Ibrohimova Hulkaroy



Download 89,08 Kb.
bet1/10
Sana12.07.2022
Hajmi89,08 Kb.
#784389
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5258326063901054533


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA TEXNIKA FAKULTETI
Fizika yo’nalishi 20.13A-guruh talabasi
Ibrohimova Hulkaroyning
“Fizika o’qitish metodikasi”
fanidan
“Fizikani o’qitishda tizimli tahlil ” mavzusidagi


KURS ISHI

Kurs ishi rahbar: fizika kafedrasi o’qituvchisi: O.Dehqonova


Farg’ona 2022

MUNDARIJA




1.2. Fizika o‘qitish metodikasining vazifalari va maqsadi 5
1.3 “Fizika” kursining boshqa o‘quv predmetlari bilan o‘zaro aloqasi 7





KIRISH
Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, bunda ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga tayyorlashni tashkillashtirish uchun zamonaviy pedagog o’quv jarayoni davomida xar tomonlama afzalliklarga ega multimedia vositalaridan to’g’ri foydalana bilishi muxim ahamiyatga ega.
Bugungi kunga kelib ta'lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat qilishi yetarli samara bermay qoldi. O'qitish, o'rganish jarayonida o'quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o'rgana olishi, mustaqil masalalar yecha olishi ta'lim samaradorligini o'quvchilarning mustaqil bilim olishlarining ahamiyati katta.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Fizikani o’qitishda tizimli tahlil asosini o‘rganishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifalari: O‘zbekistondagi barcha ta‘lim muassasalarida fizikani o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.

I BOB. FIZIKA O'QITISH METODIKASI PEDAGOGIK FAN SIFATIDA


1.1.Fizika o‘qitish metodikasining predmeti
Fizika o‘qitish metodikasi-pedagogik fanlardan biri bo‘lib, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi fizika fanining rivojlanishi uning jamiyat taraqqiyotidagi roli bilan bog‘liqdir. Jamiyat moddiy va ma’naviy jihatdan rivojlanib borishi bilan yangi avlodni o‘qitish jarayoni kengayib va murakkablashib boradi. Ilmiy bilimlarning ortib borishi, fanlarning tarmoqlari ko‘payib borishi esa o‘quv predmetlarini va ularning mazmunini kengayishiga olib keladi. Bu jarayonlar o‘z navbatida pedagogikaning yangi tarmoqlari, yangi o‘quv predmetlari metodikasini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
O‘qitishning barcha metodlari o‘qitishning umumiy nazariyasi, ya’ni didaktikaga asoslanadi va shu sababli, ularni xususiy didaktika ham deyiladi. Xususiy didaktikalarning asosiy vazifasi bo‘lib, fanlarni o‘qitish qonuniyatlarini ochib berish, mazmunini aniqlash, fanlarni o‘rganish metodlari va tashkil etish shakllarini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. YAqin vaqtlargacha bu fanlar o‘qitish metodikasi deb nomlanar edi, keyingi paytlarda o‘qitish texnologiyasi deb yuritilmoqda.
Fizika fanining rivojlanishi pedagogika fanlari tizimida fizika o‘qitish metodikasini eng asosiy o‘rinlardan birini egallashiga olib keldi. Fizika o‘qitish metodikasining predmeti bo‘lib, fizika o‘qitish jarayoni hisoblanadi. Ma’lumki, har bir jamiyat ta’lim muassasalari oldiga aniq vazifalar qo‘yadi.
Bu vazifalar jamiyatni rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqadi. Bugungi kunda bizning Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurishi, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu albatta, ta’lim tizimini oldiga ham muayyan vazifalar qo‘yadi.
Fizika asosini fundamental nazariyalar, tabiat qonunlari, ilmiy tushunchalar tashkil etgan nazariy fan bo‘lib, u mikro va makro olamni elementar zarralar va elektromagnit maydon haqidagi eksperimental dalillarga tayanadi. Fizik nazariyalar bu maxsus nisbiylik nazariyasi va gravitatsion, klassik va kvant mexanikasi, qattiq jism fizikasi va moddalar tuzilishi, statistik fizika va termodinamika, yadro va elementar zarralar fizikasi va boshqalardir.
Fizika dastlabki paytlarda asosan moddalarning xossalarini va tabiat hodisalarini o‘rganish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinchalik u o‘rganadigan sohalar soni keskin oshdi va bu fizikani sistemalashtiruvchi va evristik ahamiyatini oshishiga olib keldi.
Shunday qilib, fizika o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotmagan holda borgan sari nazariy fan bo‘lib, bormoqda. SHuni, alohida ta’kidlash zarurki, fizika o‘rganadigan ob’ektlar doirasi juda keng va bu sohada kashf qilingan qonunlar juda universaldir.
Bu esa o‘z navbatida fizikani boshqa tabiat fanlari ichida etakchi o‘ringa olib chiqdi.
Fizika va boshqa tabiat fanlari rivojlanishining hozirgi kuni uchun tarmoqlantirish va biriktirish (integratsiyalash) muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunga hozirgi paytda bir tomondan fizika, kimyo, biologiyalardan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan bir qator fanlarni, boshqa tomondan esa bu fanlar metodlarini boshqa fanlarga kirib borganini, biofizika, biokimyo kabi boshqa fanlarni paydo bo‘lganligini ko‘rsatish mumkin. Ma’lumki, tabaqalashtirish (differensiyalash) o‘zining ob’ektiv mazmuniga ko‘ra fanning bo‘linish natijasi hisoblanadi, integratsiya esa uning aksi, ya’ni fanlarni qo‘shilishi hisoblanadi.
Fizikaning yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘ziga xos xususiyatlari uning o‘quv predmeti sifatidagi muhim belgisi va xususiyatini ham aniqlaydi.
Bularning biri namoyish (demonstratsion) va eksperimental tajribalardir. Namoyish tajribalar o‘qituvchi tomonidan bashqariladigan muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan tajribalardir. Talabalar bajaradigan eksperimenal tajribalr ham shunga o‘xshash bo‘ladi, lekin bu ekperimental tajribalarni farqi ular o‘zlari mustaqil bajaradilar”.

Download 89,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish