9-sinf O’zbek tili Test savollari. III chorak
1 O’zbekistonda nechta viloyat bor?
A 11 ta B 14 ta C 13 ta D 12 ta
2 14-yanvar qanday kun deb belgilangan?
A Yangi yil bayrami B Vatan himoyachilari kuni C Xotira va qadrlash bayrami D Konstitutsiya bayrami
3 Payt holi qaysi gapda qo’llanilgan?
A Sport musobaqalari kecha bo’lib o’tdi B Bu hikoyani uch marta o’qidim C Do’stim betobligi sababli darsga kelmadi D U daftarga chiroyli yozdi
4 Gapning ikkinchi darsjali bo’laklari qaysilar?
A Ega va kesim B Bog’lovchi, ko’makchi, yuklama C Izohlovchi va aniqlovchi D Hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi
5 To’ldiruvchi necha xil bo’ladi?
A 3 B 2 C 5 D 4
6 Ushbu parcha qaysi matndan olingan?
… Vatanimizni ko’z qorachig’imizdek asrash har birimizning burchimizdir.
A “Vatan” B “O’zbekiston” C “O’zbekiston askari” D “Vatan himoyachilari”
7 Kesimga bog’lanib, ish-harakatning qay holda yuzaga kelishi, o’rni va payti, sabab yoki maqsadi, miqdori kabi belgilarni ifodalovchi ikkinchi darajali bo’lak deb nimaga aytiladi?
A Ega B To’ldiruvchi C Hol D Aniqlovchi
8 Berilgan gapni davom ettiring.
Har kim o’sgan yerini…
A jonidan ortiq sevadi B yaxshi ishlaydi C xavotirlana boshladim D katta e’tibor beryapti
9 Vositali to’ldiruvchi ishtirok etgan gapni aniqlang.
A Yaxshidan bog’ qolar, yomondan dog’ B Yashashniistasang ishlashni o’rgan C Ular yo’ldan o’tib borar edilar
D O’quvchilar dam olish kuni muzeyga bordilar
10 Bunyodkorlik so’zi qozoq tiliga qanday tarjima qilinadi?
A o’su o’nu B o’rkendeu C damu D janasha qurilis
11 Otlashgan sifat qaysi gapda qo’llanilgan?
A Ikkiga ikkini qo’shsak, to’rt bo’ladi B Yaxshi oshini yeydi, yomon boshini C Kitob o’qish kishining so’z boyligini oshiradi
D Dam olish kuni musobaqa o’tkaziladi
12 Ushbu parchada qaysi alloma haqida so’z yuritilgan?
… Olimning “Tib qonunlari” asari uni nomini jahonga tanitdi.
A Abu Rayhon Beruniy B Alisher Navoiy C Abu Ali ibn Sino D Abu Nasr Farobiy
13 Ajratilgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang.
A Bahorda, maysalar gullaganda, dalaga chiqdik B Mashina tekis yo’ldan borardi
C Bu kechaga, bayramga, shoirlar ham tashrif buyurdilar D Bu yurt barchamizniki
14 Gapning ajratilgan bo’laklari asosiy bo’laklardan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A Nuqta, so’roq B Vergul, tire C Ko’p nuqta, nuqta
D Undov, qo’shtirnoq
15 Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari- “Kitobal-qonun fit-tib” nechta mustaqil kata asardan tarkib topgan?
A 2 B 3 C 4 D 5
16Teng bog’lovchilar ishtirok etgan gap qaysi?
A Dugonam darslarini o’z vaqtida bajaradi, shuning uchun a’lo baholarga o’qiydi B Mashhur kishilar haqida suhbatlashdik
C U olimpiadaga puxta tayyorlandi va g’olib bo’ldi D Ona ulug’ zot, shuning uchun har birimiz uning oldida bosh egamiz
17 Ushbu parcha qaysi matndan olingan?
… Qoradori iste’mol qilgan odam butkul salomatligidan ayriladi.
A “Sog’lom bo’lay desang” B “Giyohvandlik va chekish-zararli odatdir” C “Sog’ tanda sog’lom aql” D “Sog’liging boyliging”
18Berilgan gapning davomini toping.
Men bu kitobdan …
A ko’p narsalarni o’rgandim B televizor orqali tomosha qildim C muzeyga bordim D uchrab turibdi
19 Abu Rayhon Beruniyning mashhur asarlari qaysilar?
20 Bizning yurtimizdan qaysi allomalar yetishib chiqqan?
21 “Navro’z” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
22 Teng bog’lovchilar qaysilar?
23 Ko’makchilar yordamida gap tuzing.
24 Cho’lpon qanday asarlar yozgan?
25 San’atning qanday turlari bor?
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
D B A C B D C A B D B C A B D C B A
Do'stlaringiz bilan baham: |