O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi’’ fanidan
KURS ISHI
MAVZU:Qirg‘iz tilining morfologik xususiyatlari.
Bajardi: Qadamboyeva Laylo
Qabul qildi: Qodirova Xurshida
Urganch 2022
MUNDARIJA
REJA:
KIRISH. Kurs ishining umumiy tavsifi.
I BOB. Turkiy tillarning o‘ziga xos grammatik xususiyatlari
1.1Turkiy tillardagi so’z turkumlarining o’rganilishi va ularning tarixiy taraqqiyoti. 1.2.Qirg‘iz tilining o‘ziga xos grammatik tuzilishi.
II BOB. Qirg‘iz tilida so‘z turkumlari va gap ifodalanishi.
2.1.Qirg‘iz tili morfologiyasi.
2.2.O‘zbek va Qirg‘iz tili grammatikasining tadqiq qilinishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon tilimizga bo‘lgan e’tibor kuchayib, tilshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi, javohirlari hisoblanadi. Hozirgi kun talablari bilan hayotimiz me’zonlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, xalq tili o‘zining ko‘zga ko’rinmas kuchga ega ekanligini namoyon qilmoqda. Til va madaniyat o‘rtasidagi aloqadorlikning dolzarblashuvi, milliy madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib berish, milliy o‘zlikni anglash,milliy qiyofani aks ettirishda milliy boyligimiz sanalmish o‘zbek tili va bu tilda so‘zlashuvchi kishilar o‘rtasidagi muloqot shakllarining ifodalanish tarzini tadqiq etishga katta ehtiyoj seziladi. Ming yillardan buyon qo‘llanilib kelinayotgan o‘zbek tili va bu tilda so‘zlashuvchi kishilar o‘rtasidagi muloqot madaniyati, milliy tafakkur, o‘zbekona lutf qoidalari tarkibi shakllanishida muloqot ishtirokchilarining shaxs xususiyatlarini aniqlash tildan amaliy foydalanishda,ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlar o‘rnatishda muhim o‘rin tutadi.
Ishning maqsad va vazifalari. Qirg‘iz tilining nafaqat turkiy tillar orasidagi
balki, jahondagi mavqeyini yanada ko‘tarish, qirg‘iz tilining keng imkoniyatga ega ekanligini ochib berish bilan birga boshqa turkiy xalqlarning til tarixi bilan birga qiyoslab, shu tillarning kelib chiqish zanjirlari bir ekanligini o‘rganish
tilshunosligimizdagi muhim ahamiyatga ega masalalardan biridir.
Turkiy tillar oilasiga kiruvchi ikki til, yani o‘zbek va qirg‘iz tillarining qiyosiy
morfologiyasini o‘rganish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- o‘zbek va qirg‘iz tilining morfologiyasi va tillarning shakllanishiga doir ilk
ma’lumotlarni aniqlash;
- o‘zbek va qirg‘iz tillaridagi so‘z turkumlari haqida ma’lumot berish, har ikki
tildagi so‘zlarning turkumlarga tasniflash tamoyillari haqida tushuncha hosil qilish;
-o‘zbek va qirg‘iz tillaridagi so‘z birikmasi haqida ma’lumot berish, sifatning yasalishiga ko’ra turlarini aniqlash;
- qirg‘iz va o‘zbek tilidagi sifat so‘z turkumining daraja shakllarini qiyoslash,
sifatlarning otlashish jarayonini ikki tilda kuzatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |