Istihlof
-aruz atamalaridan bo’lib, jonli tilde qisqa talaffuz
qilinuvchu ba’zi unlilarni she’rni o’qish jarayonida cho’ziq
unli sifatida talaffuz qilinishini ifodalaydi. Masalan
Navoiyning
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha ting otguncha uyqu kelmadi.
baytida kecha so’zi tarkibidagi e unlisining cho’ziq unli
tarzida o’qilishi istihlofga misol bo’la oladi.
Bir g’azal tahlili
"BO'L" RADIFLI G'AZALI
Ko'nglung istar yorlar birla hamesha shod bo'l,
Mendin-u, kimdinki, ko'ngling istamas - ozod bo'l.
Garchi sabrim uyi yanglig' aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husnung mulkidek obod bo'l.
Men chekib anduh, о'lay, el joni bo'lsun ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo'l.
Bevafolar zulmu bedodig'a ermassen harif,
Ey sinuq ko'nglum, agar xud shisha, gar po'lod bo'l.
Tuttum o'lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo'l.
Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag'mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo'l. Ey
Navoiy, olam ahlig'a chu yo'q ermish vafo,
Kel-u, mundin nori bekaslik bila mo'tod bo'l.
Bu g’azalni o’qishimiz bilan yuragimiz qandaydir ajoyib
hislarga chulg’anadi. Bir tarafdan esa yorni o’zgalardan
qizg’anib, rashk qilib, o’z o’tida yonayotgan oshiq obrazini
ham hayolingizga keltirishingiz mumkin. Ushbu g’azal
Navoiyning “G’aroyib us-sig’ar” devonidan joy olgandir.
G'azal - an'anaviy tarzda yetti baytdan iborat. U ramali
musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni foilotun foilotun
foilotun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqte'si: - V - -
\ -V--\-V--\-V-(-V~) . Shoir so'zning kelib chiqishi jihatidan
arabiy ("jallod", "mo'tod") hamda forsiy ("shod", "ozod",
"obod", "barbod", "po'lod", "shamshod") qofiyalar, turkiy
radif ("bo'l") qo'llagan. Mavzusiga ko'ra, bu Navoiyning
orifon a g'azallari sirasiga kiradi. Bunday g'azallarda
umrning o'tkinchiligini ta'kidlash, ezgulikka da'vat etish,
bevosita hayotiy fikr-mushohada va xulosalarini ilgari
surish ustunlik qiladi. An'anaga ko'ra, ko'p g'azallar ikkinchi
shaxsga murojaat tarzida bitiladi. Ushbu g'azal matla's i
ham bevosita ikkinchi shaxsga aytilgan so'z bilan
boshlangan. "Yorlar" so'zi bu baytda aynan "do'stlar"
ma'nosida kelgan. Lirik qahramon shu tariqa to'g'ridan-
to'g'ri she'rxonga murojaat qilib, birinchi misrada:
"Hamisha ko'nglingga yoqadigan do'stlaring bilan suhbat
qilib, shod bo'l", - deyayotibdi. Ikkinchi misra esa ko'ngilga
yoqmaydigan kishilar suhbatidan ozod bo'lish, ya'ni
qochishga da'vat qiladi. Baytning oxoriyligi shundaki, lirik
qahramon bu masalada odil turadi: "Agar o'sha senga
yoqmaydigan kishi men bo'lsam, mendan ham voz kecha
qol". Shu tariqa g'azal bevosita sof insoniy ruhiy holat
bayoni bilan boshlanadi. Shoir shu ikkigina misra orqali har
bir kishi ko'nglida necha-necha bor kechishi mumkin
bo'lgan bir nozik tuyg'uni ifodalaydi. Chunki bashariyat
jamiyati shunday tuzilganki, hammavaqt ham bir kishining
ko'ngliga ikkinchisi xo'sh yoqavermaydi. Ehtimol, siz
suhbatdoshingizga yoqarsiz, u sizga yoqmas yoki, aksincha
u sizga ma'quldur-u, siz unga - noma'qui1 . Ko'ngil shu
qadar nozikki, faqat o'ziga ma'qul odam suhbatidangina h
huzur topadi. Yoqmaydigan birovning oldida o'tirish esa -
koni azob. Lirik qahramonning fikri qat'iy: bunday
suhbatdan voz kechib qo'ya qolishdan yaxshiroq yo'l yo'q.
Ko'rinib turibdiki, shoir, bir qarashda, juda oddiygina
ko'ringan satrlar zamirida bir ajib qat'iy xulosani o'rtaga
tashlagan. Xo'sh, shoirning murojaati aynan kimga
qaratilgan? Ana shu savolga javob izlab, ikkinch i baytn i
o'qiymiz: "Ey Egam, garchi meni sabrim uyidek vayron
qilgan bo'lsang ham, (sen o'zing) doimo husning mamlakati
kabi obod bo'l". Bu esa sabr-u bardoshning tugaganligini
ifodalaydi. Xo'sh, bu qanday sabr-u bardosh? Kim u o'zi
lirik qaqramonni bunchalar azoblarga qo'ygan? 'Bu ruhiy
holatni Navoiy "Badoe' ul-vasat"ning: Meni men istagan о
'z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin
ко 'nglum pisand etmas, - deb boshlanadigan 238-g'azalida
haddi a'losida aks ettirgan. Ana'anaga ko'ra, aksar g'azallar
shaklan yorga bag'ishlanishini yaxshi bilasiz. Bu yerda ham
shu an'anaga qat'iy amal qilingan. Demak, birinchi bayt
ham mohiyatan kitobxonga emas, ana shu - yorga
bag'ishlangan ekan. Tantilikni qarangki, unga lirik
qahramon, men yoqmasam, mendan ham voz kech, deydi.
Bu yerda oshiqning ma'shuqqa loyiqlikka kuchli intilishi
mavjud. Yor husni mulki (mamlakati) esa - juda obod.
Shuning uchun vayron bo'lib borayotgan oshiq ma'shuqiga
Yaratgandan ("yo Rab") doimo ana shunday obodlik ato
etishini tilaydi.
Matladagi "hamesha" va ikkinchi baytdagi "doimo" so'zlari
ham o'quvchida abadiy go'zal, azalan va abadan mavjud
yor, ya'ni Alloh haqida so'z ketayotgani xususida tasawur
tug'dira boradi. Uchinch i baytd a oshiq o'ziga g'am chekib
o'lishni, yori esa o'lganlarni tiriltirgan Iso alayhi-s-salom
kabi elning joni bo'lishini ravo ko'radi. Lekin o'zining bu
tilagi uning otashinligini oshirib yuboradi. Teskari ("nigun")
deb bilgani charxga: "Sovril!", pastkash ("dun") deb
hisoblagani dunyoga esa: "Barbod bo'l!" - deya nido
chekadi, rad javobidan ko'ra o'limni afzalroq biladi. Lirik
qahramon o'zi aytgan gapga o'zi chiday olmaydi. Chunki u
o'z ko'nglini yaxshi biladi. Bu nozik ko'ngil esa bevafolar
zulmi bedodliklari bilan oshnolik qila olmaydi. Shuning
uchun lirik qahramon to'rtinch i bay t da bevosita o'zining
siniq ko'ngliga murojaat qiladi: "Ey siniq ko'nglim, agar
shisha (oyna) yo po'latdan bo'lsang ham, bevafolar zulm-u
azoblariga chidolmay, (chil-chil sinasan)". G'azalda yor
tasviri bilan baqamti insonlararo munosabatlar bayoni ham
birga ketaveradi. Shoir bu yerda faqat yor
bevafoligidangina emas, umuman, "bevafolar"dan noliydi.
Chunki bunday odamlar uning ko'p zada qilgan. Kishining
ko'ngli shisha emas, po'lat bo'lganida ham odamlar
yetkazadigan dilxastaliklarga chidash bera olarmidi?.. Lekin
Navoiy uchun g'azalda yor bilan bog'liq mantiqiylikni
bo'shashtirish mumkin emas. Lirik qahramon yor hajrida
kuyib, ado bo'lgan. Shu darajaga yetganki, beshinchi
baytda tasvirlanishicha, hajr davom etar ekan: "Uni
o'ldirish 127 ham, o'lganidan keyin tiriltirish ham - teppa-
teng, (shuning uchun) endi Xizr alayhi-s-salomning abadiy
tiriklik suvini bersa ham, jallod bo'lib, uni o'ldirsa ham,
mayli - unga baribir". Shoir bu baytda yor hajrida adoyi
tamom bo'lgan bir oshiq sifatida o'lim bilan tiriklikni teng
ko'rdi. Endi buni mantiqan asoslash kerak. Oltinch i bay t
go'yo ana shu fikrning "isboti" bo'lib keladi. Lirik qahramon
shu qo'shmisradan boshlab zimdan bevosita shoirga
murojaatga o'tadi: "O'limdan bosh tortma, bu chamanning
savsani (guli safsari) yoki (bag'oyat tik o'sadigan chiroyli)
shamdosh daraxti bo'lsang ham, kuz kelib, xazon
boshlanganda sen ham omon qololmaysan". Bu baytda
umrning o'tkinchiligiga urg'u berilyapti. Mumtoz
adabiyotimiz, jumladan, Navoiy she'riyatida bu dunyoning
foniyligi - vaqtinchaligi qayta-qayta uqtirilishi bejiz emas.
Umrku - omonat narsa. Lekin odamlar shu qisqagina
hayotlarini ham bir-birlarini aldash, yomonliklar qilish,
bevafoliklar bilan o'tkazishga, bir-birlarining ko'ngillarini
qoldirishga bunchalar o'ch bo'lmasa?!
Bu g’azalda tanosub, talmeh san’atlaridan unumli
foydalanilgan. Bundan tashqari tazod san'atidan mohirona
foydalanilgan. Zidlantirish matla'da "men" va "kim",
ikkinchi baytda "sabrim uyi" va "husnung mulki", "vayron"
va "obod", uchinchi baytda "o'lay" va "Masih" (u o'lmagan,
aqidaga ko'ra, qiyomat yaqinlashganda tirik holda Yerga
tushadi), uchinchi baytda "shisha" va "po'lod" (po'lat),
to'rtinchi baytda "o'lmak" va "tirilmak", "ziloli Xizr" (abadiy
tirik payg'ambar suvi) va "jallod" (u o'ldiradi), beshinchi
baytda "xazon" va "savsan", "shamshod" (ular tirik
o'simliklar), maqta'da "olam ahli" (ya'ni ko'pchilik) va
"bekaslik" (ya'ni yolg'izlik) o'zaro zidlantirilgan. G'azaldagi
ishq hajrini, yori haqiqiy, ya'ni Yaratganning vasliga
etolmaslik, deb talqin etish kerak.
Ikki ruboiy tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |