Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


I BOB.TURKIY TILLARNING O‘ZIGA XOS GRAMMATIK XUSUSIYATLARI



Download 87,59 Kb.
bet2/7
Sana08.07.2022
Hajmi87,59 Kb.
#758256
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laylo

I BOB.TURKIY TILLARNING O‘ZIGA XOS GRAMMATIK XUSUSIYATLARI.
1.1Turkiy tillardagi so‘z turkumlarining o‘rganilishi va ularning tarixiy taraqqiyoti.
Dunyodagi tillar kelib chiqishi, qarindoshligi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo’linadi. Yer yuzida 20 dan ortiq til oilalari bor. Til oilalari bobotil nomi bilan ataladi.
Turkiy tillar faqat genetik jihatdan qarindosh tillar bo‘lib qolmasdan, ayni
paytda tipologik jihatdan ham bir xil, tillarning morfologik klassifikatsiyasi
bo‘yicha agglutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillarda soʻz oʻzak va affikslarga ajratiladi.
Turkiy tillar morfologik tipologiyasiga ko‘ra agglyutinativ(lot. Agglyutinare yopishtirmoq, tirkamoq) tillar bo‘lib so‘zning turli grammatik shakllari so‘z negizlariga ma’lum qo‘shimchalarn izchillik bilan qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Lahjasining o‘g‘uz-saljuq kichik guruhiga mansub bo‘lib, unga xos asosiy genetik, tipologik xususiyatlar: leksikada - asosiy so‘z zahirasining mushtarakligi, fonetikada - turkiy tillargan xos singarmonizm qonuni, morfologiyada – so‘z yasalishi, o‘zgarishi, so‘z oxiriga qo‘shimcha qo‘shib yangi shakl va so‘zlar yasalishi va sintaksisda – so‘z birikmalari va gap bo‘laklarining joylashish tartibida namoyon bo‘ladi. Sanab o‘tilgan umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda hozirgi turk tili boshqa turkiy tillardan, jumladan, o‘guz guruhiga mansub tillardan ajralib turuvchi ba’zi farqli xususiyatlarga ham ega.
Hozirgi zamon turk tilidagi so‘z turkumlari tilshunoslikning muhim tarkibiy
qismi bo‘lgan morfologiya bo‘limida o‘rganiladi.
Morfologiya turk tilshunosligida şekil bilgisi yoki biçim bilimi deb
ba’zi turk tilshunoslari uni morfoloji, yapi bilimi yoki yapi bilgisi deb
atashadi. So‘z turkumlari esa turk tilida kelime gruplari (so‗z guruhlari) deb
nomlangan. So‘z turkumlari turk tilshunosligida morfologiyaga sinonim bo‘lgan
grammatik atama sifatida ham qabul qilingan, chunki tilshunoslikning ushbu
bo‘limi so‘zlarning grammatik turkumlarga bo‘linishi, morfologik kategoriyalar,
shakllar tizimi, so‘z shaklining yasalish yo‘llari va vositalarini o‘rganuvchi
morfologiya bilan shu ma’noda vazifadosh hisoblanadi. Tilshunoslikning muhim
bir qismi nomini ifodalovchi morfologiya tushunchasi, “so‘z tukumlari” dan ancha
keng grammatik tushuncha bo‘lib, unda so‘zning yasalishi, uning o‘zagi, negizi va
oladigan qo‘shimchalariga doir qator mavzular ko‘rib chiqiladi.
Yer yuzidagi barcha tillar morfologik nuqtai nazardan tadqiq etilib, ularning
manbalari va boshqa tillar bilan munosabatlari, yaqinligi xususida to‘xtab o‘tiladi.
Turk tilining morfologiyasiga kelsak, u agglutinativ til, ya’ni so‘z oxiriga
qo‘shimcha qo‘shish yo‘li bilan so‘z va shakl yasaluvchi til bo‘lgani uchun so‘z
yasalishi va uning o‘zgarishida o‘zak, negiz, qo‘shimcha va ularning birlashishi
boshqa tillarga ko‘ra ancha farqli va o‘ziga xosdir1.
Turkiy tillarga xos xususiyatlar. Turkiy tillar genetik jihatdan qarindosh bo‘lib, tillarning morfologik tasnifiga ko‘ra, agglutinativ bo‘lganligi sababli, ularda affikslar, so‘z tarkibidagi har bir qo‘shimcha faqat bir ma’no ifodalaydi va birin-ketin birikib, yopishib keladi; affikslar o‘zakka mexanik ravishda qo‘shilaveradi, biroq o‘zak bilan juda birikib ketmaydi, ya’ni undan ajralib, chegarasi ma’lum bo‘lib turadi; turkiy tillarda prefikslar yo‘q, ular o‘zlashgan so‘zlar tarkibida uchraydi; grammatik ma’nolar affikslar yordamida ifodalanadi; turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi uchramaydi. Shu sababli so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvida boshqa vositalar ishtirok etadi; singarmonizm hodisasi saqlangan bo‘lib, uning tarqalishi har bir turkiy tilda o‘ziga xos xususiyat-ga ega.
Demak, turkiy tillarning ma’noli elementlari mustaqil so‘z, yordamchi so‘z va affikslar hisoblanadi. Turkiy tillarning morfologik xususiyatlarini o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha va yordamchi so‘zlarining qo‘llanishi va ma’nosini bilib olishning o‘zi kifoyadir.
4. Turkiy tillar oilasiga mansub xalqlar. Turkiy xalqlarga – avarlar, ozar-bayjonlar, oltoylar, astraxan tatarlari, balqarlar, boshqirdlar, bulg‘orlar, gagauzlar, qarluqlar, xajarlar, qozoqlar, qaraimlar, qoraqalpoqlar, qorachoylar, qumiqlar, qipchoqlar, qirg‘izlar, qrim tatarlari, qirimchaqlar, no‘g‘oylar, o‘g‘uzlar, o‘zbeklar, pecheneglar, salarlar, sariq uyg‘urlar, sibir tatarlari, tatarlar, tofalar, truxmenlar, tuvalar, turklar, turkmanlar, uyg‘urlar, urumlar, xazarlar, xakaslar, chuvashlar, chulim tatarlari, shorlar, yoqutlar kiradi.
Yuqorida ta’kidlangan xalqlarning ayrimlari hozirda o‘z milliy tiliga ega bo‘lsa, ba’zilari o‘lik tilga aylanib qolgan yoki boshqa xalqlar tarkibiga qo‘shilib ketgan. Bular haqida ma'lumotlar berish til tarixi, turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish uchun ahamiyatlidir. Shuning uchun ham turkiy xalqlar haqida ma'lumotga ega bo‘lishning ahamiyati katta.
Qirg‘izlar – O‘rta Osiyoda yashovchi turkiy xalqlarning biri bo‘lib, Qirg‘iziston Respublikasining asosiy xalqini tashkil etadi. Ularning ayrim guruhlari O‘zbekiston hamda Tojikistonda, shuningdek, Xitoyning janubi-g‘arbi-dagi tog‘li tumanlarda (115 mingkishi), Afg‘onistonda (10 mingkishi) yashaydi. Qirg‘izlarning umumiy soni 2 mln. 280 mingkishi. Dini – musulmon (sunniylar).
Hozirgi qirg‘izlar avvallari (1917-yilgacha) «qora-qirg‘izlar», «bulutlar» deb nomlangan.
Qirg‘izlarning etnogenezi qadimgi xun, dinlin, sak, usun qabilalari bilan bog‘liqdir. So‘ngra qirg‘iz xalqi tarkibiga mahalliy turkiy va eroniy tilli qavmlar, qarluqlar, uyg‘urlar, keyinchalik mo‘g‘ul qavmlari, XVI–XVII asrlarda esa ayrim qozoq-no‘g‘oy qavmlari kirgan. Qirg‘izlar alohida xalq bo‘lib XVI asr boshida Tyanshanda vujudga kelgan.



Download 87,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish