Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Turkiy tillardagi so‘z turkumlarining o‘rganilishi va ularningtarixiy taraqqiyoti



Download 87,59 Kb.
bet3/7
Sana08.07.2022
Hajmi87,59 Kb.
#758256
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laylo

1.2. Turkiy tillardagi so‘z turkumlarining o‘rganilishi va ularningtarixiy taraqqiyoti.
Boshqa tillarda bo‘lgani kabi, turkiy tillarda ham so‘z turkumlari umum grammatik (kategorial) ma’nosi jihatdan birlashgan va o‘ziga xos grammatik-morfologik (yasalish va so‘zlarning o‘zgarishi) va sintaktik belgilari bilan xarakterlanadigan so‘zlar guruhini tashkil etadi. Mana shu xususiyatlarga ko‘ra, mustaqil ma’noli so‘z turkumlariga–otlar, sifatlar, fe’l, ravish ajratiladi.
Turkiy tillarda son va olmosh turkumlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ularni aniqlashda, asosan, semantik belgisiga tayaniladi, shakliy belgilari esa qatnash-maydi. Turkiy tillardagi sonlar otlashib, sonning umumlashgan ma’nosini ifoda-laydi, olmoshlar esa ot va sifat vazifasida kelib, o‘ziga xos ko‘rsatish ma’nosiga ega bo‘ladi. Boshqalardan farqli o‘laroq, semantika, an’ana bo‘yicha, sonlar va olmoshlarni otlovchi so‘z turkumlariga kiritishga undaydi.
Turkiy tillarda atash ma’nosini anglatmaydigan, grammatik munosabatlarni ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladigan guruhga mansub so‘zlar ham bor. Ular umumiy ma’nolari va boshqa so‘zlar bilan birikuviga qarab turkumlarga ajratiladi. Atash xususiyatiga ega bo‘lmagan so‘z turkumlariga–ko‘makchilar, yuklamalar, bog‘lovchilar kiradi. Yuqorida ta’kidlangan so‘z turkumlaridan tashqari, so‘zlarning kichik guruhi–predikativlar bor. Ular o‘zgarmaydi va subyektning nutqqa yoki nutqning borliqqa munosabatini ifodalaydi. Undovlar va tovush va obrazga taqlid so‘zlar (mimemalar) ham so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Ular grammatik formaga ega bo‘lmaydi va his-tuyg‘u, inson tomonidan idrok qilinadigan tovush, obrazga taqlidni ifodalash uchun ishlatiladi.
2. Ot so‘z turkumi. eski va hozirgi turkiy tillarda predmetlar va hodisalarning ko‘pligini ifodalash uchun -lar//-lär affiksi keng qo‘llaniladi. Chuvash tili bundan mustasno. Bu tilda ushbu affiks qo‘llanilmaydi.
Turkiy tillar materiallari shuni ko‘rsatadiki, qadimgi turkiylarda ko‘plik haqidagi tasavvur boshqacha bo‘lgan. Ular ongida individlarning hayotiy umumlashmalari natijasida shakllangan birlik va ko‘plik kategoriya tushunchasi mavjud bo‘lgan. Ammo tilda, ehtimol, farqlar ifodalanmagandir.
Qadimgi turkiylar tasavvurida ot so‘zi kontekstga qarab ot va otlarni ham anglatgan bo‘lishi mumkin. Bu holat muayyan darajada hozirgi turkiy tillarda kuzatiladi.
Turkiy tillarda jamlik, ko‘plikni ifodalashning izlari kuzatiladi. Qadimgi jamlik, ko‘plikni ifodalaydigan elementlar ancha ko‘p bo‘lgan.
Turkiy bobotilda ko‘plikni ifodalashda z, q (k), l, m, n, r, s, ch, sh elementlari ko‘rsatkich vazifasini bajargan.
-z ko‘rsatkichi kishilik olmoshlarida ko‘plikni ifodalashda ishtirok etadi: tur. biz~ben (men), siz~sen.
Tadqiqotchilar fikricha -(ї)z//-(i)z bir vaqtlar ikkilantirilgan sonni ifodalagan: ikiz (egizak), göz (ko‘z – dastlab, ikki ko‘zni anglatgan), gögüz (ko‘ks, dastlab, ikki ko‘krakni bildirgan), tiz (tiz - ikki tizza), omuz (elka - ikki yelka), tat. mёgiz (shox, dastlab, ikki shoxni anglatgan).
Ushbu ko‘rsatkichlar ayrim etnonimlar tarkibida saqlangan bo‘lishi mumkin: og‘-uz (o‘g‘uzlar), qїrg‘-їz (qirg‘izlar), shuningdek, buyruq maylining2-shaxs ko‘plik affiksi -g‘їz taribida: tat. baorma-g‘їz (bormangiz). Ushbu format 2-shaxs ko‘plik egalik affiksi sifatida ishtirok etadi.
-q(-k)//-x ko‘plik ko‘rsatkichi ancha keng tarqalgan. Hozirda uning izlari ayrim turkiy tillarda saqlangan: yoq. talax (tol), qum. talaq (boshqa turkiy tillarda tol), yoq. qurmax (qum), shor, qum. qumaq (boshqa turiy tillarda qum). Talaq so‘zi, dastlab, tollar, qumaq - qumlikni bildirgan;
-q//-k ko‘rsatkichi ba’zan ko‘plikni ifodalovchi boshqa ko‘rsatkich -l bilan birikib kelib, murakkab affikslarni vujudga keltiradi: -lїq//-lik: tat. naоrat-lьq (qarag‘aylar)-laq//-lek: q.tur. at-laq (otlar), osh-laq (emishlar). Xorazm shevalarida: gör-laq (go‘rlar, qabrlar–R.Y.);
-l ko‘rsatkichi turiy tillarda mustaqil ravishda qo‘llanmasa-da, murakkab affikslar tarkibida ko‘plikni ifodalashda ishtirok etadi. Ayniqsa, ko‘plik affiksi -lar tarkibida yaqqol ko‘zga tashlanadi: -l-(a)r. Shuningdek, ko‘plikni ifodalaydigan lїq//-lik affiksi tarkibida ham uchraydi: tat. qa°yьn-lьq (qiyinlik)oyin, chuv. xїr-lъx (qarag‘ayzor)Ko‘plik ko‘rsatkichi ayrim turkiy tillarda jamlovchi son hosil qiladigan -la// -lä affiksi taribida uchraydi: o‘zb. ikkovla, olt. ekile, üchüle (uchovlon), shuningdek, ko‘plikni ifodalaydigan -lan//-län affiksi tarkibida mavjud: esk.o‘zb. ikkovlon, uyg‘. ikkilän, xak. altalan (oltovlon).
-l ko‘plik ko‘rsatkichi tofalar tilidagi uba-lїsh-qї (opalar)Turkiy tillarda -m ko‘rsatichi bilan kelgan jamlovchi-ayiruvchi ma’noli miqdor sonlar uchraydi: tur.(dial.). birem-birem (birin-ketin), ozarb. üchäm-üchäm (uchdan-uchdan), tat.(dial.). bishäm (beshdan, besh bog‘lamdan iborat uyum).
-n ko‘rsatkichiningizini jamlik olmoshi hosil qiluvchi -їn tarkibidan topish mumkin: q.tur.~qum. barїn (barcha).
Eski turkiy tillarda ko‘plik affisi -gün ham uchraydi: iniyigün (ukalar). Ushbu affiks turkiy tillarda ko‘plik ma’noli miqdor sonlarni hosil qilishi mumkin: ikägün (ikkov), üchägün (uchov).
Eski turkiy tillarda ko‘plik affiksi -(a)n ishtirok etgan: og‘lan (yigitchalar), erän (erlar), qїrqїn (qizlar).
-r ko‘rsatkichi qadimgi ko‘plik ifodalovchi affiks turkiy tillarda keng tarqalgan ko‘plikni ifodalovchi -lar tarkibida komponent sifatida ishtirok etadi. Ushbu ko‘rsatkich 2-shaxs ko‘plik egalik affiksi formasi sifatida tuva, xakas, qirg‘iz tillarida duch kelinadi: tuv. adїñ-ar (sizningotingiz), xak. kimeñ-er (sizningkemangiz), qirg‘. atañ-ar (sizningotangiz). Ushbu so‘zlardagi ñ (n) elementi egalik affiksi 2-shaxs birligini ifodalayotgan bo‘lsa, -ar//-er ko‘plik ko‘rsatkichi sifatida qatnashadi: olt. ada-g‘-ar (sizningotangiz), dolї-g‘-ar (sizning yo‘lingiz) va hokazo.
Ushbu element 2-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi -sїñar oxirida mavjud: qirg‘. alasїñar (sizlar olasizlar)~alasїñ (sen olasan).
Chuvash tilida ko‘plikni ifodalaydigan -sar affiksi uchraydi: xurъn-zar (qayinzor)-s ko‘rsatkichi izlari turkiy tillarda juda kam ishlatiladi. U chuvash tilidagi ko‘plikni ifodalovchi -sar//-zar, shuningdek, hozirgi chuvash tilidagi ko‘plik affiksi -sem//-zem tarkibiga kirgan bo‘lishi mumkin.
Chuvash tilidagi pur-zъ-mъr (biz barchamiz) so‘zida -zъ<-sъ elementi qadimgi ko‘plik ko‘rsatkichi -s bor. Bu chuvash tilidagi ik-sъ-mъr (biz ikkovimiz) so‘zi taribida ham ko‘plik ko‘rsatkichi mavjud.
-s ko‘rsatkichiningko‘plik ifodalashi hozirgi turkman tilidagi fe’llarda uchrayi: biz‘ baryarїs‘ (biz boramiz), biz‘ gelyäris‘(biz kelamiz).
Turkiy bobotilda ko‘plikni ifodalaydigan -ch ko‘rsatkichi izlariga juda kam duch kelinadi. Tatar tilidagi yashilsha so‘zidagi -sha (ko‘katlar, sabzavotlar) –formanti ko‘plikni anglatadi va -lъq//-lik affiksiga sinonim bo‘lib keladi: yashillik (ko‘katlar).
Ayrim turiy tillarda bar (barcha) umumlashtiruvchi olmoshi -cha//-che bilan qo‘shilib keladi va ko‘plikni hosil qiladi: tat. baorsha (barcha), o‘zb. barcha, uyg‘., turkm. bar-cha, q.qalp. bar-sha.
Turiy bobotilda -sh ko‘rsatkichi yordamida hosil qilingan ko‘plikning ifodalanishiga duch kelinadi: ata-sh (ota o‘z bolalari bilan), ana-sh (ona o‘z bolalari bilan). Ushbu ko‘rsatkich tuva tilidagi ko‘plikni ifodalaydigan -shqї-lar affiksiga o‘xshab ketadi: avashqїlar (ona o‘z bolalari bilan), adashqїlar (ota bolalari bilan). Agar -larningturiy tillardagi odatdagi ko‘plik ko‘rsatkichi ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, -qї jamlikni anglatadi.
Tofalar tilida -sh bilan birgalikda -l ham ko‘plikni ifodalashga xizmat qiladi: uba-lїsh-qї (opalar)Turkiy tillarda keng tarqalgan ko‘plini ifodalovchi -lar//-lär ko‘plikni ifodalovchi -l va -r birikuvidan tashkil topgan.
XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar ham umuman turkiy tillardagi, xususan, o‘zbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, bulardan asosiylari quyidagilar:
Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir:

  • tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, tam, maza, hajm, vazn,me’yor,sath, miqyos kabi doimiy sifatiy belgilar bilan bog‘liq bo‘ladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda bo‘lishi mumkin: aq alma, aq kЈ¦µl, achchыqdān¡k,achchыq dard kabi;

  • nisbiy sifatda esa belgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bo‘lgan so‘zdan anglashiladigan narsa-prsdmet yoki hodisa ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lib, uning belgi xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi.

Turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida sifat tarixan morfologik ko‘rsatkichi uncha taraqqiy etmagan so‘z turkumi sanaladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra sifat dastavval mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, u so‘ngroq ot turkumidan o‘sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.
E. V. Sevortyanning ta’kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo‘lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq kammahsul bo‘lgan, ayrimlari esa o‘z sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bo‘lgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli bo‘lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan [Sevortyan 1963, 58].
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo‘lib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. CHunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qo‘shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so‘zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas. Sifat turkumiga oid so‘zlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama sifatlar ikki xil yo‘l bilan: morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilinadi.Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Morfologik usul bilan sifat yasalishi uzoq tarixga ega bo‘lgan asosiy usuldir.Sifat yasalishiga asos bo‘lgan o‘zak morfema ism yoki fe’l turkumiga oid bo‘lishiga qarab yasovchi morfemalar ham ismlardan yoki fe’llardan sifat yasovchi tarzida ikkiga bo‘linadi. Sifat yasovchi affikslar tarixan ko‘p bo‘lmagan, ular hozir ham unchalik ko‘p emas. Tekshirilayotgan davr tilida ular qo‘llanish darajasiga ko‘ra bir xil emas, ba’zilari unumli, ba’zilari esa unumsizdir.Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid so‘zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo‘llangan:
-lыg‘/-lig,-luq/-lug‘,-lµk/-lµk. Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo‘lgan bir bo‘g‘inli, shuningdek, barcha yoki so‘nggi bo‘g‘inida shu unlilardan biri bo‘lgan ko‘p bo‘g‘inli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo‘shiladi: ag‘ыzlыq, yazlыq, bag‘lыg‘, tatlыq, yashlыq, qanlыq, biliglig, qorg‘anlыq, atlыq, yarag‘lыg‘, evlik, yamag‘lыq, kech¡lik.
Lablangan unlili bir bo‘g‘inli, shuningdek, barcha yoki so‘nggi bo‘g‘inda lablangan unlisi bo‘lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo‘shiladi: boyluq, qayg‘uluq, otluq, anduhluq, kµchlµk, yµzlµk, olturushluq, kЈrklµk, tµrlµg,qutluq, otlug‘ otluq, yamg‘urluq, tµklµk, uyluk, yosunluq, sµtlµk, kµlgµlµk, kµchlµk, sµyµklµk.
Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq o‘zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo‘shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko‘proq kuzatiladi.
-lы/-li,-lu/-lµ. Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm qonuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo‘shilgan: kendli, otlы, yag‘lы, tatlы, me¦izli, ker¡kli, biligli, yaralы, yaqalыg‘ kabi. Lablangan -lu/-lµ variantlarining qo‘llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo‘lgan bir bo‘g‘inli yoki so‘nggi bo‘g‘inida shu unlilardan biri bo‘lgan ikki yoki ko‘p bo‘g‘inli qattiq negizlarga affiksning orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo‘shilishi kerak bo‘lgani holda, bu qonuniyatga mos ishlatilish siyrak kuzatiladi: otlu, tug‘lu, k£zlµ, yuzlu, kЈrµklµ kabi misollar kam uchraydi. Ko‘p hollarda lablangan unlisi bo‘lmagan so‘zlarga affiksning lablangan variantlari, aksincha, lablangan unlili so‘zlarga affiksning lablanmagan variantlari qo‘shilib keladi: g‘amlu, namlu, bag‘lu, yollыg‘, qoylы, tug‘lы, kЈkli kЈzli kabi.
gi/-g‘ы, -qы/-ki affiksi qadimiy mahsuldor morfemalardan bo‘lib, O‘rxun-enisey, qadimgi uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar tilida ham ancha keng qo‘llangan: Bayaqы yolg‘a tegdil¡r (QR). Javhar balchыqqa tushsa, burung‘ы bikin nafis turur (SS). Astыndaqы azaqlarыna qara qushlarnы bag‘ladы (QR). Bu elkind¡ki narsalar ne turur(NF).
-dag‘ы/-d¡gi, -daqы/-d¡ki. Bu affiks asosan otlarga qo‘shilib, o‘ringa va paytga mansublik ma’nosidagi sifat yasaydi:
-sыz/-siz. Bu affiks asosan otlarga qo‘shilib o‘zakdan anglashilgan narsaga, holatga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Vasl noshi dunyāda bolmas, Atāyi nishsiz(Atoiy).Qapug‘ыn eshiki yarag‘sыz turur(QR).
Eski o‘zbek tilida fors-tojik tilidan o‘zlashgan quyidagi affikslar ham faol qo‘llangan:
-iy. Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi:
SHah qыlыb xыl’atыnы rayhāniy,
Rāst andaq ki sarvi bostaniy
-nāk. Otdan muayyan belgiga ega bo‘lgan sifat yasaydi: ... la’li ātashnāk (Mahb.q), ... k£¦l¯m g‘amыdыn ul g‘amnāk (Mahb.q).
-g¯n. Rang bildiruvchi sifat yasaydi:
Subhыdam kim sipehri mināg¯n
Yerni bayzādыn etti bayzāg¯n.
(Xamsa).
-vash. O‘xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:... shahzādayi parivash... (Mah.q.), ... māhvash sāqiy... (Mah.q.).
-vār. O‘xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi: buzurgvār, umidvār. ... durri shāhvār ¯z¯l¯p yerg¡ t¯shti (Mah.q.).
Bu affikslardan tashqari, -in, -fām, -āniy sifat yasovchi affikslari ham qo‘llangan.

Fe’ldan sifat yasovchi affikslar. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar unchalik ko‘p emas. Ulardan faqat birgina affiks sermahsul bo‘lib, qolganlari kammahsul va o‘ta kammahsul affikslardir.


Ular quyidagilar:
-g/-g‘,-q/-k(ыg‘/-ig,-ыq/-ik,-ug/-µg‘,-uq/-µk).Affiks variantla- riningko‘pligi singarmonizm qonuni amalda bo‘lganligidan dalolat beradi. Biroq yumshoqlik-qattiqlik va lab garmoniyasi qoidasining bir qadar buzilishi kuzatiladi, jarangli va jarangsiz undoshli variantlar ishlatilishida muayan qonuniyat va fonetik sharoitni belgilash qiyin. CHunki ayrim manbalarda asosan jarangsiz undoshli variantlar ishlatilsa, ularningko‘pchiligida (hatto bir so‘z doirasida ham) har ikkala variant baravar qo‘llanaveradi. Lekin umumiy nisbatiga ko‘ra jarangsiz unlili variantlar aksariyatni tashkil qiladi.
Fe’dan sifat yasashda eng sermahsul bo‘lgan bu affiks yordamida yasalgan sifatlarda o‘zakdan anglashilgan ma’no bilan bog‘liq belgi-xususiyatga egalik tushunchasi ifodalanadi:Demasun qorqaq (SHN). Bu rud quruq ruddur, munda hargez suv bolmas (BN).
-n(-ыn -in,-un,-µn,-an,-¡n).Qadimiy vosita kelishigining bu affiksi o‘zining birgalik ma’nosi asosida so‘ngroq so‘z yasash funksiyasini ham kasb etgan. U o‘zakdan anglashilgan belgiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasagan: Nedin tolunay yuzu¦ il¡ husn talashur (Atoiy). Qiyamat azabыndыn yaqыnmu turur (TF).
l(-ыl/-il). Bu affiks ayrim fe’llardan o‘zakdan anglashilgan harakat yoki holat belgisiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Dunyanы¦ tugal malыnы bersa¦ (NF).
Shu bilan birga, -ыr / -ur (Bu ag‘ыr ishk¡ og‘radыmыz (QR)), -ri / -rы (Quyы egriligi chыndur (Lutfiy)) qo‘shimchalari bilan ham sifat yasalgan.
Sintaktik (kompozitsiya) usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa turkumlarga mansub so‘zlarning bir-biri bilan turli kombinatsion vositalar yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil bo‘lgan. Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga ko‘ra qo‘shma va murakkab sifat yasaladi.
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turg‘un bo‘lmaydi va u ko‘proq uslubiy vazifa bajaradi: qara y¯zl¯k bashы (Navoiy), qara tamg‘alыq ay (Lutf.).
Turkiy tillarda son so‘z turkumi. Qadimdan turkiylarda qadimgi fin-ugorlarga nisbatan sanoq tizim ancha oldin rivojlangan edi. Fin-ugorlarda hali sonni ifodalash uchun maxsus so‘zlar bo‘lmagan, boshqa tillardan o‘zlashtirilgan paytda, turkiylarda birdan boshlab ming, o‘n minggacha sonlarni anglatadigan so‘zlar mavjud edi. Bunga qadimgi turkiy yozma yodgorliklar guvohlik beradi. To‘g‘ri, ularda sonlar raqamlar bilan emas, balki so‘zlar orqali ifodalangan. Qadimdanoq turkiy xalqlarda sonlarning barcha turlari iste’molda bo‘lgan. Shulardan biri miqdorni anglatadigan sonlardir.
2. Birinchi o‘nlik birliklari. Turkiy bobotilda hisob tizimining rekonstruk-siyasini birinchi o‘nlik birliklari misolida quyidagicha ko‘rish mumkin:
bi:r
ї (olti)
iki//äki (ikki) yä:ti (yetti)
üch (uch) säkiz (sakkiz)
tö:rt (to‘rt). toquz//toqїz (to‘qqiz)
bä:shSonlarning ushbu shakllari ayrim turkiy tillarda unlilar va undoshlardagi sodir bo‘lgan fonetik o‘zgarishlar natijasida biroz boshqacharoq, ammo tezda aniqlab olish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga uchragan. Chunonchi, tat. bir (bir)~ bi:r. Cho‘ziq i: qisqarishi natijasida i ga aylangan; qozoq, qoraqalpoq tillaridagi besega, sh>s hodisasi sodir bo‘lgan.
Turkiy bobotilning dastlabki rivojlanish bosqichida so‘z boshida jarangli undoshlarga qaraganda jarangsiz undoshlar ko‘p ishlatilganligi ma’lum. Demak, bir so‘zi ham, dastlab, pi:r tarzida qo‘llanilgan: bi:ru>i bo‘lib, ikkinchi morfema maq buryat tilidagi -ban, mo‘g‘ulcha -bo:n qiyoslanadi.
Xullas, bir so‘zining kelib chiqishi va xususiyatlari to‘g‘risida ko‘pgina fikrlar bildirilgan. Tilshunos V. Z. Panfilov bir so‘zining1-shaxs birlikdagi kishi-lik olmoshi bilan aloqasi borligini ta’kidlab, bir tushunchasining inson ongida o‘zini (menni) anglashi natijasi, deb qaraydi. Bundan tashqari, kishilik olmoshi va bir sonining ko‘rsatish yuklamasiga aloqadorligini ham ta’kidlaydilar: bibir>bi:r (bir) shaklini olgan, deyish mumkin.
Ikki so‘zining etimologiyasi haqida ham turkologlar turli fikrlar bildirganlar. Boshida unli kelgan ikki soniningturkiy tillarda to‘rtta variantda: ochiq ä, e, ö va yopiq i, ü mavjud bo‘lgan shakllari bor.. Ochiq variantlardagisi turkman, turk tillarida ekiz, ozarbayjon tilida äkiz tarzida ishlatiladi. Ikki sonining birlik shakli iki, dialektal shakli eki, oltoy va uyg‘ur tillaridagi ö va ü ningikkilamchi e~ö va i~ü sodir bo‘lgan. Ikki so‘zidagi k tovushi ikkilanish ma’nosiga ega: quloq, tirsak, dudaq. Shuningdek, oldik, qildik, yozsak so‘zlarining ham shunday ma’nosi bor. Bundan tashqari, bu so‘zning quyidagi paradigmasi ham keltiriladi: erik-i>erki>e:ki>eki.
Turkiy bobotilda 4 soni tö:rt, keyinchalik dö:rt shaklida bo‘lgan.
Chuvash tilidagi tevatG. I. Ramstedt va A. M. Samoylovich to‘rt sonini mo‘g‘ulcha dörben (to‘rt) so‘zi bilan bog‘laydi. Dönen so‘zi esa to‘rt yashar hayvonga nisbatan ishlatiladi.
To‘rt so‘zi to‘rtinchi, ya’ni ko‘rsatish barmoq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sababi bu barmoqningvazifasi ko‘rsatish bo‘lib, bu so‘z tört (turt) fe’lini anglatadi.
To‘rtning qadimgi arxetipi–tevet chuv. tevat bo‘lib, bu so‘zning o‘zagi teve. Hozirgi turkiy tillarda teve//deve tuya ma’nosiga ega. Demak, tö:rt hosilasi: tevet>tö:rt.
Dastlab, hozirgi besh soni pa:sh bo‘lib, keyinchalik, p>b hodisasi sodir bo‘lgan.
Ko‘pchilik tillarga nisbatan olganda besh soni bilak so‘zi ma’nosi bilan bog‘liq: ozarb., uyg‘. biläk, tur., turkm., qum., qirg‘. bilek, boshq., tat. bёläk, olt. belek. Ushbu so‘z bel o‘zagi va kichraytirish affiksi -äkdan iborat. L~sh mosligini nazarga oladigan bo‘lsak, ba:l>ba:sh. Demak, besh so‘zi bilak so‘zi bilan bog‘liq. Bunda qo‘lda beshta barmoq borligi nazarda tutiladi.
Turkiy bobotilning keyingi davrida 6 soni altї~alta shaklida bo‘lib, ikkinchisi dialektal formadir. Ba’zi olimlar uning asosini al (olmoq) tashkil qilib, al- istak mayli shakli altga kelib, alt-dї (u olishni xohladi, istadi) va, pirovardida, altї (-td->t-): al+tї>altї>olti (6) shaklini olgan. Turkiy altї~alta va 3-shaxs birlik egalik formasi alt (past, quyi, pastdagi); altї–uningpastidagi degan ma’noni anglatadi. Agar qadimda turkiy beshlik hisobining mavjudligini eslasak, unda beshdan keyin yangi hisobni boshqa qo‘ldagi pastki barmoqdan boshlash kerak edi.
Turkiy tillardagi 7 sonining arxetipi, dastlab, yätä va keyinchalik, yatä~yäti bo‘lgan. G. Ramstedt turkiy yetti (yäti) so‘zidagi ye–yemoq, ti, ya’ni “ovqat yeyish uchun qo‘llaniladigan barmoq” bilan bog‘laydi. M. Xartmann va M. Ryasyanen yeti yeti (etishga tayyor) ma’noga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Ya:ti sonidagi cho‘ziqlik yoqut va turkman tillari asosida izohlanadi. Ä unlisi uyg‘ur, ozarbayjon, qisman turkman tillarida cho‘ziqlikka ega. Yä:ti sonidagi ä ningcho‘ziqligi ozarbayjon tilida yeddi (7) asosida izohlanadi, sababi ozarbayjon tilida cho‘ziq ä>e holatida.
Sakkiz sonining arxetipi–säkiz. M. Ryasyanen säkiz(8)ni sek (sakramoq): sekdiz (sakrashga buyurmoq)>sekkiz>sekiz tarzida shakllanganligini ta’kidlaydi.
To‘qqiz soni turkiy bobotilda so‘z boshida t bo‘lib, janubiy tillarda jaranglilashgan. M. Ryasyanenningfikricha, to‘qqiz fe’lning istak maylidagi tokї (taqirdat, taqillat), toqquz esa “taqillatishga buyurdi” bilan bog‘liq.
Chuvash tili boshqa turkiy tillardan farqli o‘laroq, unda ayrim sonlar i, ъ qo‘shiladi: vis~viz‘i (5), ult~uldъ (6).
Turkiy tillardagi undoshlar geminatsiyasi to‘g‘risida har xil fikrlar bor. Ikkilanish, aslida, undoshning miqdor jihatdan o‘zgarib, cho‘ziq tovushga o‘tishidir. A. M. Sherbak fikriga ko‘ra, intervakal holatda undoshlar jaranglilashuvi mavjud bo‘lgan tillardagina geminantlar bo‘lishi mumkin. Geminantlarning o‘zak tarkibida uchrashi qarluq, o‘g‘uz tillarida ko‘proq, qipchoq guruhidagi va Sibir arealidagi turkiy tillarda bu hodisa kam uchraydi: o‘zb. ikki, sakkiz, to‘qqiz, o‘ttiz. Bundan tashqari, sonlar tarkibidagi undoshlardagi cho‘ziqlik ham geminate-siyaga olib kelishi mumkin. Bu holatning ijobiy tomoni shundaki, u omonimlar-ningvujudga kelishini bartaraf qiladi.
Qadimda o‘nlik sonlar quyidagicha nomlanadi: yїg‘irba (yigirma), otїz (o‘ttiz), qїrq (qirq), ällig‘ (ellik), altpїl (oltmish), yä:tpil (yetmish), säksän (sakson), toqsan (to‘qson).
Sariq uyg‘ur, shor, tofalar va uyg‘ur-uryanxay tillari materiallari yigirma sonining etimologiyasini aniqlashga imkon beradi: eko:n~iko:n (ikki o‘n).
Yegirma~yegirba so‘zi tarkibi bilan unga parallel forma bor: eko:n~iko:n; yediYigirma (qadimgisi yig‘irbä) yoqut, shor, tofalar tillarida quyidagi ko‘rinishda: yoq. sü:rbä, shor. chegirbe, tuv. che:rbi.
Ushbu tillardagi altpїl (oltmish) va yä:tpil (yetmish) boshqa turkiy tillarda altmїsh va yetmish tarzida. Boshqa turkiy tillar materiallari shuni ko‘rsatadiki, bu yerda qachonlardir lablangan portlovchi pSanashning ancha qadimgi izlari o‘nliklarni ifodalaydigan sonlar nomlari ko‘rinadi.
O‘n soni birinchi o‘nlikning oxirini bildiradi, shunigdek, qo‘l barmoqlarida sanashning oxirini ko‘rsatadi. Demak, o:n soni negizida o‘ng tomon, o‘ngqo‘l ma’nosi yotadi. Dastlab, o:n (10) “ko‘p” degan ma’noni, so‘ngra hisob (sanash) oxiri 10 sifatida qayta anglanib, xuddi enasoy yodnomalaridagidek, ä:n, on, o:n tarziga ega bo‘lgan.
3. Ikkinchi o‘nlik sonlari. Yegirma~yegirba so‘zi tarkibida xuddi sariq uyg‘ur, shor, tofalar tillaridagidek, eko:n~iko:n (ikki o‘n) yoki ediSariq uyg‘ur, tuva, tofalar, shor va uyg‘ur-uryanxay tillari materiallari o‘ttiz soniniñ üch:on shaklida ekanligini ko‘rsatadi. A. N. Samoylovich o‘ttizning quyi-dagicha ekanligini ta’kidlaydi: otuzTurkiy bobotil davrida qirq soni qїrїq tarzida bo‘lgan. Bobotilningdastlabki davrida arxetip sifatida tö:rto:n shakliga ega edi. Keyinchalik, u dö:rto:n shaklini olgan. M.Ryasyanen fikricha, qїrїq siniq, buzuqni, boshqacha aytganda, hisob oxirini anglatgan.
Qїrq (40) soni: qum.,q.balq., boshq., qirg‘., q.qalp., no‘g‘. qїrq, tur., turkm. kїrk, qar. kїrk//kїrx, ozarb. kїrx, shor. qїrїx, xak. xїrїx, uyg‘. qiriq, chuv. xäräx, olt. törtön, tuv. dörton, tof. dörtön// dörtän tarzida.
Ellik soniningturkiy tillardagi ko‘rinishlari quyidagicha: urx. älig, q.uyg‘., shor. elig, xak. iled, qirg‘. elü:, qoz. yelu, q.qalp. yeliü, olt. iliñ, uyg‘. ellik//ällik, ozarb. älli, turkm., qum., q.balq., no‘g‘. elli, tat., boshq. ille, chuv. al/alä, tuv. bedon, tof. beszon//bechzon, yoq. biäsion.
Ellikning arxetipi ällig‘//yelli, boshqacha arxetipi bobotilningoldingi davri uchun bä:shoin hisoblanadi. M. Ryasyanen ta’biricha, ällig‘dagi äl–qo‘l+-lig(sifat)dan iborat. Shunday qilib, ushbu sonning nomlanish formalari: pä:sh~bä:sh va ällig‘~illigkabi bo‘lib, qo‘l bilan bog‘liq.
Oltmish (60) soni turkiy tillarda: ozarb., turkm. qr.tat., tat., boshq. altmїsh, qum. altmush, uyg‘. altmish, qirg‘. altumїsh, qoz., q.qalp., no‘g‘. alpїs, chuv. ultäl, xak., shor. alton, yoq. altaon, olt. altan, tof. arlton. tuv. aldan kabi.
Qadimgi bobotilda altїmїsh shaklida edi. Oltmish sonining bobotilning keyingi turkiy til davridagi ikkinchi shakli altї o:n~alta o:n.
Analogiya bo‘yicha altїo:ndagi o:n (10), mїsh//mäl elementini esa tadqiqotchilar o‘n bilan bog‘laydilar. M. Ryasyanen fikricha, oltmish sonidagi alt–o‘tgan zamon shakli bo‘lib, olmoq, olishga majbur qilmoq, degan ma’noni bildiradi. B. Munkachi esa -mїsh elementini avestacha va pahlaviycha mas (ko‘p) bilan bog‘laydi.
Etmish soni turkiy tillarda: tur., ozarb., turkm., qar., qum. yetmish, uyg‘. yätmish, boshq. yetmesh, no‘g‘. yetpes, tat. jitmish, q.balq., yetmish, qirg‘. jetimish, qoz., q.qalp. jetpis, chuv. sitmäl, xak. cheton, shor. chetton, tuv. chedon, tof. chedän kabi.
Etmish sonining arxetipi yätimish bo‘lgan. Bu sonning ikkinchi arxetipi bobotil davrida yätäo:n tarzida bo‘lgan. Keyinchalik bobotilda yäte o:n~yätio:n shakliga ega edi.
M. Ryasyanen yetmish sonini yet (yetmoq) fe’liningo‘tgan zamonlaridan biriningotlashgan formasi deb hisoblaydi.
Sakson sonining turkiy tillardagi shakllari: o‘rx.en., q.uyg‘., säkir on, uyg‘., ozarb. säksän, tur., qar., q.balq., qoz., q.qalp., no‘g‘., qirg‘. seksen, tat. siksän, boshq. hikhän, olt. segizen, xak. sigezon, shor. segizon, tuv. sezen, tof. seъhezon kabidir.
Turkiy bobotil davri uchun säkiz o:n arxetipi xosdir. Demak, sakson so‘zi etimologiyasi sakkiz+o‘n.
To‘qson sonining turkiy tillarda ifodalanishi quyidagicha: o‘rx., q.uyg‘. toquzon, qum., q.balq., qoz., q.qalp., no‘g‘., qirg‘., uyg‘. toqsan, tat. tuqsan, boshq. tuqhan, olt., shor., xak., tog‘uzon, yoq. tog‘uzuon, tuv. tozan, tof. toъozon.
Qadimgi bobotilning oldingi davrida toqozo:n, keyinchalik doqozo:n shaklida bo‘lgan.
Yuz (100) sonining turkiy tillarda ifodalanishi: o‘rx.en, q.uyg‘., tur., ozarb., turkm., uyg‘. yuz, tat., no‘g‘. yoz, q.balq., qirg‘., qoz., q.qalp. jüz, olt. düs, tuva., xak., shor., tof. chüs, yoq sü:s, chuv. sär kabi. G. Ramstedt yuz sonini yü- yuklamasi fe’li bilan bog‘laydi.
Ming sonining turkiy tillarda ifodalanishi quyidagicha: o‘rx.en biñ, tur. bin, q.balq., uyg‘., qirg‘. miñ, turkm. müñ, tuv., shor., xak. muñ, mun// mu:n.
Bobotilning dastlabki davridagi arxetipi piñ, keyinchalik biñ, bu bilan parallel ravishda miñ tarzida qo‘llanilgan. Bu sondagi bi~mi elementi o‘n ma’nosini bersa, oxiri ñ ko‘plik ko‘rsatkichidir.
O‘n ming qadimgi turkiy tilda tümän tarzida qo‘llanilgan.
Demak, o‘nliklarni ifodalashda ko‘pchilik turkiy tillarda yangicha tizim paydo bo‘lgan. Ular “birinchi o‘nlik birliklari+o‘n” sxemasida hosil bo‘lgan: shor. alt-on, chett-on, segiz-on, tog‘uz-on, xak. alt-on, chit-on, sigez-on, tog‘їz-on. Yoqut va oltoy tillarida bu tizim qirq sonidan boshlanadi: yoq. törtuon, olt. tört-on; tuva tilida esa “yigirma” sonidan boshlanadi: ishk-on (20), üch-on (30), türt-on, (40) kabi. Bu holat tofalar va sariq uyg‘urlar tilida ham kuzatiladi. Sanash tizimida chuvash tilida ham o‘zgarishlar bo‘ldi: s‘ag‘ьr-vunna (80), tъg‘ъr-vunna (90).
4. Taxmin sonlar. Ko‘pchilik turkiy tillarda sonning ushbu turi -cha//-chä affiksi yordamida hosil qilinadi: qirg‘. beshche (beshcha), o‘zb. o‘ntacha, xak. chüsche (yuztacha), ozarb. onlarcha (o‘nlarcha).
Ko‘pchilik turkologlar -cha affiksini -cha:q//-chä:k (cha:k-lїg‘) ko‘makchi-si (taxminan) bilan bog‘laydilar: esk.tur. besh miñche chakl їg‘ (besh mingchog‘lik), o‘zb. dial. o‘n choqlь (o‘n chog‘lik).
Miqdorni taxminiy anglatish qiyoslash bilan bog‘liqdir. Xakas tilida chüsche (yuztacha)Taxmin sonlarni hosil qilishda ishtirok etgan sonlar fe’lning o‘zagi bo‘lib, ular o‘z navbatida, sifatdosh va ravishdosh hosil qilishi ham mumkin: tat. yözlägän (yuzcha), qoz. otїzdag‘an (o‘ttizcha) kabi.
Fe’lning ushbu tipidan ravishdosh -їp hosil qilinishi ham mumkin: tat. uñlap (o‘ntacha), o‘zb. yüzläp (yuzcha), boshq. meñläp (miñcha).
Ba’zan taxmin sonlarni hosil qilishda -tay//-tay, -day//-day o‘xshatish affikslari qo‘llanilishi mumkin: qoz. jüzdey (yuzcha), qir. otїzday (o‘ttizcha).
Shuningdek, taxmin sonlar turkiy tillarda sintetik usul bilan, ya’ni ikki miqdor sonni, son va ko‘makchini qo‘shish yoki son oldidan bir so‘zini keltirish orqali ham hosil qilinadi: qoz. jьyьrma shaqtь (yigirmatacha), o‘zb. bir qancha, bir necha, turkm. bäsh-altї (5-6) kabi.
5. Tartib sonlar. Turkiy tillarda tartib sonlarni hosil qilishning bir necha affiksal usullari mavjud.
Ko‘pchilik turkiy tillarda tartib sonlar -nchaї//-nchi affiksi yordamida hosil qilinadi: tur., turkm. birinji (birinchi), uyg‘., o‘zb., q.tur., q.balq., qirg‘., qum. birinchi, shor. pirinchi, xak. pirinji, qoz., no‘g‘. birinshi, tat. birinshi; tur., turkm. ikinji, uyg‘., qum., q.turk., shor., qar., qirg‘. ikkinchi, qoz., no‘g‘. yekinshi, tat. ikinshi kabi.
Ushbu affiksning ancha qisqartirilgan shakli -nch ham uchraydi: q.turk. birinch (birinchi), üchünch (uchinchi), törtünch (to‘rtinchi) kabi.
Ushbu affiks(-( ї)nchї//-(i)nchi)ning kelib chiqishi haqida turli taxminlar bor. Uni -(ї)nch yordamida fe’ldan yasalgan ot bilan bog‘lovchilar ham bor: esk.o‘zb. ürkünch (qo‘rqinch), їnanch (ishonch), qїsqanch (rashk, hasad) kabi. V.Bangqo‘shimcha oxiridagi unli - ї(i)ni 3-shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi bilan bir xil deb hisoblaydi. Y. Nemet va M. Ryasyanen fikricha, -chї//-chi elementi harakat nomi qo‘shimchasi -chї//-chini eslatadi. A. M. Sherbak fikricha, dastlab, -a va -i affiksi yordamida miqdor sonlardan iki–üchü- tipidagi fe’l o‘zaklari hosil qilingan. Ushbu o‘zaklar ko‘plikni emas, balki davomli harakatni ifodalaydi, fe’ldan hosil qilingan otlar esa harakat natijasi yoki boshqacha aytganda, butunning qismini miqdor (yarim, uchdan bir, to‘rtdan bir) bilan emas, balki boshqa qismlar (ikkinchi qism, uchinchi qism, to‘rtinchi qism)ga nisbatan ifodalaydi. Keyinchalik, bunday hosila aniqlovchi sifatida qatnashadi. Tartib sonlarga 3-shaxs birlikdagi egalik affikslariningqo‘shilishi ularningo‘ziga xosligi: biror narsaningizidan borish tartibini ifodalash, qaysidir obyektning holati, odatda, uni ajratadigan shunday obyektlar guruhi bilan aloqani ko‘rsatishni taxmin qilish natijasiga aylanadi.
Turkiy tillarda fe’lning shaxs ko‘rsatkichlari. Turkiy tillarda fe’l shaxs ko‘rsatkichlarining ikki tipi–birinchi kategoriya shaxs ko‘rsakichlari va ikkinchi kategoriya shaxs ko‘rsatkichlari mavjud.
Birinchi kategoriya shaxs ko‘rsatkichlari hozirgi va kelasi zamon, shuningdek, noaniq o‘tgan zamon va aniq zamon uchun xosdir. Uning dastlabki tizimini avvalgi holatga quyidagicha keltirish mumkin:
Birlik Ko‘plik
1-shaxs. -ban//-ben -bїz//-biz
2-shaxs. -sañ//-säñ, -sїg‘//-sig‘ -sїz//-siz
3-shaxs. - -
Ko‘rinib turganidek, fe’l affikslari vazifasida (3-shaxs birlik va ko‘plik bundan mustasno) ayrim turkiy tillarda fonetik o‘zgarishlarga uchragan kishilik olmoshlari kelgan. Natijada ularning turli variantlari paydobo‘lgan.
1-shaxs birlikda turkiy tillarda quyidagi affikslar ishtirok etadi:
-bїn//-bin: qozoq, chulim-tatar, yoqut, xakas tillari;
-mїn//-min: yoqut, chulim-tatar, qirg‘iz, qoraqalpoq, qrim tatar kabi tillar;
-mьn// -min: tatar, boshqird. qozoq tillari;
-man//-men: no‘g‘oy, qoraqalpoq, qumiq va o‘zbek tillari.
Yuqoridagi uchta variant umumturkiy ä ni ye tarzida ifodalaydi. Keyingi variantdagi a singarmonistik qarama-qarshilik natijasida vujudga kelgan.
-män: faqat uyg‘ur tilida uchraydi. Bunda män dagi ä qadimgi ä ni ifodalaydi;
-m: tatar va boshqird tillarida: min baoram (men boraman). Aslida, bu affiks ikkinchi kategoriya shaxs affiksi bo‘lib, analogiya bo‘yicha o‘tkazilgan;
-їm//-im: oltoy, shor, qrimtatar, gagauz, turk. tillarida uchraydi.Ushbu affiks bobotil davridagi -bän bilan aloqador emas. Bu yerda 1-shaxs birlik affiksiningo‘tgan zamon ko‘rsatkichi -dї ga ta’siri bo‘lgan bo‘lishi mumkin: aldїm (men oldim);
-їn//-in faqat turkman tilida uchraydi. Bir vaqtlar turkman tilida ushbu ko‘rsatkich xuddi turk tilidagidek, -їm//-im shakliga ega bo‘lib, oxirgi -n ta’sirida 1-shaxs birlikdagi men olmoshidagi m>n: їm>- їn;
am//-äm: ozarbayjon tili uchun xos bo‘lib, a//ä istak mayli shakli ta’sirida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin: ozarb. alam (olsam edi)~tur. yazam (yozsam edi);
-p (-ъp): faqat chuvash tilida uchraydi. Ushbu shakl muayyan darajada chuvash tilida 1-shaxs birlikdagi oxirida, n bo‘lmagan ebi (men)ni ifodalaydi.
Fe’llardagi ikkinchi kategoriya affikslari. Ushbu kategoriydadagi ko‘rsatkichlar o‘tgan zamon elementi -dї va fe’lning shart mayli hamda qisman egalik affikslari sifatida namoyon bo‘ladi:
Birlik Ko‘plik
1-shaxs. -m -q, -k
2-shaxs. -ñ; -g‘, -g‘їz, -g‘iz
3-shaxs. – –
Ikkinchi kategoriya affikslari birinchinikiga ko‘ra ozchilikni tashkil qiladi.
1-shaxs birlik ko‘rsatkichi -m bo‘lib, u barcha turkiy tillarda saqlangan.
Ushbu affiksning ikkinchi varianti -g‘ bo‘lib, hozirgi turkiy tillardan birortasida ham birlikda qo‘llanilmaydi. Qaraim tilining trakay dialektida 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi sifatida kelib chiqishi noma’lum sanalgan y xizmat qiladi.
1-shaxs ko‘plikda ko‘pchilik turkiy tillarda -q//-k ko‘rsatkichi saqlangan. -x affiksi (grafik g‘) ozarbayjon tilida q ning oxirgi pozitsiyadagi hosilasi hisoblanadi.
Ayrim turkiy tillarda -q//-k saqlanmagan va analogiya bo‘yicha birinchi kategoriyadagi shunday affiks bilan almashtirilgan. Bu yerda so‘z -bїz//-biz va uningvariantlari haqida boryapti: qozoq, oltoy va shor tillarida -bїs//-bis, -pїs//-pis; tuva tilida -vїs//-vis, chuvash tilida -mъr//-mir.
2-shaxs ko‘plik ko‘rsatkichi turkiy tillarda rang-barang bo‘lib, ularning ko‘pchiligi dastlabki -g‘їz affiksining fonetik o‘zgarishga uchragan ko‘rinishlari hisoblanadi.
-g‘їz//-giz qorachoy-balqar, qumiq tillarida uchraydi;
-g‘ьz//-giz tatar tilida uchraydi;
-g‘ьz‘//-giz‘ boshqird tilida mavjud;
-ñїz//-ñiz turkman, qrimtatar, o‘zbek, qozoq (hurmat formasi) tillarida uchraydi;
-nїz//-niz ozarbayjon, turk, gagauz, qaraim tilining dialektida bor;
-ñlar uyg‘ur tilida mavjud;
-ñdar//-ñder qozoq tilida uchraydi. Bunda 2-shaxs birlik affiksi -ñga ko‘plik qo‘shimchasi -dar//-der birikkan. Bundan tashqari, -ñьzdar//-ñizder ko‘rsatkichi ham mavjud bo‘lib, u 2-shaxs ko‘plik affiksiga ko‘plik affiksi -dar//-der ning birikuvidan vujudga kelgan.
-ñar//-ñer tuva, xakas, qirg‘iz tillariga xos bo‘lib, u 2-shaxs birlik affiksi -ñ ga ko‘plik ko‘rsatkichi -ar//-er qo‘shilishidan hosil bo‘lgan;
-g‘ar//-g‘er affiksi faqat oltoy tilida uchraydi. U 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi varianti -g‘//-g‘ga ko‘plik ko‘rsatkichi -ar//-er ning birikuvidan paydo bo‘lgan;
-ъr//ir faqat chuvash tilida mavjud bo‘lib, u -їz//-iz dan hosil qilingan bo‘lishi mumkin;
-g‘їt//-git faqat yoqut tilida qo‘llaniladi;
Tarixan <-g‘їz//-g‘iz (-g‘їz>-g‘їs>-g‘їt).
3-shaxs ko‘plik ko‘pchilik turkiy tillarda maxsus qo‘shimchaga ega emas. Unga ko‘plik affiksi -lar yoki uning variantlari qo‘shiladi: tat. aoldїlar (oldilar), turkm. bildiler (bildilar), yazdїlar (yozdilar), ozarb. yazdїlar kabi.
3-shaxs ko‘plik affiksining alohida shakli chuvash tilida mavjud. Bu ko‘plik ko‘rsatkichi -s‘ dir: kiljis‘ (ular keldilar), s‘їrjis‘ (ular yozdilar) kabi.
Xitoyda yashovchi salarlar tilida shaxs ko‘rsatkichi uchramaydi. Bu tilda alїr so‘zi “men olaman”, “sen olasan”, “u oladi” kabi ma’nolarni anglatadi. Xuddi shunday holatga sariq uyg‘ur tilida duch kelinadi. Bu tildagi parar so‘zi o‘zbek tilidagi “men boraman”, “sen borasan”, “u boradi” ma’nosini beradi. Bu fe’llarda qo‘shimcha mavjud bo‘lmagan xitoy tilining ta’siri natijasi ham bo‘lishi mumkin.
Turkiy tillarda fe’l zamonlarining qadimgi tizimi. Turkiy tillarda hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonga taalluqli harakatni ifodalashga xoslangan fe’l zamonlarini hosil qiluvchi turli modellar miqdori ancha ko‘pligi ma’lum. Ammo ushbu modellarning taxminan to‘qson foizini kelib chiqishi bo‘yicha bobotil davridagi xususiyatlarga ega, deb bo‘lmaydi. Ularning ko‘pchiligi turkiy tillarda barchasida ham bir xil ma’noda va hududiy tarqalishi ham bir xil darajada emas. Bular hammasi ularningayrim tillarda paydobo‘lganligi, hattoayrim turkiy til-larda turkiy bobotil tarqashi natijasida yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, turkiy bobotilning dastlabki fe’l tizimi yadrosini qaysi fe’l zamoni tashkil qilgan, degan haqli savol tug‘iladi. Bunday zamonlar to‘rtta bo‘lgan:
1) -a//-ї ko‘rsatkichli bar-a-mьn (boraman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon bo‘lib, unda ayni paytda, hozirgi va kelasi zamon ma’nolari ifodalangan;
2) -ar//-їr ko‘rsatkichli alїrmїn (men olarman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon bo‘lib, xuddi avvalgidek, hozirgi va kelasi zamon ma’nolariga еga bo‘lgan;
3) -dї//-tї (-di//-ti) ko‘rsatkichli aldїm (oldim) tipidagi o‘tgan zamon;
4) alїrdїm (men olardim) tipidagi aniq imperfekt (tugallanmagan o‘tgan zamon).
Fe’l zamonlarining qolgan barcha modellari turkiy bobotil tarqalgandan keyin vujudga kelgan.
Turkiy tillarda fe’l zamolarining taraqqiyoti. Turkiy bobotil davridagi fe’l zamonlari tizimini qayta tiklash ko‘pgina qiyinchiliklarni bartaraf qilish bilan bog‘liqdir. Hozirgi turkiy tillarda fe’l zamoni doirasi turli tipdagi fe’l zamonla-riningjuda ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Mana shunday murakkab, chalkash sharoitda fe’l zamonlarining turkiy tiziminingdastlabki yadrosini topish mumkinmi, degan savol tug‘iladi. Bunga, hatto qadimgi turkiy yozma yodgorliklar ham ojizlik qiladi. Buning uchun hozirgi turkiy tillardagi fe’l zamonlariningbir necha yo‘sinda, ayni paytda, tadqiq qilishga yordam beradigan alohida metodni topish kerak bo‘ladi.
Buning uchun, avvalo, u yoki bu fe’l zamonining umumiy kategoriyaga mansubligi belgilanadi yoki uning qaysi grammatik zamonga taalluqliligi aniqlanadi. So‘ngra uni hosil qilishning umumiy tarkibiy modeli yoki tarkibiy tipi aniqlanadi. Struktura tipi bo‘yicha ayni zamonning qaysi zamon kategoriyasiga va uning zamonlar taraqqiyoti tizimida qaysi semantik yo‘nalishni ifodalashini aniqlash qiyin emas.
Mana shu ma’lumotlar olingandan keyin, turli turkiy tillardagi fe’l zamonlari distributsiyasi (tarqalishi) yoki ularning qaysi tillarda keng tarqalganligini aniqlash kerak bo‘ladi. Distributsiya fe’l zamonlarining davri, uning turkiy bobotil davrida hosil bo‘lganligi yoki keyingi davr hosilasi ekanligini aniqlashga juda tez yordam beradi. Bunda turkiy tillarda ancha kam uchraydigan zamonlarni aniqlash lozim. Fe’l zamonlarining o‘ziga xos ma’no xususiyatlari va ularning qo‘llanish darajasini aniqlash ham katta ahamiyatga ega.
Turkiy tillarda fe’l zamonlarining vujudga kelishini aniqlashda bunday chalkashliklar bo‘lishiga qaramay, ular muayyan semantik qonuniyatlarga bo‘ysunadi: birinchidan, bu vaqtning qandaydir bo‘lagi (qismi) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan noaniq zamonni, ikkinchidan, xarakteriga ko‘ra, ularningo‘tish plani va ushbu ma’noni ifodalash uchun maxsus belgilangan muayyan moment bilan bog‘liq noaniq zamonlarni yaratish
Ushbu ikki termin maxsus izohga muhtoj «noaniq zamon» termini uningqandaydir muayyan vaqt bo‘lagiga taalluqli ekanligini nazarda tutmaydi. Chunonchi, tatar tilidagi maolay baora (bola borayapti) gapi, bolaning nutq so‘zlanib turgan paytda borayotganligini anglatadi. Noaniqlik shunda ko‘rinadiki, -a ko‘rsatkichi hozirgi zamon o‘z-o‘zidan qaysidir muayyan momentdan kelib chiqadigan harakatni ifodalash uchun belgilanmagan. Uning ma’nolarining jami ancha keng, chunonchi, doimiy sodir qilinadigan harakatni anglatishi mumkin: tat. Jir qъyash tiräsindä äylänä (Yer Quyosh atrofida aylanadi).
Aksincha, hozirgi aniq zamon ko‘p ma’noga ega emas. U qandaydir muayyan vaqt bo‘lagidagi harakatni ifodalashga qaratilgan.
Qozoq tilida hozirgi zamonning ikkita: hozirgi-kelasi (ko‘chuvchi) va hozirgi konkret turi mavjud. Hozirgi-kelasi zamon doimo sodir bo‘lib turadigan harakat yoki hodisani ko‘rsatadi: qъs ъshadь (qushlar uchayapti); Seksewil jaqsь janadї (Saksovul yaxshi yonadi). Hozirgi konkret zamon, nutq so‘zlanib turgan paytda sodir bo‘lib turgan harakatni ifodalaydi: Kün javьp tъr (Yomg‘ir yog‘ayapti). Ol xat jazьp otьr (U ayni paytda xat yozayapti).
7. Turkiy tillarda hozirgi zamon fe’llari va ularning ko‘rinishlari. Turkiy tillarda hozirgi zamon fe’llari hozirgi noaniq zamon, hozirgi aralash zamon, hozirgi aniq zamon kabilarga ajratiladi.
Hozirgi noaniq zamonning struktur tiplari nisbatan uncha ko‘p emas.
Hozirgi turkiy tillarda fe’l o‘zagi birinchi kategoriya shaxs affikslari yordamida hosil qilingan hozirgi zamon tatar, boshqird, qumiq, qrimtatar, shuningdek, Sibirdagi tatarlar dialektlarida ancha keng tarqalgan:
Birlikda
1-shaxs. tat., boshq. aolam (olaman), barab. tat. alam, qr.tat. alam.
2-shaxs. tat. aolasьñ (olasan), boshq. aolahьñ, barab. tat., qum. alasañ, qr.tat. alasїñ.
3-shaxs. tat., boshq. a°la (oladi), barab. tat., qr.tat. ala.
Ko‘plikda
1-shaxs. tat. aolabьz (olamiz), boshq. aolabьz‘, barab. tat. alabїs, qum. ala-bїz, qr.tat. alamїz.
2-shaxs. tat. aоlasьz (olasiz), boshq. aоlahьg‘z‘, barab. tat., qr.tat., qum. ala-sїz.
3-shaxs. tat., boshq. aоlalar (oladilar), qr.tat., qum. alalar, barab, tat. ala.
Unli bilan tugaydigan hozirgi zamon fe’llarida diftong paydobo‘ladi. Buni qumiq tilidagi asha (yemoq) so‘zi misolida ko‘rish mumkin:
Birlik Ko‘plik
1-shaxs. ashayman ashaybїz
2-shaxs. ashaysañ ashaysїz
3-shaxs. ashay ashaylar
Ushbu diftong fe’l o‘zagi va kelasi zamon ko‘rsatkichi sanalgan ikkita a unlisining qo‘shiluvi natijasida yuzaga kelgan tig‘izlikni bartaraf etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamonning-a ko‘rsatkichli shakli turkiy tillarda hozirgi zamonning eng qadimgi ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning tarqalishi ancha keng. Uning izlari hozirgi zamonning boshqa tiplari: -a li hozirgi zamon shakli eski usmon tilida, uningta’siri turk tilining ayrim dialektlarida o‘z aksini topgan o‘g‘uz tilida kuzatiladi: esk.usm. verävän (men beraman), alaysїn (olasan), umavuz (biz umidlandik). Bu yerdagi -a ko‘rsatkichi qadimgi so‘z yasovchi affiks bo‘lib, takroriy va doimiy harakatni anglatadi. Uning izlari hozir ham ayrim fe’llarda saqlangan: o‘zb. bur (burmoq)~bur-a (buramoq), o‘zb. urin (urin-moq)~urn-a.
Hozirgi zamonning-a ko‘rsatkichli shakli turkiy bobotil davridayoq mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamonning-a ko‘rsatkichli va undan o‘sib chiqqan -t li turi chu-lim tatarlari tilida uchraydi: Buni ushbu tildagi al (olmoq) so‘zining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aladїm aladїbїs
2-shaxs. aladїñ aladїñnar
3-shaxs. aladї aladї(lar)
Bunda hozirgi zamon fe’li o‘zagi sifatida ala+t qatnashadi.
Oltoy tilida ham shu holatni ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. baradїm bardїbїs
2-shaxs. baradїñ baradїñ
3-shaxs. barat barat(lar)
Hozirgi zamonning bu tipi Sibirdan uzoqdagi chuvash tilida sїr (yozmoq) fe’li misolida yaqqol ko‘rinadi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. s‘їradъp s‘їratpъr
2-shaxs. s‘їraъn s‘їradъr
3-shaxs. s‘їrat s‘їras‘s‘i
Fe’llardagi ikkinchi kategoriya affikslari. Ushbu kategoriyadagi ko‘rsatkichlar o‘tgan zamon elementi -dї va fe’lning shart mayli hamda qisman egalik affikslari sifatida namoyon bo‘ladi:
Birlik Ko‘plik
1-shaxs. -m -q, -k
2-shaxs. -ñ; -g‘, -g‘їz, -g‘iz
3-shaxs. – –
Ikkinchi kategoriya affikslari birinchinikiga ko‘ra ozchilikni tashkil qiladi.
1-shaxs birlik ko‘rsatkichi -m bo‘lib, u barcha turkiy tillarda saqlangan.
Ushbu affiksning ikkinchi varianti -g‘ bo‘lib, hozirgi turkiy tillardan birortasida ham birlikda qo‘llanilmaydi. Qaraim tilining trakay dialektida 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi sifatida kelib chiqishi noma’lum sanalgan y xizmat qiladi.
1-shaxs ko‘plikda ko‘pchilik turkiy tillarda -q//-k ko‘rsatkichi saqlangan. -x affiksi (grafik g‘) ozarbayjon tilida q ning oxirgi pozitsiyadagi hosilasi hisoblanadi.
Ayrim turkiy tillarda -q//-k saqlanmagan va analogiya bo‘yicha birinchi kategoriyadagi shunday affiks bilan almashtirilgan. Bu yerda so‘z -bїz//-biz va uningvariantlari haqida boryapti: qozoq, oltoy va shor tillarida -bїs//-bis, -pїs//-pis; tuva tilida -vїs//-vis, chuvash tilida -mъr//-mir.

Keyingisi ko‘pchilik tillarda hozirgi kelishik paradigmasiga to‘g‘ri kelishi mumkin..
Barcha turkiy tillarda ravishlar makon kelishiklarining ajratilgan shakllari: jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishiklari shakllari, -cha, -g‘aru va -ïn affiksli ravishlar mavjud. Shuningdek, genetik jihatdan turli tipdagi so‘z birikmalariga mos keladigan murakkab tarkibli modellarni ham umumturkiy deb hisoblash mumkin. Barcha turkiy tillarda ravishlarning quyidagi juft tiplari qayd etilgan: gag. gejä-gündüz, no‘g‘. bügün-erten, o‘zb. nari-beri, sal. anda-sïnda (unda-bunda) kabi.
Turkiyshunoslikda turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridanoq ravishlarning shakllanishi boshlanganligiga shubha yo‘q. Bu turkumdagi so‘zlarga sifat, holat, hollik formasidagi otlar, ravish formalari o‘tishi kuzatiladi. Bobotil va qadimgi turkiy til davri yozma yodgorliklarida qayd qilingan holat orasidagi katta farqni inobatga olgan holda, keyingisi materiallari asosida nisbatan oldingi ravish hosilalarining tiplarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1) -tï//-dï li kelishik formasi: endi-oq aydïm (endi men aytdim), bu sabïmïn ädgüti äshid (bu so‘zimni yaxshilab eshit), qatïg‘dï tïñlä (qattiq tingla);
2) -ch li kelishik formasi: kichü qaydï (u orqasiga qaradi);
3) -tïn//-tin li kelishik formasi: üstün täñri yeri, alïn tama yeri (yuqorida xudolar mamlakati, pastda jahannam mamlakati);
4) –ïn li kelishik formasi: yayïn sülädim (yozda qo‘shin tortdim); äligbir kün otrup özi yalg‘uzum (bir kun hukmdorning yakka o‘z o‘tirgan edi);
5) ayrim tadqiqotchilar tomonidan ravishdash sifatida talqin qilinadigan -layuli forma: ulsïp ärän börläyü (erlar bo‘riga o‘xshab uvilladilar), yämä udlayu sen (sigirga o‘xshab yema);
6) -a//-ä li ravishdosh: yana käldim (yana keldim), iki neñ keräglik söz kesä (ikki narsa kerak, bil, men kerakli so‘zni aytdim);
7) -ï//-i li ravishdosh: ariti yup (toza yuvib), sabïmïn tükäti äshidgil (so‘zimni oxirigacha eshitgin);
8) -u li ravishdosh: ol oñat yag‘ru yorïmas (u unga yaqin kelmaydi).
Bu davrda baya//baya-oq kältim, kechä turup (kecha turub) va bïldur (otgan yil), bir yïldïr tipidagi dastlabki ravishlar ishlatilgan.
Ayniqsa, olmosh-ravishlar, shuningdek, turli kelishik formalariga mos keladigan ot yoki sifatdan yasalgan ravishlar xarakterlidir: ancha, anday, anda, munda.
XI asrdagi tilda iste’molda bo‘lgan, hozirda ham saqlangan sifat va holat (asosan, sifat-holat) ma'nosidagi yarim funksional so‘zlar mavjud bo‘lgan:
1) ediz (balandlik, baland–ediz tag‘ (baland tog‘), ay bu ag‘sa ediz (agar bu oy balandga ko‘tarilsa), ag‘ïshqa enish ol, edizkü betïg‘ (balandlikdan keyin pastlik, yuqori joydan keyin pastlik);
2) yadag‘ (yayov, piyoda)–yadag‘ atï charuq, küchi azuq (piyodaga ot xizmatkor, kuchga esa ovqat), barma yadag‘ (piyoda, borma);
3) yag‘uq (yaqin)–yat yag‘uq tüz bolmaz (begona va yaqin–ikkalasi bir xil emas), yag‘uq yer–yaqin yer, ol otqa barma yag‘uq (bu olovga yaqinlashma);
4) köni (ishonchli, to‘g‘ri, aniq): köni yol (ishonchli yo‘l), köni er (ishonchli er), ammoköni barur men (borishim aniq);
5) achïq: tuñar meñzätü aytï alp er achïq (bahodir kishi (er) bunga o‘xshash aniq aytdi);
6) uzun: közägü uzun bolsa, äligköymäs (agar temir kosov uzun bo‘lsa, qo‘l kuymaydi), bu er oluzun yashag‘u (bu er uzoq yashashi kerak).
Ta’kidlash kerakki, sifatlat genetik jihatdan bir xil emas. Ular orasida adyekt-sifatdosh va adverbial so‘zlar sanalgan ravishdoshlarga yaqin bo‘lgan hosilalar ham bor.


2X.A.Dadaboyev, Z.T.Xolmanova. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi Toshkent: Tafakkur bo„stoni,
2015. – В. 20.

Download 87,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish