Qushlar tuxumi 4-27 soat mobaynida tuxum yo`lidan tashqariga chiqadi. Bu vaqt ichida, agar tuxum hujayra otalangan bo`lsa, maydalanish yuz beradi va tashqariga qo`yilgan tuxumda blastodisk mavjud bo`ladi. Tuxum qo`yilgach u sovuydi va taraqqiyot vaqtincha to`xtaydi. Tuxum inkubatorga qo`yilsa yoki tovuqqa bostirilsa taraqqiyot davom etadi. Tuxum yo`lidan tashqariga chiqqan tuxumning tez sovushi, uning ichidagi moddalar zichlashishi natijasida po`choq “pora”lari orqali havo kirib, havo kamerasi hosil bo`ladi. Inkubatsiya qilinadigan tuxum iloji boricha yangi qo`yilgan bo`lishi, +3-+60C da 5-10 kundan ortiq saqlanmasligi kerak. Tuxum 25-30 kundan ortiq saqlanganda undagi embrion o`ladi. Otalangan va tashqariga chiqqan tuxumdagi blastodiskda embrion diski, juda kichik blastotsel va blastula tubi xizmatini o`tavchi ko`p miqdorda sariq modda bor. - Qushlar tuxumi 4-27 soat mobaynida tuxum yo`lidan tashqariga chiqadi. Bu vaqt ichida, agar tuxum hujayra otalangan bo`lsa, maydalanish yuz beradi va tashqariga qo`yilgan tuxumda blastodisk mavjud bo`ladi. Tuxum qo`yilgach u sovuydi va taraqqiyot vaqtincha to`xtaydi. Tuxum inkubatorga qo`yilsa yoki tovuqqa bostirilsa taraqqiyot davom etadi. Tuxum yo`lidan tashqariga chiqqan tuxumning tez sovushi, uning ichidagi moddalar zichlashishi natijasida po`choq “pora”lari orqali havo kirib, havo kamerasi hosil bo`ladi. Inkubatsiya qilinadigan tuxum iloji boricha yangi qo`yilgan bo`lishi, +3-+60C da 5-10 kundan ortiq saqlanmasligi kerak. Tuxum 25-30 kundan ortiq saqlanganda undagi embrion o`ladi. Otalangan va tashqariga chiqqan tuxumdagi blastodiskda embrion diski, juda kichik blastotsel va blastula tubi xizmatini o`tavchi ko`p miqdorda sariq modda bor.
- 2.Sut emizuvchilarning embryonal taraqqiyoti
- Sut emizuvchilarning ajdodlari tuxum qo`yuvchi reptiliyalar bo`lgan. Ayrim hozirgi zamon sut emizuvchilari (o`rdakburun va exidna)ning tuxum qo`yuvchi hayvonlar ekanligi bu fikrga asos bo`ladi. Bularning tuxumi poliletsital, zigotasining maydalanishi meroblastik bo`lib, embrion taraqqiyotining muhim tomonlari reptiliyalarning taraqqiyotiga o`xshashdir. Tuxumdan chiqqan bolalari onasining qorin tomonidagi mayda teshiklardan sizib chiqadigan sutni yalab oziqlanadi. Bu hayvonlarda emchak yo`q. Xaltalilarda embrion ma`lum vaqtgacha bachadonda taraqqiy qiladi, hatto ularning ayrimlarida mukammal bo`lmagan (primitiv) platsenta hosil bo`ladi va qisqa muddat vazifa bajaradi. Lekin bola to`la taraqqiy qilmasdan (1-2 sm uzunlikda) tug`iladi va onasining xaltasi (qopchig`i)da taraqqiy qilishni davom ettiradi. Bunday hayvonlarning bolasi so`rg`ichni emishga ham qodir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |