Mavzu: Qushlar va sut emizuvchi hayvonlar embryonal taraqqiyoti.Jinsiy hujayralar taraqqiyoti - Mavzu: Qushlar va sut emizuvchi hayvonlar embryonal taraqqiyoti.Jinsiy hujayralar taraqqiyoti
-
- Reja:
- 1. Qushlarning embryonal taraqqiyot.
- 2. Sut emizuvchilarning embryonal taraqqiyoti
- 3. Jinsiy hujayralar taraqqiyoti
1. Qushlarning embryonal taraqqiyot - 1. Qushlarning embryonal taraqqiyot
- Qushlar tuxumining sarig`i gigant poliletsital tuxum hujayradir. Qushlar, shuningdek reptiliyalar quruqlikda hayot kechiradi, ularning embrional taraqqiyoti esa o`ziga xos sharoitda - tuxum pardalari ichida yuz beradi va embrional taraqqiyot davrida lichinka bosqichi yo`q. Embrional taraqqiyot paytida embrion sifatli va mo`l-ko`l oziqa moddalar bilan ta`minlanishi kerak. Poliletsital tuxum hujayralarda oziq moddalar, mineral tuzlar keragicha to`plangan. Tashqi muhitdan kislorod va issiqlik kelib tursa, embrionning taraqqiyoti me`yorli ravishda boradi. Tuxum hujayraning o`zagi uning animal qutbiga joylashgan. Tovuq yangi qo`ygan tuxumda, agar bu tuxum otalangan bo`lsa, o`zak o`rnida embrion - “blastodisc” bo`lib, unga “chandiqcha” deyiladi. Embrion tagida ko`zacha shakliga ega bo`lgan rangi ochroq sariq modda -latebra joylashadi. Latebraning sariq moddasi kislorodsiz parchalanib, energiya bera oladigan karbonsuvlarga boy bo`ladi
Latebra atrofida tuxumning sitoplazmasida sariq moddaning ochroq va to`qroq rangli qismlari navbatma-navbat joylashadi. Sariq moddaning rangi ikki xil bo`lishi, uning kecha-kunduzning qaysi paytida hosil bo`lganiga, ya`ni pigment, vitaminlarning organizmga kirishi va insolyatsiyaning ta`siriga bog`liq. Qushlar tuxumi birlamchi-vitellin pardadan tashqari oqsil, skorlupa ostidagi ikki qavatli yupqa parda va skorlupa (Sa++ tuzlariga boy po`choq)ga ega bo`lib, ular uchlamchi pardalardir. Oqsil modda hisobiga hosil bo`lgan “apparat”-xalazalar (chalaza-do`l donasi) tuxum sarig`ini doimo bir holatda - animal qutbi yuqoriga qaragan holatda tutib turadi. Follikulyar epiteliydan hosil bo`lgan ikkilamchi parda faqat tuxumdondagi tuxum hujayra atrofini o`rab turib, uni oziqa moddalar bilan ta`minlashda ishtirok qiladi va tuxum hujayra tuxumdondan chiqqach erib ketadi. - Latebra atrofida tuxumning sitoplazmasida sariq moddaning ochroq va to`qroq rangli qismlari navbatma-navbat joylashadi. Sariq moddaning rangi ikki xil bo`lishi, uning kecha-kunduzning qaysi paytida hosil bo`lganiga, ya`ni pigment, vitaminlarning organizmga kirishi va insolyatsiyaning ta`siriga bog`liq. Qushlar tuxumi birlamchi-vitellin pardadan tashqari oqsil, skorlupa ostidagi ikki qavatli yupqa parda va skorlupa (Sa++ tuzlariga boy po`choq)ga ega bo`lib, ular uchlamchi pardalardir. Oqsil modda hisobiga hosil bo`lgan “apparat”-xalazalar (chalaza-do`l donasi) tuxum sarig`ini doimo bir holatda - animal qutbi yuqoriga qaragan holatda tutib turadi. Follikulyar epiteliydan hosil bo`lgan ikkilamchi parda faqat tuxumdondagi tuxum hujayra atrofini o`rab turib, uni oziqa moddalar bilan ta`minlashda ishtirok qiladi va tuxum hujayra tuxumdondan chiqqach erib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |