Oziq-ovqat texnologiyalari


Murakkab efir guruhi ishtirokidagi



Download 8,72 Mb.
bet48/99
Sana13.07.2022
Hajmi8,72 Mb.
#789742
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan o`quv uslubiy majmua (1)

Murakkab efir guruhi ishtirokidagi reaktsiyalardan biri glitseridlarning gidrolizidir. Murakkab efirlarning gidrolizi, eterifikatsiyaga teskari bo’lgan, qaytar reaktsiyadir:
R СООR1  Н2О RСООН  R1ОН
Bu jarayon yоg’ kislotalar glitseridlari uchun ham hosdir. Glitseridlarning gidrolizi saqlash sharoitiga bog’liq ravishda moyli urug’larda, hamda moylarni urug’lardan ajratib olish va saqlash jarayonlarida borishi mumkin. Glitseridlar gidrolizlanishining asosiy shartlaridan biri ularning suv bilan kontaktidir.
Oshiqcha namligi bo’lgan urug’larni saqlaganda ularning hayot faoliyati kuchayadi. Undan tashqari bu jarayon qo’shimcha biokimyoviy tezlatish omillari ta’sirida ham kuchayadi. Bu esa moylar tarkibidagi erkin yоg’ kislotalar miqdorini ortishini tushintiradi. Erkin yоg’ kislotalardan tashqari glitseridlar gidrolizi natijasida, bir vaqtning o’zida, boshqa mahsulotlar ham hosil bo’ladi.
Moyli xom ashyolardan moyni ajratish jarayonida glitseridlar gidrolizi xom ashyoga suv va bug’ bilan ishlov berish, hamda qizdirish natijasida tezlashadi. Ozuqa yоg’larida erkin yоg’ kislotalar miqdorining ortishi, juda ko’p sabablarga ko’ra, maqsadga muvofiq emas. Sanoatda esa yоg’lar glitseridlarini gidrolizlab, erkin yоg’ kislotalar hamda glitserin ajratib olishga talab bo’lganligi uchun bu jarayon tezlashtiriladi va chuqurlashtiriladi.
Bir atomli spirtlar efirlaridan farqli ravishda uchglitseridlar gidrolizi uch bosqichda boradi:
СН2ОСОR СН2ОСОR1
СН ОСОR  Н2О СН ОCOR2  RСООН
СН2ОСОR СН2ОН

СН2ОСОR СН2ОСОR1



СН ОСОR  Н2О СН ОН  RСООН
СН2ОН СН2ОН


СН2ОСОR СН2ОН
СН ОН  Н2О СН ОН  RСООН
СН2ОН СН2ОН
Shunday qilib, triglitseridlarning gidrolizlanib di- va monoglitseridlar hosil bo’lish tartibi yоg’ kislotalarning glitserin bilan eterifikatsiyalashiga qarama-qarshidir.
Triglitseridlar gidrolizining bu bosqichlari ketma-ket va turli tezlikda boradi. Shuning uchun oxiriga yetmagan glitseridlar gidrolizi to’xtatilsa, olingan mahsulotda erkin yоg’ kislotalar bilan bir vaqtda triglitseridlar, diglitseridlar va monoglitseridlar bo’ladi.
Uchglitseridlar gidrolizining umumiy reaktsiyasidan ko’rinishicha, ularning to’liq glitserin va yоg’ kislotalarga parchalanishi glitserin yoki yоg’ kislotalar reaktsiya muhitidan to’liq yo’qotilgandagina borishi mumkin. Aksincha, reaktsiya tenglashganda to’xtaydi.
Reaktsiyasini gidroliz tarafga siljitish uchun suv miqdori oshiriladi. Bunda hosil bo’lgan glitserinning suvdagi kontsentratsiyasi pasayadi va eterifikatsiya reaktsiyasining tezligi sezilarli pasayadi. Odatda gidroliz reaktsiyasi tenglashgan vaqtga kelib, yоg’ kislotalarning 80% erkin holatga o’tib, erkin glitserin miqdori ancha kam bo’ladi. Buning sababi glitserinning ko’p qismi yarim mahsulotlar tarkibida qoladi.
Xona haroratida glitseridlarning suv ta’siridagi gidrolizlanish tezligi, agar tezlatuvchi omillar bo’lmasa, ancha kichik. Suvning va yоg’ning haroratini 1000C gacha oshirish gidroliz reaktsiyasi tezligini sezilarli oshirmaydi. Chunki bu haroratda suvning yоg’da juda kam eriydi. Bunda reaktsiya emulgator bo’lmaganligi uchun suv va yоg’ chegarasida boradi. Shu bilan birga bu sharoitda suvning dissotsiatsiyasi yetarli bo’lmay, reaktsiya tezligiga ijobiy ta’sir etuvchi vodorod va gidroksil ionlarining kontsentratsiyasi ancha past bo’ladi. Harorat 2000C va undan yuqori bo’lsa, ionlar kontsentratsiyasi ancha oshadi. Ionlar kontsentratsiyasini, haroratni oshirmay, reaktsiya muhitiga kuchli kislota kiritish yo’li bilan oshirish mumkin. Sanoatda asosan sulfat kislota qo’shiladi. Biroq bu ham emulsiyalash xususiyati bo’lmaganligi uchun reaktsiya tezligini yetarlicha va doimiy oshirmaydi. Reaktsiya avval sust oxiriga borib tezlashadi. Bu yоg’larning avtokatalitik parchalanishi bilan tushintiriladi. Ya’ni hosil bo’lgan oraliq mahsulotlar (di- va monoglitseridlar) gidroksil guruhlari bo’lganligi uchun uchglitseridlarga nisbatan ancha gidrofil. Bu esa reaktsiya tezligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Glitseridlar gidrolizining tezligini, 1000C dan yuqori haroratda, ishqorlar va sovunlar ham oshiradi.
Hozirgi vaqtda sanoatda yоg’larning gidrolizi reaktivsiz usulda 220-2600C harorat va 1,01  105 Pa (24,5-60atm) bosim ostida olib boriladi.
Yоg’larni gidrolizlashning biokimyoviy usuli ham ma’lum. Bunda gidroliz esteraza guruhiga mansub lipaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. Lipazalar kelib chiqishiga ko’ra zoolipazalar va fitolipazalarga bo’linadi. Ular ayrim xususiyatlariga ko’ra farq qilsalarda, bir xil fukntsiyani bajaradilar.

Download 8,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish