Ta’lim olish jarayonida yangi bilimlarni o‘rganish
Zamonaviy ta'lim – tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g'oyaviy uyg'unlik ta'lim – tarbiya jarayonida milliy merosning ma'naviy – ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda buyuk ajdodlarimiz, allomayu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy ma'naviy merosi yosh avlodni komillik ruxida tarbiyalashdagi ahamiyati bugungi kunda ham o'z ta'sirini yo'qotgani yo'q.
Zamonaviy ta'lim – tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g'oyaviy uyg'unlik ta'lim – tarbiya jarayonida milliy merosning ma'naviy – ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda buyuk ajdodlarimiz, allomayu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy ma'naviy merosi yosh avlodni komillik ruxida tarbiyalashdagi ahamiyati bugungi kunda ham o'z ta'sirini yo'qotgani yo'q.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Elektron va masofaviy texnologiyalar — ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron ta’lim (E-Learning) — avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin.
O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Metod – grekcha Metodos so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi.