O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari. Reja



Download 26,45 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2022
Hajmi26,45 Kb.
#325582
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari.


O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari.
Reja:


  1. Tabiat muvozanatining Orol muammosi natijasida o‘zgarib borishi va uni bartaraf etish yo‘llari 

  2. Orol dengizi muammosining tabiiy va ekologik jarayonlarga ta’siri

  3. O’zbekiston agroekotizimlari muammolar



Tabiat muvozanatining Orol muammosi natijasida o‘zgarib borishi va uni bartaraf etish yo‘llari 
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar tobora jiddiylashib, ayrim o‘lkalarda bu ziddiyat juda chigal va xavfli tus olmoqda. Buning natijasida ekologik vaziyat joylarda, ba’zan tang yoki falokat darajasiga yaqinlashmoqda. Keyingi yillarda noxush hodisalar avvalgi davrlarga nisbatan planetamizda tez-tez qaytarilib, tobora katta hududlarni egalab olmoqda. Hududiy muammolar quruqlik va suv havzalarida, Yer kurasining ma’lum tabiiy chegaralariga ega bo‘lgan ayrim qismlarida tarkib topmoqda. Binobarin, ularning ko‘pincha bir necha davlat, ba’zan esa yirik bir mamlakat doirasida ham rivojlanishi kuzatilmoqda. Shuning uchun ham vujudga kelayotgan ekologik muammolar regional xususiyat kasb etmoqda.

Dunyoda keng tarqalgan hududiy geoekologik muammolar O‘rta, Qora, Azov, Baltik, Shimoliy, Karib dengizlari havzalari, Fors qo‘ltig‘i; quruqlikdagi suv havzalari; Kasbiy va Orol dengizlarii, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko‘llar; Issiqko‘l; yirik daryolar: Dunay, Volga, Missisipi, Reyn va boshqalarga xos.

Demak, ta’kidlab o‘tilganidek, bugungi kunning eng jiddiy muammolaridan biri Orol dengizining qurib borishi va buning natijasida cho‘llashish jarayonining rivojlanishidir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha fikrni bayon etgan: “Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo‘qolib borishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz halok bo‘lgan hol hali ro‘y bergan emas edi”.

Haqiqatdan ham, bugungi kunda ko‘z o‘ngimizda planetamizda eng katta falokatlardan biri sodir bo‘lmoqda. Yer yuzida kattaligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengiz-ko‘li qurib bormoqda, uning o‘rnida ulkan Orol cho‘li tarkib topmoqda, bu jarayonda Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt cho‘llari o‘zaro birlashmoqda. Turon past tekisligining qoq markazida obihayot maskanining yo‘qolib borishi, cho‘llarning kengayishi, o‘lkada cho‘lga aylanish jarayonining avj olishiga sabab bo‘lmoqda.

Orol dengizi va unga yondosh hudud O‘rta Osiyo mintaqaviy-ijtimoiy ekosistemasining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 473 ming kv. km., aholisi esa 35 mln. dan ortiq.

Orol dengizi qit’a ichkarisidagi suvi oqib chiqib ketmaydigan, tuzli hamda dengiz va ko‘l hislatlariga ega bo‘lgan suv havzasidir. Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suv yetkazib beradi.

1960 yillargacha Orol dengizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga tushuvchi suvlari va yog‘in-sochin suvlari dengiz yuzasidan bug‘lanadigan suv hajmiga teng kelar edi.

Sobiq sovet hokimiyati yillarida ilgari ko‘chmanchi chorvachilik va sug‘oriladigan dehqonchilik mavjud bo‘lgan Orolbo‘yi jadal sug‘orishga asoslangan, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish o‘lkasiga aylandi. Ayniqsa, mustaqillikgacha bo‘lgan chorak asr mobaynida sug‘orish va sanoatni rivojlantirish uchun qaytarilmas suv iste’molining o‘sishi, shuningdek qator yillardagi qurg‘oqchilik Orol dengiziga daryo suvlari quyilishining asta-sekin kamayishiga, hatto butunlay to‘xtab qolishiga olib keldi.

Paxta va boshqa ekin maydonlarini sug‘orish uchun suvdan betartib foydalanish, keyingi yillarda Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlari kelib quyilishining keskin qisqarishiga olib keldi. Dengiz sathi 16 metrdan ziyod pasaydi. Suv maydoni 1960 yillar boshlaridagiga nisbatan uch barobarga qisqarib, suv hajmi 60 %ga kamaydi.

Ta’kidlanganidek, Orol sathi 1961 yildan pasaya boshladi. 1961-1970 yillar mobaynida pasayish o‘rtacha 21, 1971-1980 yillarda 68, 1981-1985 yillarda 80 sm ni tashkil qildi.




Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish