.
“Mezon ul-avzon” turkiy aruzshunoslikka qo‘shilgan munosib
hissa bo‘lib, o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan yuksak
baholangan. Xondamir “Makorim ul-axloq”da risolaga yuqori
baho berib, Navoiyning iste'dodi va badiiy mahoratini ko‘rsatib
beruvchi asar ekanligini, avvalgi risolalarda keltirilmagan
doiralarni kiritganligini uning aruzshunoslikdagi eng katta
xizmati sifatida e'tirof etadi. “Mezon ul-avzon” o‘zidan keyin
turkiy tilda Boburning “Risolai aruz” asari yaratilishi uchun
zamin hozirladi, XIX asrda Furqatning “Ilmi she'rning qoidai
avzonini bayoni” dastxatiga asos bo‘ldi.
«Mezon ul-avzon»da arabiy, forsiy va turkiy tillardagi
she’riyatda qo’llanilgan hazaj, rajaz, ramal, munsareh,
muzore’,
muqtazab
, sare’, jadid, qarib, xafif, mushokil,
mutaqorib, mutadorik, vofir, komil, tavil, madid, basit kabi o’n
to’qqizta bahr haqida o’zbek tilidagi misollar asosida mulohaza
yuritilgan.
Alisher Navoiy mazkur bahrlarning xususiyatlarini yoritish bilan
bir qatorda ulardan qaysilari arab she’riyatiga xosligi, qaysilari
Ajam va turkiy she’riyatda ko’proq ishlatiladigani hamda
zamondoshlari tomonidan qo’shilgan yangi bahrlar haqida ham
o’z kuzatishlari natijalarini bayon etgan. Jumladan;
«Tavil va madid va basit bahri arab shuarosining maxsusidur…
va Ajam shuarosi anga mashg’ul bo’lmaydurlar.»Yana, asarda
zamondoshlari va Alisher Navoiyning aruz bahrlarini boyitish,
yangi doiralarni tuzish sohasidagi xizmatlari ham alohida
ta’kidlanadi.«Mezon ul-avzon»da Alisher Navoiy «turk ulusi,
bataxsis chig’atoy xalqi aro shoe’ avzondurkim, alar surudlarni
ul vazn bila yasab, majlisda ayturlar», deb «tuyug’, qo’shuq,
chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy» kabi
surudlarni tilga olgan, ularning mavzu, vazn va tili haqida
diqqatga sazovor mulohazalarni bayon qilgan, har biridan misol
keltirib, aruziy bahrlarning vaznlari ruknlarini ham qayd qilgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar “
asarini konspektlashtirish
MUXTASAR — Zahiriddin Muhammad Boburning aruz vazni
nazariyasi xaqidagi asari (taxminan 1521—23). Manbalarda
"Mu-fassal", "Risolai aruz" deb ham yuritiladi. Unda aruz
vaznidagi barcha yutuq va kamchiliklar koʻrsatilgan. Bobur
aruzning baʼzi noaniq masalalariga aniqlik kiritdi va uni yangi
fikrlar bilan boyitdi, oʻzbek, arab, fors aruzlarini bir-biri bilan
qiyoslab, aruz vaznining 248 turini aniqladi.
Bobur aruzda zihoflar sonini 44 taga yetkazdi. U taqtiʼ bobida
eski oʻzbek tili fonetik meʼyorlari asosida Navoiyning "Mezon ul-
avzon"ida ishlab chiqilgan aruzning qonunqoidalarini tizimga
solib, baʼzi baxrlar orasida oʻxshashliklar topdi va yangi doyra
ixtiro qildi. Asarda qoʻshiklarning tarxoniy, turkiy, oʻlang ,
shuningdek, tuyuq va uning rangbarang turlari haqida yangi
fikrlar aytilgan. Bobur bu asari bilan oʻzbek sheʼriyatida
qoʻllanadigan aruz bahrlarining koʻp yangi vazn, zihof va
farʼlarini aniqladi. "Muxtasar"asarida ruknlar toʻliq berilgan.
Ularning sonini aniqdashda talaffuz hisobga olingan.
"Muxtasar" asarida vaznlarning koʻpligi va ularga berilgan
izohlarning aniqligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
S.Hasanovning ma’lumot berishicha, Boburning risolasi
Hindistonda fors tiliga tarjima qilingan. Bu ishni Boburiylar
xonadoniga mansub shoir, olim va tarjimon Azfariy (1760-1819)
ham nasrda, ham nazmda o‘girgan. Tarjimaning ikkita
qo‘lyozma nusxasi Hindistondagi fondlarda saqlanmoqda.
Ushbu ma’lumotda biz uchun muhim nuqta shuki, Azfariy asarni
“Aruzi turkiy “deb atagan.
S.Hasanov Boburning risolasiga bag‘ishlangan kitobida:”Asar
nomini “Aruz risolasi” deb nomlanishi ma’qulroq bo‘ladi”,
degan fikrni bildirgan.
Asarning yana bir nomi Mufassal bo‘lib, N.Mallayevning “O‘zbek
adabiyoti tarixi” (1963), V.I.Aslanovning maqolasi va
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi (2001, 2-j., 87)da shu nom
ishlatilgan.
Mufassal nomi “Boburnoma”ning kotib tomonidan qo‘shilgan
qismidagi quyidagi jumladan olingan: “Va ul podshoh aruz va
qofiyag‘a ham risolalari bor va ul jumladin, Mufassal degankim,
ushbu fan sharhi bo‘lg‘ay, ko‘pdan-ko‘p yaxshi tasnif
qilibturlar”. (Boburnoma, 2002, 267.) Bizning fikrimizcha, bu
yerda “Mufassal”ni kichik harf bilan va qo‘shtirnoqsiz yozilsa,
aruz haqida bitilgan asar ushbu fanning sharhi bo‘la oladigan
darajada batafsil bitilgan, degan ma’no chiqadi, ya’ni mufassal
ning ma’nosi batafsil yozgan deganidir.
Asarning uchinchi nomi Risolayi aruzdir. Sobiq ittifoq davrida
Bobur risolasini birinchi bo‘lib o‘rgangan va atroflicha sharhlab
bergan taniqli turkshunos A.Sherbak shu nomni qo‘llagan. Lekin
Stebleva uni tanqid qiladi va asarning nomini komil ishonch
bilan bunday deb bo‘lmasligini ta’kidlaydi hamda Ko‘pruluzoda
asarning ikkala nomini ham qabul qilmaganligi, keyingi
maqolalarida uni “Aruz risolasi “deb ataganligi, hozircha mana
shu nom ma’qul ekanligini qayd etadi.
“Aruz”ning bitilgan vaqti to‘g‘risida ham har xil fikrlar mavjud.
A.Sherbakning yozishicha, u hijriy 940 (1533-1534) yoki 945
(1538-1539) yillarda yozilgan. Stebleva qo‘lyozmaning oxirgi –
172b varaqda hijriy 940 yil ko‘rsatilganiga asoslanib, uni 1533
yilning iyul oyida yozilgan, deb hisoblaydi. Is’hoqov va Hasanov
esa 1524-1525 yillarda yozilgan, degan fikrni bildirishgan.
Boburning risolasi O‘zbekistonga birinchi marta 1968 yilda
keltirilgan, degan fikr mavjud. S.Hasanov ushbu asarni uning
trasliteratsiyasi, izoh va sharhlar hamda ko‘rsatkichlar bilan
nashr ettirgan. Risolaning chop etilishi boburshunoslikda ulkan
voqea bo‘ldi. Mazkur nashr bilan deyarli bir vaqtda I.V.Stebleva
ham Moskvada shu risolani chop ettirdi. Unda so‘zboshi,
ko‘rsatkichlar va asarning faksimilesi keltirilgan.
1949 yilda Izzat Sulton Alisher Navoiyning “Mezonul avzon”
asarining tanqidiy matnini yaratgan. Shu tadqiqotida u
Boburning ham aruz nazariyasiga oid risola bitgani, lekin bizning
zamonamizgacha yetib kelmagani sababli bu ikki muallifning
aruz haqidagi asarlarini taqqoslab, tegishli xulosa chiqarish
imkoni yo‘qligini yozgan. Keyinroq N.Mallayev o‘zining “O‘zbek
adabiyoti tarixi” kitobida Boburning aruz haqida Mufassalnomli
risola yozgani va uning qo‘lyozmasi saqlanib qolmagani yoki
hozircha topilmagani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shundan
biroz vaqt o‘tgach, Maqsud Shayxzoda Moskvada kutubxonada
Ko‘pruluzodaning asarini ko‘rayotib, Boburning aruz haqidagi
risolasi tavsifini uchratib qoladi va bu to‘g‘rida o‘zining
“Qo‘shiqlar haqida” nomli maqolasi (O‘zbekiston madaniyati,
1964 y. 4 iyul)da bunday deb yozadi: “Navoiydan keyin qo‘shiq
va ashula navlari haqida eng mo‘’tabar ma’xaz Zahiriddin
Muhammad Boburning “Risolayi aruz” asaridir.
“Aruz” da mumtoz fors adabiyotining yirik vakillari Rudakiy,
Nizomiy, Attor, Xisrav Dehlaviy, Sa’diy, Salmon Savojiy, Hofiz,
Jomiy va boshqalarning asarlaridan parchalar berilgan.
Turkiydagi misollar Boburning o‘z qalamiga mansub she’rlaridan
tashqari, Navoiy, Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Sulton Husayn Mirzo
va boshqalarning asarlaridan ham iqtiboslar olingan. Jami 70 ga
yaqin shoirning qariyb 50 ta asaridan misollar keltirilgan.
Boburning risoladagi ayrim she’rlari uning “Devon”idan ham
o‘rin olgan. Ba’zi she’rlarni Bobur faqat she’r vaznini ko‘rsatish
uchungina bitgan, shu sababli ular “Devon”ga kiritilmagan.
Shunday bo‘lsa-da, risolada “Devon”ga kiritilmagan ayrim go‘zal
misralar ham bor. Masalan, Bobur aruz va zarb mahzuf vaznini
izohlayotganda quyidagi baytni keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |