Fan: Yong’in o’chiruvchi -qutqaruvchi ishlari



Download 17,67 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi17,67 Kb.
#824239
Bog'liq
1-Mfvzu


19.10.2020 yil.
Fan:Yong’in o’chiruvchi –qutqaruvchi ishlari.
Mavzu: Kirish.

Bugungi kunda yuz berayotgan ijtimoiy xavfli bo‘lgan hodisalardan biri - yong'in hisoblanadi. U qisqa vaqt ichida insonlar hayotiga zomin boMishi mumkin. Shu sabab, yong'inning oldini olish, yuz berganda qisqa vaqt ichida tugatish va oqibatlarini bartaraf etish, sabablarini aniqlash, bunday hodisa yuz bermasligi uchun targ'ibot- tashviqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.


Shu sababli, yong‘inga qarshi kurashish, uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar- da o‘ziga xos tizim shakllantirilgan. Bunday tizim 0‘zbekistonda ham mavjud bo‘lib, u 0‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufida shakllantirilgan. Bu xizmat vazirlik tarki- bida Yong‘inga qarshi kurash bosh boshqarmasi deb nomlanadi. Boshqarmaning esa quyi tuzilmalari mavjud boMib, ular boshqarma, boiimlar deb nomlangan. Yong‘inga qarshi kurashda o‘t o‘chiruvchining mahorati, bilimi, chaqqon harakati, jasurligi va vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi, xulosa qilishi, to'g'ri reja tu- zishi va uni amalga oshirishga o‘z vaqtida kirisha olishi juda kat- ta iqtisodiy zararlarning oldini olish bilan birga insonlar hayotini ham saqlab qoladi. Shuning uchun ham har bir o‘t o‘chiruvchiga qo‘yilgan talablar bilan birga uning shaxsiy xislatlari ham muhim o'rin egallaydi. Ayniqsa, o‘z kasbiga oid bo'lgan bilim- larni chuqur egallashi, kasbiy mahoratga ega boMishi, ma’naviy komilligi muhim hisoblanadi.
Chunki, o‘t o‘chiruvchi o‘z xizmati davomida, ayniqsa, fao- liyatining boshlang'ich davrida ko'plab qiyinchiliklarga duch ke- ladi. Agar o‘t o‘chiruvchi xizmatni o‘tashga tayyorlanmagan, o‘rgatilmagan, kasbiy mahoratga ega bo'lmagan bo'lsa, bu xavf bir necha barobar ortishi mumkin.
Yong'inda o‘t o‘chiruvchi minglab kutilmagan hodisalar va xavf- lardan ta’sirlanadi. Olov bilan kurash tezlikda olib boriladi. Shu sa­babli, yong'in o'chiruvchilardan yashin tezligida qaror qabul qilish talab etiladi. Sekin harakatlanish - hayotni xavf ostiga qo'yadi, ayrim hollarda hayotdan ko'z yumishga olib keladi.
Xavfli hududlarga kechikib kirish, qaytib chiqish katta xavf tug'diradi. O'z vaqtida suv uzatilmasa, kuch va vositalar noto'g'ri joylashtirilsa, olovning tarqalishi kuchayadi va o‘z yo'lida hamma narsaning yonishiga sabab bo'ladi. Qurilish qismlarining qulashi, olov va uning zaharli moddalari doimo o't o'chiruvchilarga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Bu esa o't o'chiruvchi va u bilan yong'in ichka- risida bo'lgan odamlar hayotiga xavf soladi.
Yosh o't o'chiruvchilami ruhiy tayyorlash ham jangovar vazi- falami bajarishda asosiy o'rin tutadi. Yong'inlami bartaraf etish- da o't o'chiruvchilarga ta’sir etuvchi jismoniy va ruhiy holatlami yengish, yong'in o'chiruvchining ruhiy chidamligiga bog'liqdir. O't o'chiruvchining ruhiy chidamliligi uch xil asosiy holatlardan jamla- nadi:

  • davlatimiz mafkuralariga ishonchi, baynalmilallik, O'zbekiston xalqi, ona-Vatan oldidagi burch va vazifalami oxirigacha bajarish;

  • yong'inlar bilan kurashishda, yong'in o'chiruvchilaming yuqori jangovar bilimga egaligi, kasbiy mahorat va yangi texnika hamda texnik qurollami amalda qo'llay olish;

  • odat tusiga kirgan tartib-intizom, bajaruvchanlik qobiliyatiga ega bo'lish.

Tartib-intizomga ega bo'lgan o't o'chiruvchi shunday ichki kuch- ga egaki, u ushbu kuchni jangovar vazifani bajarishda, to'liq ishlatish qobiliyatiga ega bo'ladi.

Yong'in xavfsizligi xizmatiga ishga qabul qilingan o't o'chiruvchilar xizmat vazifalarini mustaqil bajarishlariga qadar boshlang'ich tayyorgarlikdan o'tishadi. O'tilgan har bir mashg'ulot °‘quv jumalida qayd qilinadi. Bu esa boshlang'ich tayyorgarlik deb


ataladi.
Boshlang'ich tayyorgarlik ketma-ket ikki bosqichda o'tkaziladi:

  • birinchi bosqich - xizmat joylarida yakka tartibda o'qitish;

  • ikkinchi bosqich - IIV, IIB yong'indan saqlash o'quv mar- kazlarida kurs tayyorgarligi.

Agarda lavozimga qabul qilingan kundan o'quv bo'linmalarida navbatdagi guruhni o'qitish boshlanishiga 10 kundan kam vaqt qolgan bo'Isa, kurs tayyorgarligiga yakka tartibda tayyorgarlikni o'tmay turib yuborishga ruxsat etiladi.
Yakka tartibdagi tayyorgarlikni boshqarish yong'indan saqlash gamizonlari, o't o'chiruvchi qismlari boshliqlariga va ular tomonidan tayinlangan ustozlarga, kurs tayyorgarligi bo'yicha esa o'quv bo'linmalari boshliqlariga yuklatiladi.
O't o'chiruvchilaming yakka tartibda tayyorgarligi lavozimiga tayinlangan kundan boshlab kurs tayyorgarligiga jo'natilgunga qadar olib boriladi va quyidagilami nazarda tutadi:

  • yong'indan saqlash bo'linmalarining ish faoliyati va tashkiliy asoslari, xizmatni o'tash tartibi, lavozim huquqlari va majburiyatlari, xizmat yo'nalishi bo'yicha asosiy me’yor amaliyoti hujjatlari, ichki tartib va kiyim kiyish qoidalari, himoyalangan gaz niqoblar bilan tan- ishishni;

  • texnika xavfsizligi qoidalarini o'rganishni;

  • yong'inlami o'chirishda va xizmatni o'tashda asosiy vazifalari­ni bajarishni amaliy o'rganishni.

Yakka tartibda tayyorgarlik yong'indan saqlash qismida 10 kun mobaynida 6 soatdan o'tkaziladi, shundan so'ng harbiylashtiril- gan yong'indan saqlash xizmatiga yangi qabul qilinganlar 10, ixti- soslashtirilgan yong'indan saqlash xizmatiga yangi qabul qilin­ganlar esa 7-8 navbatchilik mobaynida qorovulda tajribadan o'tadilar. Bunda yangi qabul qilinganlar yong'in o'chirishga chiq- maydilar, himoyalangan gaz niqobda ishlashga o'rgatish bu vaqtda o'tkazilmaydi.
Xizmat joylarida yakka tartibdagi tayyorgarlik qism boshlig'i tomonidan tasdiqlangan o'quv dars jadvali va mavzuiy reja asosida belgilanadi. Mashg'ulotlami qism boshlig'i va uning o'rinbosarlari, muhandis-inspektorlar tarkibi, qorovul boshliqlari hamda tajribali bo'linma boshliqlari o'tkazadilar.
Xizmat joylarida yakka tartibdagi tayyorgarlikni tashkil qilish- ga yong'indan saqlash gamizon, o't o'chiruvchi qismi boshliqlari javobgardirlar va ular quyidagilami bajarishlari shart:

  • ishga qabul qilingan shaxsni shaxsiy tarkibga tanishtirishi, ustoz biriktirganligi haqida buyruqni e’lon qilishi;

  • ishga qabul qilingan shaxsni lavozim vazifalari bilan tanishtiri­shi va bajaradigan ishlarini belgilab berishi;

amaldagi buyruqlarga asosan, tayyorgarlik vaqtidagi huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishi hamda o'quv jarayoni sharoitlari va tartibi bilan tushuntirishi;

  • xizmat joyida yakka tartibdagi tayyorgarlik mavzuiy rejasini tasdiqlashi va ustozga yo'riqnoma berishi;

  • xizmat joyida yakka tartibdagi tayyorgarlik mavzuiy rejasining bajarilishini muntazam nazorat qilib borishi;

  • o'rganayotgan shaxsning axloqiy va ishchanlik qobiliyatini o4rganishi.

Xizmat joylarida yakka tartibdagi tayyorgarlik tugagandan so'ng o'rganayotgan shaxslar o'rgatilgan materiallar hajmida va xizmatni o'tash hamda yong'inni o'chirish vaqtida texnika xavfsiz- ligi qoidalarini bilishlari bo'yicha sinov imtihonini YSB hay'atiga topshiradilar. Sinov imtihonlari natijasi rasmiylashtiriladi. Bayonnoma asosida qism boshlig'i xizmat joyida yakka tartibdagi tayyorgarlikni yakunlagan shaxslarga o't o'chiruvchi vaqtida mustaqil jangovar harakat qilishlariga ruxsat berish haqida buyruq chiqaradi (baland- liklarda va nafas olishga yaroqsiz muhitlardagi ishlardan tashqari).
O't o'chiruvchilar O'zbekiston Respublikasi IIV, IIB taqsimotiga asosan belgilangan muddatlarda, ammo lavozimga tayinlangan va xizmat joyida tayyorgarlikni yakunlagan kundan olti oydan ko'p vaqt o'tmasdan o'quv bo'linmalariga kurs tayyorgarligiga jo'natiladilar.
O'quv bo'linmasiga bir vaqtning o'zida xizmat joylarida yakka tartibdagi va kurs tayyorgarligidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma tegishli boblari to'ldirilgan holda yuboriladi.
Download 17,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish