1
1- mavzu. Kirish. Areal lingvistikaning maqsad va vazifalari
Reja:
1. Areal lingvistika va lingvistik geografiya munosabatlari.
2. Area so‘zi maʼnosi va areal terminining qo‘llanish doirasi.
3. Areal lingvistikanini talqinlari.
4. Areal lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. Areal lingvistikaning maqsad va vazifalari.
Tayanch tushunchalar
: areal lingvistika, lingvistik geografiya, area, areal,
dialektologiya, areologiya, kartografiya, areologiyalashtirish.
Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) tushunchаsi vа uning mоhiyati.
Bu
terminlarning birinchisi lotincha
area
–
maydon, kenglik, hudud
hamda
lingvistika
–
tilshunoslik
, ikkinchisi esa
lingvistikа
vа
geоgrаfiya
tarkibiy qismlaridan iborat.
Areal lingvistikaning taʼriflari ko‘p, lekin ularning
aksariyatida umumiylik
saqlanadi. Axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarda areal lingvistika
tilshunoslikning til faktlarining keng hududlarga tarqalishi, tillararo va shevalararo
aloqalarining xususiyatlarini lingvistik geografiya metodida o‘rganadigan bo‘limi,
sohasi ekanligi taʼkidlanadi. Shuningdek uning quyidagi tavsiflari bor:
1. Lingvistik areallarni (til va dialektlarning tarqalish hududlari) va til va
dialektlarning geografik joylashuvini o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi.
2. Lingvistikaning shunday yo‘nalishiki, u lingvistik areallarni tadqiq
qiladi, tillarning geografik tarqalishi va ularni muayyan
hududdagi boshqa tillar
bilan birgalikda o‘rganadi.
Areal lingvistika – hudud lingvistikasi (prostranstvennaya lingvistika),
lingvistik geografiya metodi orqali tillarning muayyan makonda va tillar
(dialektlar) aralashgan hududlardagi holatini o‘rganadigan tilshunoslikning
bo‘limidir.
Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya)
shevа хususiyatlаrining turli
hududlarda tarqalishini mахsus belgilаr vа rаqаmlаr vоsitаsidа kаrtа(хаritа)dа аks
ettirish bilаn shug‘ullаnаdigаn diаlektоlоgiyaning bir bo‘limidir,
bоshqаchа
аytgаndа, shevаlаrgа yoki qarindosh tillarga хоs bo‘lgаn хususiyatlаrning tаrqаlish
chegаrаlаrini хаritаdа ifodalashdir. Maqsadi – til va dialektlarning hududiy
xususiyatlari to‘g‘risida, ularning lingvistik geografiya metodida o‘rganilishi
bo‘yicha talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish. Vazifasi – talabalarda til va
dialektlarning tarqalishini kartalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Areal lingvistikaning muammolari:
2
-
muayyan hududda o‘zaro aloqadagi tillar va dialektlarning areal
xususiyatlari tavsiflarini amalga oshiradi;
-
aloqadagi til va dialektlarning xaritalari
va atlaslarini tuzish bilan
shug‘ullanadi;
-
areal tipologiya tamoyillarini ishlab chiqadi;
-
tillar yaqinligi (lingvistik kontaktologiya) qonuniyatlarini ochadi.
Lingvistik geоgrаfiya shevаlаrni o‘rgаnishning bir metоdi hаmdir. Fanda
lingvistik geografiya va dialektologiya munosabatlariga ham e’tibor qaratiladi. Bu
ikki hodisaning obyekti bir bo‘lsa-da, ularning farqlari ham bor. Dialektologiya
shevalarni monografiya, maqola va lug‘atlar yaratish orqali o‘rgansa va xulosalar
chiqarsa, lingvistik geografiya
ularni tizimga tushirib, kartalashtirish bilan
shug‘ullanadi, shuning uchun ham lingvistik geografiyani dialektologiyaning
tadqiqot texnikasi deb ham yuritishadi.
Areal lingvistika til va shevalarni muayyan hududiy chegaralanishi asosida
o‘rganadi va shu jihatdan dialektologiyadan farqlanadi. Ularning farqlari quyidagi
jadvalda ko‘rsatilgan:
Dialektologiya va areal lingvistika munosabati
Dialektologiya
Areal lingvistika
Bir til doirasida shevalarning
fonetik,
leksik
va
grammatik
xususiyatlarini o‘rganadi.
Shevalarning
fonetik,
leksik
va
grammatik xususiyatlarini o‘rganishda
bir til
doirasidan chetga chiqishi
mumkim.
Dialektologiya
shevalarni
monografiya, maqola va lug‘atlar
yaratish orqali o‘rganadi.
Shu bilan birga, ular хususiyatlаrining
turli hududlarda tarqalishini mахsus
belgilаr
vа
rаqаmlаr
vоsitаsidа
kаrtа(хаritа)dа
аks ettirish bilаn
shug‘ullаnаdi.
Shevalarni sinxron va diaxron
aspektda o‘rganadi.
Til va shevalarning o‘rganilayotgan
davri
areali
yaratiladi.
Lozim
o‘rinlardagina til tarixiga murojaat
qilinadi.
Shevalarga
xos
qonunlarning
tabiatini o‘rganadi.
Tillar va shevalarga xos qonunlarning
hududlarda
saqlanish
chegaralarini
belgilaydi.
3
Bir etnik tarkibga ega bo‘lgan,
ya’ni bir lahjaga taalluqli bo‘lgan
shevalarning
turli hududlardagi
xususiyatini o‘rganadi.
Til va shevalarni muayyam hudud
doirasida o‘rganadi.
Shevalarni
hududlar
nuqtayi
nazaridan
emas,
balki
kelib
chiqishiga ko‘ra tasnif qiladi.
Til va shevalarni fokus nuqtasiga ko‘ra
tasnif qiladi.
Shevalarni o‘rganishda birlamchi
bosqichdir.
U o‘rganilgan, yani tadqiq qilingan til
va sheva materiallari
va xulosalariga
asoslanadi.