Zardushtiylik



Download 54,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi54,93 Kb.
#242403
  1   2
Bog'liq
Zardushtiylik - Vikipediya (1)



Zardushtiylik

Zardushtiylik,majusizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi.

[1]


Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan,

Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta

Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan edi. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi

"Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni

"majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik"

esa "majusiylik" sifatida tanilgan. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi

oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib

chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi

sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik oqimida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb

qaraladi. Zardushtiylik oqimida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu

oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi.

Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa

sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar

podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam

mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va

Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin 

Islom dini

 hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin

qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon

viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115

mingdan ziyodni tashkil qiladi.

Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar

mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb

hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda

tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka asoslangan

qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi oqimga asos soldi. Zardushtning

tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G'arb

teoriyasi» bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va




zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan

zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan

zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi

qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.

Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning

ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar.

Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda

Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan

Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian

vedja»)da yoqildi" deyiladi.

«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to'g'ri keladi.

Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham

maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni ko'p sonli lashkarlarni botir sarkardalar

boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik uchun barcha

narsa muhayyo, chuqur, suvga mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema yurar daryolari o'z

to'lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug'd hududida),

Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».

Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan

mazkur shaharlar O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg'oqlarida joylashganlaridir.

Avestoning «yasht» qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga

ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qo'shni

davlatga ketadi.

1. Hamidjon Homidiy. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960; Meri Boys, Zoroastriysi, M., 1988; Avesto (Askar

Mahkam tarjimasi). T., 2001; Avesto (Mirsodiq Ishoqov tarjimasi), T., 2001; Homidov H.,

Avesto fayzlari, T., 2001; Boboyev H., Hasanov S, Avesto — maʼnaviyatimiz sarchashmasi, T.,

2001.

Manbalar


Adabiyot

Havolalar





Download 54,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish