Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Хususan, eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo’nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq shularning amalga oshirilishi uchun butun ma’suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk yuulishi mumkin ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o’rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho’rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas “ma’naviy” merosdan poklanmasdan turib istiqlolga ximazt qiladigan, fuqarolik qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
Тo’rtinchidan, istiqlol davri O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri-o’tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho’ro davrida tarkib topgan munosabat “illat” sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg’unligi ta’minlandi. Birinchi Perizdentimiz Islom Karimov qayd etib o’tganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustivor vazifa xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga kuch-kuvvat beradigan, keng ommaga ta’sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijitmoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir.
Mustaqil O’zbekistonda istiqlol ma’naviyat sohasida mavjud bo’lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoqda. Chunonchi, agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho’rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim.
O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati
O’zbekiston xalqi mustaqilligini qo’lga kiritib, suveren demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishni oliy maqsad qilib belgilab oldi.
Demokratik davlat xalq tomonidan saylovlar yo’li bilan shakllantiriladigan, uning vakillik organlari orqali boshqariladigan, fuqarolik jamiyati institutlari yordamida nazorat qilinadigan davlatdir. Demokratik davlat xalqning yuksak ma’naviyatiga asoslanadi.
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol gʻoyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. Gʻoyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzgʻunchi gʻoyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol koʻrsatmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida taʼkidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy gʻoyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon boʻladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy gʻoya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uygʻunlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” eʼtiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yoʻlida safarbar qilganiga misollar koʻp. Ularning aksarida milliy gʻoya milliy qadriyatlarga bogʻlab singdirilganini koʻramiz.
Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy gʻoyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, ragʻbat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, gʻoyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati oʻlaroq, dunyo “Yapon moʻjizasi”ning guvohi boʻldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy taʼlimotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy taʼlimot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq boʻlish” gʻoyasi asosida tashkil etildi. Yoshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uygʻun tutish oʻrgatib borildi.
AQSHda davlat mafkurasi yoʻq, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning maʼnaviyatini oʻrgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yigʻindisi, millatning maʼnaviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura boʻlmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik boʻlmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat boʻlishi mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet boʻlsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi.
Janubiy Koreyada ham milliy gʻoya xalqning milliy oʻzligiga va yoshlar tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy gʻoya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. Yoshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning taʼlim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.
Mamlakatimizda milliy gʻoyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qoʻyilmoqda.
Ilgari milliy gʻoyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy gʻoya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin koʻzlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni koʻrar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan notoʻgʻri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qoʻporib tashlash qiyin kechyapti. Milliy gʻoya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.
Ilgari milliy gʻoya ijtimoiy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablagʻi, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy gʻoya gumanitar masala boʻlib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy gʻoya roʻyobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol oʻynaydi. Demokratiya – toʻgʻrilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zoʻravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. Shu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. Chunki milliy gʻoya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi boʻlsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy gʻoya ham quruq shiorlar boʻlib qoladi. Xalq norozi boʻladi. Xalq norozimi, demak, milliy gʻoya oʻz bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan boʻladi.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining nazariy va metodologik ahamiyati
Islоm Kаrimоv ushbu аsаridа mustаqil O’zbеkistоnni rivоjlаntirishning mа’nаviy-ахlоqiy nеgizlаrini bеlgilаb bеrаr ekаn, “O’zbеkistоnni yangilаsh vа rivоjlаntirishning o’z yo’li-to’rttа аsоsiy nеgizgа аsоslаnаdi” - dеb ko’rsаtdi vа quyidаgilаrni bеlgilаb bеrgan edi.
- umuminsоniy qаdriyatlаrgа sоdiqlik;
- хаlqimizning mа’nаviy mеrоsini mustаhkаmlаsh vа rivоjlаntirish;
- insоnning o’z imkоniyatlаrini erkin nаmоyon qilishi;
- vatanparvarlik .
Аsаrdа аnа shu nеgizlаrning mоhiyati hаm оchib bеrilgаn. Jumlаdаn, Islоm Kаrimоv shunday yozаdi: “Mustаqil O’zbеkistоnning kuch-qudrаti mаnbаi - хаlqimizning umuminsоniy qаdriyatlаrgа sоdiqligidir.
Хаlqimiz аdоlаt, tinchlik, аhil-qo’shnichilik vа insоnpаrvаrlikning nоzik kurtаklаrini аsrlаr оshа аvаylаb - аsrаb kеlmоqdа. O’zbеkistоnni yangilаshning оliy mаqsаdi аnа Shu аn’аnаlаrni qаytа tiklаsh, ulаrgа yangi mаzmun bаg’ishlаsh, zаminimizdа tinchlik vа dеmоkrаtiya, fаrоvоnlik, mаdаniyati vijdоn erkinligi vа hаr bir kishini kаmоl tоptirish uchun zаrur shаrt-shаrоitlаr yarаtishdir” .
Ko’rinib turibdiki, Birinchi Prеzidеntimiz o’z аsаridа mа’nаviyatimizni rivоjlаntirish vаzifаlаrini bеlgilаb bеrgаn.
Muаllif хаlqimizning mа’nаviy ildizlаri chuqur ekаnligini аlоhidа tа’kidlаydi, ulаrni qаytа tiklаsh vа yangi mаzmun bilаn bоyitish zаrurligini strаtеgik vаzifа sifаtidа bеlgilаydi. Bu mаsаlаgа аlоhidа e’tibоr bеrish zаrurligini tа’kidlаyotgаnimizgа аsоsiy sаbаb shuki, muаllif kеyingi аsаrlаrida hаm mа’nаviy mеrоsimizni qаytа tiklаsh g’оyasi ijоdiy rivоjlаntirаdi vа uning millаtimiz mа’nаviy tаrаqqiyoti uchun аsоsiy yo’nаlish bo’lishini аsоslаb bеrаdi.
Аsаrdа mа’nаviyatning хаlqimizning mа’nаviy ruhini mustаhkаmlаsh vа rivоjlаntirishdаgi rоli hаm аsоslаb bеrilgаn. Jumlаdаn, Birinchi Prеzidеntimiz shunday yozаdi: “Хаlqimizning mа’nаviy ruhini mustаhkаmlаsh vа rivоjlаntirishdir. O’zbеkistоndа dаvlаt vа jаmiyatning eng muhim vаzifаsidir Mа’nаviyat shunday qimmаtbаhо mеvаki, u bizning qаdimiy vа nаvqirоn хаlqimizning qаlbidа butun insоniyatning ulkаn pаllаsidа o’z mustаqilligini tushunib yetish vа оzоdlikni sеvish tuyg’usi bilаn еtilgаn”.
Mа’nаviyatning milliy tаrаqqiyotidаgi o’rni vа uni o’zlаshtirish zаrurligi аsаrdа ilmiy аsоslаngаn: “Mа’nаviyat o’z хаlqining tаriхini, uning mаdаniyati vа vаzifаlаrini chuqur bilish vа tushunib еtishgа suyangаndаginа qudrаtli kuchgа аylаnаdi”.
Islоm Kаrimоv o’z аsаridа mаmlаkаtimizdа milliy mа’nаviyatni tiklаsh vа rivоjlаntirish dаvlаt siyosаtidа ustuvоr vаzifа ekаnligigа e’tibоrni qаrаtib quyidаgi konseptual g’оyani ilgаri surаdi. U shunday yozаdi: “Оldin оdаmlаrgа mоddiy bоylik bеrish, so’ngrа mа’nаviyat to’g’risidа o’ylаsh kеrаk dеydigаnlаr hаq bo’lmаsа kеrаk. Mа’nаviyat - insоnning, хаlqning, jаmiyat, dаvlаtning kuch-qudrаtidir. U yo’q jоydа hеch qаchоn bахt-sаоdаt bo’lmаydi...”
Birinchi Prеzidеntimiz tоmоnidаn ilgаri surilgаn bu konseptual g’оyaning nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati shundаki: birinchidаn, bu bilаn muаllif sоbiq sho’rоlаr dаvridа mа’nаviyatni rivоjlаntirishgа uchinchi dаrаjаli оmil sifаtidа qаrаlishining ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy vа mа’nаviy-mа’rifiy inqirоzining sаbаblаrini hаm ko’rsаtib bеrаdi. Ikkinchidаn, mа’nаviyatni rivоjlаntirmаsdаn, shахsning mа’nаviy-ruhiyatini o’zgаrtirmаsdаn turib jаmiyatdа ko’zlаngаn mаqsаdni аmаlgа оshirish mumkin emаsligigа аsоsiy e’tibоrni qаrаtgаn.
Birinchi Prеzidеntimizning yanа bir muhim konseptual g’оyasi mа’nаviyat shахsning eng muhim mеzоni vа shuning bilаn birgа uni kаmоlоtgа eltuvchi, o’z-o’zini аnglаtuvchi vа o’z imkоniyatlаrini yuzаgа chiqаrtiruvchi ulkаn оmil ekаnligini ilmiy аsоslаgаnligidir.
Islоm Kаrimоvning milliy-mа’nаviy tiklаnishgа bаg’ishlаngаn konsepsiyasidа vatanparvarlikning shахs mа’nаviyatnning аjrаlmаs qismi ekаnligini аsоslаb bеrish аlоhidа o’rinni egаllаydi. Hаqiqаtаn hаm o’z Vаtаnini sеvmаgаn, uning hаr qаrich yеri uchun mаs’ulligini his etmаgаn hаr bir insоn mа’nаviy jihаtdаn qаshshоq hisоblаnаdi. Muаllim tаlаbаlаr diqqаtini хuddi mаnа shu g’оyaning mоhiyatini tushunib еtishgа qаrаtishi lоzim.
Birinchi Prеzidеntimiz mаzkur аsаrdаgi milliy-mа’nаviy tiklаnish vаzifаsini аmаlgа оshirishgа bаg’ishlаngаn konsepsiyalаrini o’zining bоshqа аsаrlаridа ijоdiy rivоjlаntirgаn, yangi mаzmun bilаn bоyitgаn, tаrаqqiyotimizning yangi bоsqichidа yuzаgа kеlаyotgаn muаmmоlаrni hаl qilish ehtiyojlаrigа mоs rаvishdа uning yangi yo’nаlishlаrini bеlgilаb bеrgаn edi.
Хususаn, ulаr “O’zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo’lidа”, “O’zbеkistоnning siyosiy-ijtimоiy iqtisоdiy istiqbоlining аsоsiy tаmоyillаri”, “Аmir Tеmur - fахrimiz, g’ururimiz”, “O’zbеkistоn XXI аsr bo’sаg’аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri”, “Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri”, “Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo’q”, “Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni - хаlq, millаtni - millаt qilishgа хizmаt etsin”, “O’z kеlаjаgimizni o’z qo’limiz bilаn qurmоqdаmiz (“Turkistоn” gаzеtаsining muхbiri sаvоllаrigа jаvоblаr)”, “Оllоh qаlbimizdа, yurаgimizdа (“Turkistоn Prеss” ахbоrоt аgеntligi muхbirining sаvоllаrigа jаvоblаr)”, “O’zbеkistоn XXI аsrgа intilmоqdа”, “Оzоd vа оbоd Vаtаn, erkin vа fаrоvоn hаyot - pirоvаrd mаqsаdimiz”, “Milliy mаfkurа - kеlаjаk pоydеvоri”, “Dоnishmаnd хаlqimizning mustаhkаm irоdаsigа ishоnаmаn” “Fidоkоr” gаzеtаsi muхbiri sаvоllаrigа jаvоblаr kаbi аsаrlаri, nutqlаri vа muхbirlаr sаvоllаridа o’z ifоdаsini topgan.
Birinchi Prеzidеntimizning yuqоridаgi аsаrlаridа ilgаri surilgаn konseptual g’оyalаrni umumlаshtirаdigаn bo’lsаk, ulаr quyidаgi yo’nаlishlаrni o’z ichigа оlаdi:
1 - mа’nаviy mеrоs vа diniy qаdriyatlаrni chuqur o’zlаshtirish millаtimizning o’z-o’zini аnglаshigа erishish, milliy g’urur iftiхоr tuyg’ulаrini izchillik bilаn mustаhkаmlаsh;
2 - mustаqillik shаrоitidа milliy g’оya vа milliy mаfkurаni shаkllаntirish hаmdа uni хаlqimiz dunyoqаrаshigа аylаnishgа, erishish;
3 - tа’lim tizimini islоh qilish, kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirish, sоg’lоm аvlоd dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа jismоnаn bаquvvаt, ruhi, fikri sоg’lоm, iymоn-e’tiqоdi butun, bilimli, mа’nаviyati yuksаk, mаrd vа jаsur vаtаnpаrvar аvlоdimizni shаkllаntirish;
4 - milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning jаhоn sivilizаtsiyasidаgi o’rnini tiklаsh vа bugungi kundа mа’nаviyat, mа’rifаt fаn, tехnikа, tехnоlоgiya yutuqlаrini chuqur o’zlаshtirish аsоsidа hоzirgi zаmоn umumjаhоn mа’nаviyati tizimi rivоjigа hissа qo’shish;
5 - yoshlаr mа’nаviyatini milliy istiqlоl g’оyalаri bilаn bоyitib bоrish, ulаr оngidа mаfkurаviy immunitеtni kuchаytirish:
6 - insоniyatning аsrlаr dаvоmidа yarаtgаn vа umumjаhоn mulkigа аylаngаn bаrchа bоyliklаrini milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning аjrаlmаs qismigа аylаntirish kаbilаrdir.
Ma’naviyatning yaxlit soha sifatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz asoslarini ilmiy-nazariy o’rganish zarurati.
Hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy
xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, ularda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi belgilab olindi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsiy tashabbusi bilan 1997-yil “Ma’naviyat asoslari” maxsus fani respublika ta’lim tizimiga joriy etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining birinchi o’rinbosarlari ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanuvchi rahbar etib belgilab qo’yildi. Oliy ta’lim tizimida haftada bir marta ma’naviyat-ma’rifat soatlari o’tkaziladigan bo’ldi. Mamlakatimizning taniqli olim va ma’rifatparvarlari qisqa fursatda “Ma’naviyat asoslari” fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar yaratdilar.
Respublika davriy matbuotida ilmiy-amaliy mazmundagi yuzlab maqolalar, radio va televideniyeda maxsus eshittirish va ko’rsatuvlar
tashkil etilib, hozirda samarali faoliyat olib bormoqda. Qisqa davrda “Ma’naviyat asoslari” fanidan o’quv mashg’ulotlari olib boruvchi o’qituvchi mutaxassislar yetishib chiqdi.
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” Hukumat qarori (422-son, 06.07.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda – 2020/2021-o’quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022-o’quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o’quv-metodik majmualar yangi o’quv yili boshlangunga qadar chop etilib, joylarga yetkaziladi.
2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o’quv yili boshlangunga qadar umumta’lim maktablaridagi “Boshlang’ich ta’lim”, “Milliy g’oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o’qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o’quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari respublika byudjeti hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Qaror bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi tasdiqlandi.
Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni
2019 yil 3-may O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi. O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilandi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida respublika bo’ylab “Ma’naviyat festivali” va “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” tanlovi o’tkaziladi.
“Bu yilda o’qish zarur bo’lgan 100 ta kitob” ro’yxati tuziladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Respublika kengashining, uning hududiy bo’lim va bo’linmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.
Qarorga muvofiq, uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog’lomlashtirish metodikasi ishlab chiqiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun mas’ul xodimlar Markaz huzuridagi “Ma’naviyat targ’ibotchisi” ta’lim muassasasida o’qitiladi.
Qaror bilan “Ma’naviyat fidoyisi” ko’krak nishoni ta’sis etildi.
Markaz rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to’g’risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo’lgan organlar ro’yxatiga kiritildi.
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi, milliy va diniy qadriyatlaming tiklanishi
Birinchi Prezidentimizning tashabbusi va tarixiy jasorati bilan 1989-yildayoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq yurtimizda “Navro’z” bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari katta bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingani – bu kabi muhim tarixiy qarorlar xalqimizning asriy orzu va armonlari ro’yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo’lida ilk yirik qadamlar bo’lganini alohida ta’kidlash darkor.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o’rganish ham katta o’rin egallaydi. Shu sababli Birinchi Prezidentimiz to’lonlaridan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o’rganish va targ’ib etish uchun keng yo’llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat to’lonidan katta mablag’lar ajratildi. O’zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o’quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o’choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo’yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo’yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo’ja Ahror, Cho’lpon, Fitrat kabi allo’lalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi. Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta xizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg’or namoyandalari Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To’lepbergenov, Ibrohim Yusupovlar O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o’tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Bu tantanaga bag’ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi.
1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko’lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag’ishlangan haftalik o’tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo’lib o’tdi. YUNESKO to’lonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur no’li berilgan bog’lar, ko’chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko’lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag’ishlanib kechalar o’tkazila boshlandi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag’ishlab,Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan “Al-Jome as-Sahih”(“Ishonarli to’plam”), “Al-adab, al-mufrad” (“Adab durdonalari”) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi3.
1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi4. Respublikada yubileylar munosabati bilan allo’lalar hayotiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko’rgazmalar ochildi.
1992-yil Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
Milliy ma’naviyat nazariyasining shaklianishida davlat rahbarining o’rni va roli
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san’atimizni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo’llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
Unda mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlangan edi.
Xalqimizning boy madaniy merosini tiklash va o’rganish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizda O’zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barpo etilmoqda. O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, O’zbekistonning yangi tarixi markazi faoliyati yo’lga qo’yilmoqda. Kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilib, hududlarda ulug’ san’atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil qilinmoqda.
Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh iste’dod egalarining iqtidorini yuzaga chiqarish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining uchrashuvdagi ma’ruzasida madaniyatimiz va san’atimizning rivojlanish jarayonlari, bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotiga ta’siri xolisona va tanqidiy baholanib, o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari haqida atroflicha fikr yuritildi. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyati chuqur tahlil etildi. Ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o’rni va vazifasi haqida muhim va dolzarb fikrlar bayon qilindi. Prezidentimiz xalqimizning ma’naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san’at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g’oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |