11-sinf adabiyot II chorak
1. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
«Aytmishlar, ... yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur».
A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
2. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Shuncha tilag‘oningizcha nima berdi?» – deb so‘raganida Sulaymon qanday javob beradi?
1) «Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat lashkarimni taxt-baxtlarim birla ko‘tarib yurur»;
2) «Bu kitobni berdi. Hamma olamning ilmi shu kitobdadur».
3) «Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur».
4) «Bu hassani berdi. Hamma olamning bandi shu hassadadir».
A) 2, 3 B) 1, 4
C) 1, 2, 3 D) 1, 3
3. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida qaysi jonzotlar bir-biriga dushman bo‘lib qoladilar?
A) baqa va ilon B) ari va ilon
C) ari va baqa D) ilon va qaldirg‘och
4. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da kema qancha vaqt suv ichida yuradi?
A) 9 oy B) 6 oy
C) 3 oy D) 12 oy
5. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytning nasriy bayondagi muqobilini toping.
Tufuliyat o‘tgachki, bo‘ldi shabob
Xirad nuri soldi dimog‘ ichra tob.
A) Yoshlik o‘tib, o‘rta yosh davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
B) Yigitlik o‘tib, qarilik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
C) Bolalik o‘tib, o‘spirinlik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
D) Qarilik o‘tib, umr oxirlab borgani sari miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
6. «Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan himmat haqidagi hikmatli so‘zlarni toping.
1) Ani angla mufliski, yo‘q himmati,
Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
2) Ayol-u vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.
3) Kishi naqdi gar bir qaro mis emas,
Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
4) Agar qilmadi el himoyat sanga,
O‘zungdin keraktur shikoyat sanga.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4
C) 1, 3 D) 1, 2, 3
7. «Saddi Iskandariy» dostonida o‘limi oldidan Doro Iskandardan iltimos qilgan narsalarni toping.
1) suiqasd qilganlarni jazolash;
2) unga suiqasd qilganlarga bosh bo‘lgan xotinidan qizini uzoqlashtirish;
3) qizi Ravshanakning kayoniylar podsholigining merosxo‘ri ekanligini inobatga olish;
4) Ravshanakni o‘z xonadonining munavvar shamiga aylantirish;
5) qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 5
8. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Kashmirga yo‘l olganida unga kimlar yo‘ldosh bo‘ladi?
A) 500 olim B) 400 vazir
C) 300 olim D) 200 vazir
9. «Makorim ul-axloq» asarida Alisher Navoiyning qanday daraja va martabaga ega bo‘lganligi aytiladi?
A) «Hazrat sultonning yaqin kishisi»
B) «Sulton ul-orifin»
C) «Malik ush-shuaro»
D) «G‘azal mulkining sultoni»
10. «Saddi Iskandariy» dostoni haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.
A) Dostonda Iskandarning harbiy yurishlari qisman aks etgan bo‘lsa-da, u jangnoma emas.
B) Asar tilida harbiy so‘z va atamalar, tushunchalar nisbatan kengroq o‘z aksini topgan.
C) «Xusraviya» madrasasida tahsil olganlardan ayrimlarining nomlari «Xulosat ul-axbor»ning xotima qismida keltirilgan.
D) «Xusraviya» so‘zining o‘zi abjad hisobida ushbu madrasaning qurilgan yilini bildiradi.
11. O‘zbek adabiyotidagi ilk g‘azal muallifi kim?
A) Alisher Navoiy B) Nosiruddin Rabg‘uziy
C) Yusuf Xos Hojib D) Mahmud Koshg‘ariy
12. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi tarixiy shaxs ulug‘langan?
«...yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg».
A) Tabg‘ach Bug‘raxon B) Nosiruddin To‘qbo‘g‘a
C) Abulqosim al-Muqtado D) Muhammad Shayboniy
13. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da uzumning urug‘ini kim o‘g‘irlaydi?
A) ilon B) tulki
C) to‘ng‘iz D) shaytoni mal’un
Vatan, yor, g‘urbat, ayriliq
Gul, tikon, bulbul
May, farog‘at, Vatan
Do‘st, yor, oshno
Arabcha “san’atli”, “sersan’at” degan ma’nolarni bildiradigan she’r shakli qaysi?
Masnu’
Qit’a
Fard
Ruboiy
Javoblar:
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
B
|
D
|
D
|
B
|
C
|
C
|
A
|
A
|
A
|
C
|
B
|
B
|
D
|
A
|
A
|
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: Nigora Ehsonova
Do'stlaringiz bilan baham: |