Sharq olamida azaldan adabiyot so‘z san’atiga alohida nazar bilan qaralgan. Adabiyot asrlar davomida uch tarkibiy qismga ajratilib, ularning har biri mustaqil fan sifatida chuqur tadqiq etilgan



Download 137,5 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2022
Hajmi137,5 Kb.
#564496
  1   2   3
Bog'liq
Sharq olamida azaldan adabiyot so‘z san’atiga alohida nazar bila



  1. Sharq olamida azaldan adabiyot – so‘z san’atiga alohida nazar bilan qaralgan. Adabiyot asrlar davomida uch tarkibiy qismga ajratilib, ularning har biri mustaqil fan sifatida chuqur tadqiq etilgan. Ular quyidagilar: ilmi aruz, ilmi bade’ va ilmi qofiya. Fors ulamolari bu uchlikni “Ilmhoye segona” (Ilmlar uchligi) deb atashgan.

Turkiy she ‘rshunoslik sohasida Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” risolasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek tilida yaratilgan ilk nazariy manbadir. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” risolasi adabiyotimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Turkiy mumtoz she’rshunoslik, umuman, adabiyotshunoslikni o‘rganish borasida bu asar eng avvalgisi va eng asosiysi sanaladi. Adabiyotning har uchala tarkibiy qismlari (ilmi bade’, ilmi aruz, ilmi qofiya) haqida Taroziy asari keng ma’lumot beradi. Ayniqsa, uning ilmi bade’ga bag‘ishlangan qismi mumtoz adabiyotimiz nazariyasi uchun bosh manbadir. “Funun ul-balog‘a” asari an’anaviy Allohga hamd va payg‘ambarga na’t qismlari bilan boshlanadi. Undan keyin asarning yozilish sabablariga o‘tiladi. Muqaddima ham ancha pishiq ishlangan. Unda arabiy, forsiy she’riy parchalar uchraydi. Muallif kirish qismida asarni temuriyzoda Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlaniga ishora qilib, bir qasida keltiradi.
Risola muqaddimadan tashqari she’r qismlari, qofiya va radif, she’riy san’atlar, vazn, muammo ilmiga bag‘ishlangan besh qismdan iborat. Bu qismlar “fann” deyilib, sarlavhalari arab tilida berilgan: “Al-fann ul-avval fi aqsom ush-she’r”; “Аl-fann us-soniy fi-l-qofiya va radif”; “Аl-fann us-salis fi-sanoe’ ush-she’r”; “Аl-fann ur-robe’ fi-avzon ush-she’r”. Asarning muammoga bag‘ishlangan beshinchi qismi bizgacha yetib kelmagan. “Al-fann-us-solis fis sanoe’-ish-she’r”ning kirish qismida 97 san’at turi sanab o‘tiladi. Bunda muallif arab alifbosi tartibiga rioya qiladi. Bob mundarijasida 97 san`at turi sanaladi, izohda esa 94 ta. “Funun ul-balog‘a”ning “Al-fann-us-solis fis-sanoe’-ish-she’r” bobida mustqil holatda 64 she’riy san’at mavjud.
Risoladagi lafziy san’atlar soni 25 tani tashki etadi, biroq ayrim san’atlar o‘z ichki nav’lariga ham egadir. Agar ular ham hisoblansa, jami lafziy san’atlar hisobi 40 tani ko‘rsatadi. Tushirib qoldirilganlari 3 san`atgina bo`lib qolmay, mundarija va izohda yana bir necha nomutanosibliklar ko`rinadi: tafsir ul-jalo, tafsir ul-xafo, at-tarzeh san`atlari bob avvalida aytilib, bob ichida umuman tilga olinmaydi. Sahli mumtane, nomutanohiy kabilar esa bob ichida ko`rsatiladi-yu, avvalida tilga olinmaydi. Risolada tilga olingan har bir badiiy hodisaga moslab misollar keltirilgan. Ular arab, fors va turkiy tillardagi nasr yoki nazmiy asarlardan olingan. “Asarda jami 91 manbadan misollar keltirilgan bo‘lsa, shulardan 84 tasi shoirlarning she’rlari bo‘lib, qolgan qismi Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan olingan. Shuningdek, “arab donishmandlari” va “fors oqillari”ning nasriy hamda “arab fasehlari” va “ajam donolari”ning naзmiy asarlaridan ham keltirilgan. Ayni vaqtda, muallifi ko‘rsatilmagan she’riy parchalardan ham misol sifatida foydalanilgan”1.


  1. Irsoli masal - bu san’atning arabcha nomi irsol ul-masal fil-bayti. Biroq mumtoz poetikaga doir bir qator asarlarda irsoli masal (forsiy izofa) tarzida qayd etilgan.
    She’riyatimiz tarixida juda ko’p ishlatiladigan bu san’at haqida poetikaga doir deyarli hamma asarlarda ma’lumot berilgan. Biroq uning ta’rifi masalasida ayrim tafovutlar uchraydi. Masalan “Tarjimon ul-balog’a”da; “Balog’at jumlasidan yana biri shuki, shoir baytda hikmat keltiradi va u masal (tamsil) yo’li bilan bo’ladi” deyilsa, “hadoiq us-sehr”da: bu san’at shundan iboratki, shoir baytda mashhur bo’lgan timsol keltiradi deb tushuntiradi. “Aruzi Humoyun”da: “Irsoli masal shundayki, shoir o’z she’rida mashhur masalni keltiradi” deyilsa, “Jami muztasar”da ta’rif berilmay, faqat misol tariqasida keltirilgan bayt va undagi irsoli masal izohlanadi.
    “Ilmi bade’ dar zaboni forsiy”da berilgan ta’rif quyidagicha: “Irsoli masal shundayki, shoir gapda tamsil qilishga loyiq bo’lgan mashhur masal “Ki hikmatomuz ibora keltiriladi, yohud gap ravonligi jihatidan juda maqul tushib, zarbulmasalga aylanadi”.

“Funun ul-balog‘a” risolasining uchinchi bobida 39 ma’naviy san’at haqida ma’lumot beriladi. Bu san’atlarning ba’zilari ichki turlarga ham ega. Jumladan, at-tashbehot, al-irsolul-masal, al-iltifot, al-jam’-ul-mufrad san’atlari bu xususiyatga ega.
Al-irsolul masal san’ati. Bu san’at ham 2 nav’ga ega: al-irsolul masal va al-irsolul-masalayn. Biroq muallif nazarida ularning har biri alohida mustaqil san‘at sifatida talqin etilgan.
Xullas, bu san’atning mohiyatini shunday izohlash mumkin: Irsoli masal gapda, yoki she’rda maqol, metal va hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li bilan ishlatish san’atidir. soli masal poetik san’at sifatida she’riyatimizning qadimgi namunalarida ham uchraydi. “Qutadg’u bilig” da “Hibat ul-haqoyiq” singari mashhur obidalarda bu san’atning mahorat bilan ishlatilgan o’nlab namunalarini ko’rish mumkin. Chunonchi, Ahmad Yugnakiy: “O’qigan va eshitganlarga foydali va yoqimli bo’lsin deb kitobimni nasihat va maqollar bilan bezadim”, deb yozadi.
Mazkur asarlardan keyin yuzaga kelgan nasriy va she’riy asarlar tarkibida ham bu san’at muhim poetik vosita sifatida ishlatilgan.
Irsoli masalning Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek lirikasida qo’llanishi ustida gap borar ekan, bu san’atning yuksak namunasi sifatida Lutfiy va Atoiyning yuzlab baytlarini keltirish mumkin. Chunki bu shoirlar g’azaliyotida mazkur usul xilma-xil yo’sinda nihoyatda ko’p ishlatilgan bo’lib, ular uslubining yetakchi fazilatlaridan biriga aylangan. Hattoki Lutfiy, Atoiy devonlarida barcha baytlari irsoli masal bilan tugagan yaxlid g’azallarni uchratish mumkin.
Alisher Navoiy g’azaliyotida bu uslub yanada sayqal topdi: uning she’rlarida, bir tomondan, yangidan jalb qilingan maqol, metal va hikmatli so’zlarni ko’plab uchratsak. Ikkinchi tomondan, ularning xilma-xil maqsad uchun rang-barang uslubda ishlatilganligini ko’ramiz. Shuningdek, Navoiyning o’zi ham hikmatli so’z darajasiga yetgan ko’plab bayt, misra va iboralar yaratgan.
She’riyatimiz tarixida maqol, metal va hikmatli iboralarning poetik maqsad uchun ishlatilishida, asosan uchta muhim xususiyat ko’zga tashlanadi: 1. Keltirilayotgan maqol yoki matalga “masaldur” yoki “masaldurkim” so’zi yordami bilsn aniq ishora qilinadi., uning xalq orasida ma’lum va mashhur ekanligi ta’kidlanadi. 2. Maqol yoki metal (hech qanday ishorasiz) aynan keltiriladi. 3. Maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli biroz o’zgartiriladim yoxud she’riy vazn talabi bilan yangicha shaklda ifodalanadi.


  1. Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Ta’limiy harakterdagi, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy shakldagi asar. Masalda insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va kinoyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi masalga hajviy ruh bag‘ishlaydi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarda yaqin bo‘lib, xotimasi, ta’limiy xulosasi maqol, hikmatli so‘z va iboralar tarzida bo‘ladi. Masal materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqalarda ham qo‘llanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda masalning o‘z an’anaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud bo‘ladi (hayvonlar, o‘simliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). Masal janri unsurlari juda qadimdan ma’lum. Uning namunalari “Kalila va Dimna” (Panchatantra) tarkibida uchraydi. Masallar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida masaldan mohirlik bilan foydalangan. Qadadimgi yunon adabiyotida Ezop (mil. 6—5-a.lar), Rim adabiyotida Fedr (mil. av. 1-a.), fransuz adabiyotida Lafonten (17-a.), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalikov masalning ajoyib namunalarini yaratdilar. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qo‘chqorbekov, Ya. Qurbonov va b. masal janrini rivojlantirdilar. “Masal — majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy shakldayoziladi. Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratdir. Bular ramziy-majoziy ma’noda qo‘lanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli xususiyatlarga ishora sifatida keltiriladi. Masalning asosiy jihati shuki, u to‘liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltiriladi.”2 Masal bola aqlining rivojiga, qiziqishiga imkoniyatlar ochib beradi. Ular yordamida bolalarning go‘daklik chog‘laridanoq adolatparvarlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularining shakllanishi, tabiatga, hayvonot olamiga mehr-muhabbatlarining oshishi uchun keng yo‘l ochiladi. Bolalar har bir masaldagi yaxshi-yomonni, gunoh-savobni bilib, mag‘zini chaqib, tushunib o‘sadilar. Bu esa, ularning kelajakda oqko‘ngil, mehnatkash, ota-onaga, ona-Vatanga, hayvonot olamiga muhabbatli bo‘lishlari uchun ko‘prik vositasini ado etadi. Masal eshitib, tinglab o‘sgan har bir inson kelajakda, albatta, o‘ylab, chamalab, aql bilan ish ko‘radigan, qissadan hissa chiqaradigan bo‘ladi. Masallar ko‘proq hayvonlar, jonivorlar, parranda-yu darrandalar, o‘t-o‘lanlar misolida bo‘ladi. Vaqti kelganda bular ustidan kulinadi, xulosalar chiqariladi.

Buyuk Karimiy ikkinchi jahon urushi va undan keyingi dastlabki yillarda “Zarbulmasal”ning ikki qo‘lyozma va to‘rt litografik nusxalari asosida asarning tanqidiy matnini tuzdi, lekin bu matn, ma’lum sabablarga ko‘ra, ommalashmay qo‘lyozma xolida qolib ketdi. 1970-yillarga kelib Andijondan asarning nisbatan eskiroq, butunroq va ishonchliroq qo‘lyozma nusxasi topilib qolgan. Shu munosabat bilan ushbu satrlar muallifida ham “Zarbulmasal”ning bor qo‘lyozma va bosma nusxalarini jamlash, qiyoslash, agar manbalar izn bersa, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish niyati to‘g‘ildi. O.Sharafiddinovning Gulxaniy “Zarbulmasal”ining xilma-xil qo‘lyozmalari borligi haqidagi xabarga ishongan edi.
“Zarbulmasalning” Andijon nusxasi (A), Buyuk Karimiy qo‘lida bo‘lgan ikki qo‘lyozma (BK1, BK2), Qo‘qon adabiyot muzeda saqlanuvchi uch manba (Q1, Q2, Q3) va undan ziyot litografik nusxalarni jamlab ularni qiyosiy o‘rganish natijasida asarni ilmiy – tanqidiy matnini yratdi. Bu matnlarga tayanib Muhammad Sharif Mulla Gulxaniyning “Zarbulmasal” nomli asari o‘zbekcha nasriy badiiy obidalrning kamyob namunasi bo‘lishi bilan birga, mazmuni, tuzilishi, tasvir usuli va vositalarining milliyligi o‘ziga xoslik jihatidan ham alohida qiymatga ega bo‘lgan nodir yodgorliklardan biridir desak adashmagan bo‘lamiz. Uning iliy-tanqidiy matnini yaratishga birinchi bo‘lib qo‘l urgan Buyuk Karimiy edi va u “Zarbulmasal” haqida shunday fikrlarni bildirdi: “Bu asar yuzasidan so‘z yuritgan bir qator olimlar “Zarbulmasal”ni, ko‘pincha, masallar to‘plami sifatida izohlab kelishmoqda. Ammo shunisi hammaga aniq va ravshanki, o‘zbek klassik adabiyotida “masal” va “Zarbulmasal” terminlari hozir biz tushunadigan ma’noda ya’ni ”basnya” ma’nosida emas, balki boshqacharoq ma’noda qo‘llaniladi.
Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiydan keltirilayotgan quydagi baytlar mazmuniga e’tibor bering:

Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish