Yogʻ, moy — organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yogʻ kislotalar (triglitseridlar)ning toʻliq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yo. — hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar xujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Bular bir xil yoki turli yogʻ kislotalarning radikallari boʻlishi mumkin. Yo. molekulasida tuyingan yogʻ kislotalardan stearin va palmitin kislotalar koʻproq, toʻyinmagan yogʻ kislotalardan olein, linol va linolen kislotalar uchraydi. Yo.ning fizikkimyoviy va kimyoviy xossalari tarkibidagi toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalar nisbatiga bogʻliq. Yo. suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, spirtda oz eriydi. Oʻta qizigan bugʻ, mineral kislotalar yoki ishqor taʼsir ettirilganda gidrolizlanib (sovunlanib), glitserin va yogʻ kislotalar yoki ularning tuzlari (sovunlar)ni hosil qiladi. Suv qoʻshib qattiq chayqatilganda emulsiyalar vujudga keladi. Yo.ning barkaror emulsiyasiga sut misol boʻla oladi. Tabiiy Yo. hayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.lar (qoramol, qoʻy, sut, baliq va b. yogʻi) va oʻsimlik moylariga boʻlinadi. Uy hayvonlarining yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.larning tarkibi va xossalari jadvalda keltirilgan. Tarkibida toʻyingan yogʻ kislotalar koʻproq boʻlsa — qattiq Yo., suyuqlanish trasi yuqori (mas, mol, qoʻy yogʻi), toʻyinmagan yogʻ kislotalar koʻproq boʻlsa — suyuq Yo. boʻladi (mas, dengizlarda yashaydigan sut emizuvchilar va baliqlardan olinadigan Yo.). Sut yogʻi alohida oʻrinda turadi (sariyogʻda 81 — 82,5% gacha, sigir sutida 2,7—5,0%, echki sutida 5—5,5%, qoʻy sutida 6,9%, bugʻu sutida 17%, delfin sutida 46% gacha sut yogʻi bor). Sut yogʻida 32% gacha olein, 24% palmitin, 10% miristin, 9% stearin va b. kislotalar bor. Xayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.da triglitseridlardan tashkari, glitserin, fosfatidlar (letsitin), sterinlar (xolesterin), boʻyoq moddalar — lipoxromlar, A, Ye, Gʻ vitaminlar mavjud. Fosfatidlar hujayra va toʻqimalarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Sterinlar esa Yo. va xolesterin almashinuvida ishtirok etadi. Dengiz sut emizuvchi hayvonlari va baliklar jigaridan olinadigan Yo.da A vitamin ayniqsa koʻp. Sut yogʻida K va D vitamin ham boʻladi. Organizmda Yo. — asosiy energiya manbai. Yo. uglevodlarga nisbatan 2 hissa koʻp energiya beradi (1 g Yo. oksidlanganda 9 kkal issiklik hosil boʻladi). Yo. issiqni yomon oʻtkazadi, shuning uchun teri ostidagi Yo. organizmni issiklik nobudgarchiligidan saqlovchi qimoya qatlami boʻlib xizmat qiladi. Odam va hayvon organizmida Yo. sof mexanik va plastik funksiyani ham oʻtaydi. Mexanik taʼsirga duch keladigan aʼzolar (mas, qoʻloyoq kaftlari, dumba)da yumshoq elastik qatlam hosil qiladi. gavdaga yumaloq shakl beradi, ichki organlarni xalta kabi oʻraydi (mas, buyrak atrofidagi Yo. qatlami), ularni muayyan vaziyatda ushlab turadi va tashki shikastdan sakdaydi. Hayvon va odam organizmida Yo.ning hazm boʻlishi (oʻzgarishi) va qayta sintezlanishi (resintez) Yo. almashinuvi deb ataladi. Yo. ogʻiz boʻshligʻida oʻzgarmaydi, chunki unda Yo.ni parchalovchi fermentlar yoʻq. Yo. meʼdada parchalana boshlaydi, lekin bu jarayon sekin boradi, chunki meʼda shirasidagi lipaza faqat emulsiyalangan Yo.ga taʼsir eta oladi, holbuki meʼdada Yo. emulsiyalana olmaydi. Emulsiyalangan sutni onasidan oladigan goʻdak bolalardagina meʼdada 5% gacha Yo. parchalanishi mumkin. Yo. ichakda oʻt kislotalarning tuzlari bilan emulsiya holiga kelgandagina lipaza taʼsirida monoglitseridlargacha va qisman glitserin hamda Yo. kislotalargacha parchalanadi. Oʻt kislotalar ichak lipazasini faollashtiradi va Yo.larni emulsiya holiga keltiradi, erkin Yo. kislotalarning soʻrilishiga yordam beradi. Ingichka ichak shilliq pardasidan soʻrilgan Yo. kislotalardan shu organizmga xos Yo. va lipidlar qayta sintezlanadi, qisman oʻzi ham qonga soʻriladi. Yangidan sintezlangan triglitseridlar, shuningdek, parchalanmay soʻrilgan triglitseridlar va erkin yogʻ kislotalar ichak devoridan limfa sistemasiga, shuningdek, qopqa vena sistemasiga oʻtishi mumkin. Limfa sistemasiga koʻkrak limfa yoʻli orqali triglitseridlar umumiy qon aylanish doirasiga ozozdan qoʻshilib, organizmning Yo. depolari (teri osti, charvi, buyrak
buyrak atrofi)da toʻplanadi. Qopqa vena sistemasiga kirgan triglitseridlar va yogʻ kislotalarning koʻpchiligi esa jigarda ushlanib qolib, yanada oʻzgaradi. Toʻqimalardagi oraliq almashinuv jarayonida Yo. toʻqimalardagi lipazalar taʼsirida glitserin va Yo. kislotalargacha parchalanadi, bular esa yanada oksidlanib, koʻplab energiya ajralib chiqadi, ana shu energiya adenozintrifosfat kislota shaklida yigʻiladi. Glitserin oksidlanganda sirka kislota hosil boʻladi, bu kislota esa atsetilKoA shaklida trikarbon kislotalar sikliga qoʻshiladi. Shu bosqichda Yo.lar almashinuvi oqsil va uglevodlar almashinuvi bilan toʻqnashadi. Odam va hayvon toʻqimalarida yuqori Yo. kislotalar karnitin bilan reaksiyaga kirishadi, buning hosilalari esa mitoxondriyalar membranasidan oʻtib keta oladi. Mitoxondriyalar ichida Yo. kislotalar ketmaket oksidlanib, qoʻsh uglerodli faol komponent — atsetilKoA ni yuzaga chiqaradi. Bu modda esa trikarbon kislotalar sikliga qoʻshiladi yoki boshka biosintez reaksiyalarida sarflanadi. Yo.lar almashinuvini nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning gormonlari nazorat qilib turadi. Oʻsimliklarda Yo. uglevodlardan hosil boʻladi. Bu jarayon pishayotgan urugʻ va mevalarda tezrok, boradi. Urugʻ unayotganda teskarisi boʻladi: Yo.lar lipazalar taʼsirida glitserin va yogʻ kislotalarga parchalanadi, bulardan esa uglevodlar hosil boʻladi. Yo. avvalo, oziqovqat sifatida koʻp ishlatiladi. Dengiz sut emizuvchilari va baliklarning yogʻ toʻqimalaridan ovqatbop, tibbiyot, veterinariya va texnikada ishlatiladigan Yo. tayyorlanadi. Moʻylovdor kitlarning yogʻ toʻqimalaridan olingan Yo.ni gidrogenlab (qarang Yogʻlarni gidrogenlash), margarin tayyorlanadi. Tibbiyotda ishlatiladigan A. vitaminli Yo. treska baliqlarining jigaridan olinadi. Veterinariyada ishlatiladigan Yo. dengiz sut emizuvchilari bilan baliqlar toʻqimasi va jigarining yogʻidan tayyorlanib, q. x. hayvonlariga hamda parrandalarga beriladi. Texnikada ishlatiladigan baliq yogʻi asosan, turli chiqindilar (baliq boshi, suyaklari, ichakchavogʻi, suzgich qanotlari)dan xashaki un ishlab chiqarishda olinadi va terini ishlash, yuvuvchi moddalar, krem va b. tayyorlashga ketadi.Pazandachilikda Yo.ni ishlatishdan oldin oʻta kuchli olovda oq tutun chiqquncha dogʻlanadi. Dogʻlash oxirida qozondagi Yo.ga yirik tuz va biron bir sabzavot, koʻpincha archilgan butun piyoz tashlanadi. Bu hol Yo.ni totli qilish bilan birga uning hazm boʻlishini osonlashtiradi. Paxta Yo.i yaxshi dogʻlansa, uning tarkibidagi gossipol bezarar holga keladi. Yogʻni qattiq qizdirib dogʻlash texnologiyasining kelib chiqishiga qadimdan oʻzbek pazandachiligida dogʻlanishi qiyin boʻlgan zigʻir Yo.i, kunjut moyi, qoʻy yogʻi, endilikda esa koʻproq paxta moyidan foydalanish sabab boʻlgan. Sariyogʻ, kungaboqar, zaytun moyi bir oz qizitilgandayoq dogʻ boʻladi. Yo. dogʻlashni xalkda "YO.ni chu chitish" deb yuritiladi. Dogʻlash muddati yogʻning miqdoriga bogʻliq. 1 kg yogʻni 30—35 min., 3—5 kg yogʻni esa 60—70 min. davomida chuchitiladi.
Yoʻldoshxon Krdirov, Hojiakbar Muslimov.[1]
Yogʻ (moy) — organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yog' kislotalar (triglitseridlar)ning to'liq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda yog' odam, hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar xujayrasining
Konserva sanoati - oziqovqat sanoati tarmogʻi, tez boʻziladigan oʻsimlik va hayvonot mahsulotlari (meva, sabzavotlar, sut, goʻsht, baliq)ni uzoq muddat saqlash maqsadlarida qayta ishlaydi, yarim fabrikatlar va germetik yopiq idishlarda isteʼmolga tayyor konservalar ishlab chiqaradi.
Sanoat usulida konservalar ishlab chiqarish 19-asr boshlarida rivojlandi. Oʻzbekistonda Konserva sanoati 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekiston hududida kustar usul bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 kichik konserva korxonasi boʻlib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. Oʻzbekistonda konserva sanoati 30-yillarda rivojlandi. Asosan, meva va sabzavotlardan konservalar ishlab chiqarila boshlandi. 1929-yil Yangiyoʻl konserva zavodi, 1932-yil Toshkent konserva zavodi ishga tushirildi. 1940-yillar boshida Samarqandda konserva zavodlari qurildi. Namangan konserva zavodi ham kengaytirildi. Urushdan keyingi yillarda Fargʻona, Andijon, Shahrisabz va boshqa shaharlarda oʻnlab konserva zavodi ishga tushirildi, eskilari kengaytirildi va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 1975-yilda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni korxonalarida 490 mln. shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chikarildi. 1985-yilda sobiq Ittifokda alkogolizmga qarshi Qonun qabul qilingach, vino zavodlarida turli uzum va meva sharbati ishlab chikarila boshlandi. 1986—89 yillarda konserva ishlab chiqarish 2-marta koʻpaydi. Konserva korxonalari, asosan, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosiy mahsulotlari — meva kompotlari, murabbo, jem, sharbatlar, marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar (qoqilar).
Konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "Oʻzbekbirlashuv" ning ulushi ham salmoqli. "Oʻzbekbirlashuv" tizimida 54 konserva korxonasi bor. Oʻzbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya, Yaponiya kabi mamlakatlarga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi, mayiz, turli qoqilar eksport qilinadi. Respublikada 90-yillardan koʻpgina jamoa xoʻjaliklarida kichik konserva zavodlari va sexlari ishga tushirildi. Ixtisoslashtirilgan yirik bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik xoʻjaliklari konserva zavodlariga xom ashyo yetkazib beradi. Respublika Konserva sanoati korxonalari yiliga 12 mlrd. shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega (2000). 1995-yilda 50 dan ortiq agrofirma ishladi (meva-sabzavot, konservalari ishlab chiqarishga moslashgan "Qashqadaryo", "Namangankonserva", "Samarqand", "Kishmish", "Uchkoʻprik", "Quvasoy" va boshqalar). 2000-yilda Oʻzbekistonda 480,4 mln. shartli banka (jumladan, "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasida 53,1 mln. banka) mevasabzavot konservasi ishlab chikarildi. "Toʻraqoʻrgʻon shirinliklari", "Buloʻngur mevalari" firmalarida meva qoqilari va mayiz tayyorlanadi.
"Oʻzbaliq" aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida dudlangan baliq, Moʻynoq baliq konserva kti (1941)da chetdan olib kelinadigan xom ashyodan turli baliq konservalari ishlab chiqariladi.
Konservalash — oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash usuli; konserva tayyorlash. K.ning mohiyati: mahsulotlarni tez buzadigan mikroorganizmlar faoliyatini butunlay yoki vaqtincha toʻxtatish, fermentlar faoliyatini soʻndirishdan iborat. Koʻp qoʻllaniladigan usullari: pasterizatsiya, sterilizatsiya, quritish (qoqi qilish), moʻzlatish, achitish, toʻzlash va dudlash.
Pasterizatsiya usuli bilan K.da oziqovqat mahsulotlari (mevalar) zich berkitilgan idish — avtoklavlarda 85— 100° temperaturada 30—60 min. qizdiriladi. Bunda mikroorganizmlar faoliyati vaqtincha toʻxtaydi. Sterilizatsiya usulida mahsulot (goʻsht, baliq va boshqalar) solingan idish 112—120° temperaturada qizdiriladi; shunda fermentlar yemiriladi, mikroorganizmlar oʻladi. Konservalarni yuqori chastotali toklar bilan sterilizatsiyalash usuli ham bor. Sabzavot va mevalarni toʻzlash biokimyoviy jarayonlar natijasida qand moddasi va boshqa moddalardan suv kislotasi hosil boʻlishiga asoslangan (yana qarang Oziq-ovqat mahsulotlarini quritish).[1]
1991 yilning 24 avgustida, TKTI tashkil topganidan so’ng, «Go’sht va sut mahsulotlari texnologiyasi» yo’nalishi bo’yicha mustaqil kafedra tashkil etildi.
1994 yilda texnika fanlari doktori M.M. Vakilni institut rahbariyati «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» yo’nalishga rahbar qilib tayinlandi. Shundan so’ng kafedra mustaqil faoliyat ko’rsata boshladi.
1999 yilning sentyabr oyidan boshlab, «Go’sht va sut mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bilan birlashdi va «Go’sht, sut, baliq va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi» kafedrasi deb yuritila boshlandi. 2005 yilning sentyabr oyidan kafedraning nomi «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» deb ataldi va t.f.d. Dodaev Q.O. uning mudiri etib tayinlandi.
2011 yilning sentyabr oyida «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bazasida «Oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi tashkil etildi. 2011 yilning noyabridan K.O.Dodaev tanlov asosida ushbu kafedra mudirligi vazifaga saylandi.
2014 yilning sentyabr oyida t.f.n., dots. A.J.Choriev kafedra mudiri etib tayinlandi va shu lavozimda 2020 yilning 2 noyabrigacha faoliyat yuritdi.
2020 yilning 1 iyulidan boshlab, kafedrani nomi “Go’sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi” deb ataldi.
2020 yilning 1 dekabridan t.f.b.f.d. F.X. Eshmatov kafedra mudiri etib tayinlandi va hozirgi kungacha shu lavozimda faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada yuqori malakali professor-o’qituvchilar t.f.d., prof. Dodaev Q.O., prof.v.v.b., i.f.n., dots. Axrarov U.B., t.f.n., dots. Maksumova D.Q., k.f.n. Azizov O.T., k.f.n., dots. S.Q.Atxamova, t.f.n., dots. Choriev A.J., t.f.b.f.d., dots. Zokirova M.S., t.f.b.f.d. Usmonjonova X.U., katta o’qituvchilar: Zununova D.E., A.G’. Ibragimov, Sh.Q. To’xtaevlar, assistentlar: Samadov O.B., Suyundikov U.A., Niyozov X.N., Ataxadjaeva I.D., G’afforova Z.A., R.Sh. Ernazarovalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Bundan tashqari O’zR FA “Bioorganik kimyo”, O’zR FA “O’simlik moddalari kimyosi”, O’zR FA “Mikrobiologiya” va boshqa nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlaridan professor-o’qituvuchilar o’rindoshlik asosida ishlab kelmoqdalar.
«Go’sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi o’zining ta’lim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador usullar asosida olib boradi. Bu esa o’z navbatida, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari (OTM), ilmiy tadqiqot institutlari (ITI) va ishlab chiqarish korporasiyalari bilan uzviy munosabatda bo’lishini ta’minlaydi. Kafedrada bakalavr, magistratura, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlarida kadrlar tayyorlanadi.
Innovatsion ta’lim va fan texnologiyalari qo’llanilib va doimiy ravishda yangilanib, shuning bilan birgalikda kafedrada mavjud ilmiy yo’nalishlar muntazam rivojlantirilib kelinmoqda. Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respublikamizdagi barcha hududlardagi zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy OTMlar bilan ham aloqalarni yo’lga qo’ygan.
KADRLAR TAYYORLASH
Hozirgi kunda «Go’sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bakalavr va magistrantlar mutaxassis sifatida tayyorlanib kelinmoqda:
Bakalavriaturada:
60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi ( go’sht-sut mahsulotlari texnologiyasi bo’yicha ).
60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi ( oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha).
60720400-Konservalash texnologiyasi
60700500-Funktsional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
Magistraturada:
70720101 - Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari).
70720102 - Oziq-ovqat xavfsizligi.
Ushbu bakalavr yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi zamon bilan hamnafas, ilg’or rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu sohani tamomlagan kadrlar
Bizning talabalarimiz ishlab chiqarish jarayonlarida mavjud jarayonlarni o'rganish uchun eng zamonaviy sharoitlarga ega ta’lim va fan uyg’unlashgan laboratoriya xonalarida mashg’ulotlar olib boradilar. Tegishli mutaxassislik fanlaridan a’lo baholarga o’qiydigan haqiqiy iqtidorli va bilimli talabalar muntazam ravishda rag’batlantirilib boriladi.
Talabalar haftasiga 30 soatlik auditoriya mashg’ulotlariga ega bo’lib, baholash har semestrning oxirida amalga oshiriladi. O’qitish ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi. Talabalarga har bir bosqich uchun ajratilgan fanlar mavjud bo’lib, ular quyidagicha taqsimlanadi:
ILMIY YO’NALISHLAR
Hozirgi kunda barcha mutahassislik fanlaridan namunaviy dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 26 ta darslik va o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi.
1. A.J. Choriev, F.X.Asatullaeva. Meva va sabzavotlar mikrobiologiyasi. Toshkent. O’zbekiston NMIU. 2009. -168 b.
2. Vasiev M.G., Dodayev Q.O. va b.Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Toshkent. 2012. 400b.
3. Choriev A.J. Dodaev K.O. Konservalash korxonalari jihozlari. Toshkent. O’zbekiston NMIU -2011. – 200 b.
4. Q.O.Dodoyev, A.J.Choriyev. Oziq-ovqat ishlab chiqarish va konservalash kimyosi. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2010. – 166 b.
5. Dodayev Q.O., Choriev A.J., Ibragimov A. Go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining jihozlari. Toshkent. Sharq. 2007. -192 b.
6. Ismoilov T.A. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari jihozlari. Toshkent. “Yangi nashr”. 2012. -256 b.
7. Q.O.Dodaev. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashdagi texnologik hisoblar. Toshkent. Fan. 2003. – 144 b.
8. Q.O.Dodayev. I.Mamatov. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash korxonalarining loyihalash asoslari va texnologik hisoblari. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2006.- 208 b.
9. Q.O.Dodaev. Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi. Toshkent. Noshir. 2009. - 387 b.
10. O’.R.Qo’chqorov. Chorvachilik mahsulotlarining davlat standartlariga mosligini aniqlash asoslari. Toshkent. Cho’lpon. 2003. -240 b.
11. Kuriyazova S.M. Ovqatlanish gigienasi.Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2012. – 380 b.
12. T.X. Ikromov., O’.R. Qo’chqorov. «Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi». T: «Sharq» 2001. -180 b.
13. Q.Dodayev, H.Nurmuhamedov, A.Choriyev. Quritish texnikasi va texnologiyasi. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2010. – 160 b.
14. O’.R. Qo’chqorov, T.X. Ikromov. Go’sht va cut mahsulotlari texnolodiyasi. –Toshkent: “Cho’lpon”. 2003. -240 b.
15.Choriev A.J., Q.O.Dodaev, Icmoilov T.A., D.T.Qoraboyev. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash va saqlash texnologiyasi. Toshkent.“Davr”,2012.-382 b.
16. Dodayev Q.O., Choriev A.J., Ibragimov A.G. Xomashyoga dastlabki va issiqlik ishlovi berish texnologiyasi. Toshkent. “Davr nashriyoti”. 2012. -156 b.
17. Dodayev Q.O., Choriev A.J., Ibragimov A.G. Konserva ishlab chiqarishda sterilizatsiya va pasterizatsiya jarayonlari. Toshkent. “Davr nashriyoti”.2012. -150 b.
18. Ahrarov U.B., Vakil M.M. «Taom tayyorlash texnologiyasi» Toshkent: «Sharq nashriyoti»., 2004., 382 b.
19. Ahrarov U.B., Ahrarov Sh.U. «Taom tayyorlash texnologiyasi» Toshkent: «Sharq nashriyoti»., 2008., 367 b.
20. Fatxullaev A., Musaev X. Go’sht biokimyosi. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2010. – 151 b.
21. Dodayev Q.O., Choriyev A.J., Gulyamova Z.J., Mamatov Sh.M. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash va spirtli mahsulotlar ishlab chiqarish mashina va jihozlari. O’quv qo’llanma. Toshkent: «Noshir» nashriyoti. 2013. -368 b.
22. Ahrarov U.B. Xorijiy mamlakatlar pazandachiligi texnologiyasi. T.: Davr nashriyoti.2013, 258 b.
23. Ahrarov U.B. O’zbekiston milliy pazandachiligi texnologiyasi. T.: Davr nashriyoti.2013, 239 b.
24. Choriev A.J., Dodaev Q.O. Konserva ishlab chiqarishda texnik-kimyoviy nazorat. T.: TKTI nashriyoti. 2013, 123 b.
25. Fatxullaev A. Sultonov Sh.J. Go’sht biokimyosi. Darslik. «Iqtisod-moliya», Toshkent. 2015. – 343 b.
26. Axrarov U.B. va boshqalar. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi. O’quv qo’llanma. 2017, -310b.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari qator muammolarni xal qilishga bag’ishlangan bo’lib, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida yangi mahsulot, oziq-ovqat qo’shimchalari ishlab chiqish, go’sht, sut konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasini takomillashtirishga yo’naltirilgan.
2. Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalarining natijalari
2018-2019 o’quv yillarida kafedraning professor-o’qituvchilari t.f.d., professor Dodaev Q.O., PhD, katta ilmiy xodim Zokirova M.S., k.f.n., katta ilmiy xodim Atxamova S.Q., PhD, dots., katta ilmiy xodim Maksumova D.K.,
PhD, katta ilmiy xodim Eshmatov F.X., «Oziq-ovqat sanoati uchun fruktozali sirop asosida parhezbop qandolat ahsulotlari texnologiyasini ishlab chiqish» ilmiy loyixada qatnashdilar
3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi
Kafedra professor-o’qituvchilari katta o’qituvchi F.X. Eshmatov o’zining «Anor sharbati kislotaliligini rostlash va xiralik ko’rsatkichlarini pasaytirish texnologiyasini ishlab chiqarish» katta o’qituvchi B.M. Jumaev Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish jarayonini infraqizil konvektiv qurilma yordamida jadallashtirish X.U. Umonjonova O’simlik xom ashyosidan tabiy oziq-ovqat bo’yoqlari olish texnologiyasini takomillashtirish mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, himoya qildilar .
Kafedra professor-o’qituvchilar katta o’qituvchisi Sh.Q.To’xtaev o’zining «Qovoqdan ozuqaviy qo’shimcha olish va uni kolbasa mahsulotlarida qo’llash texnologiyasini takomillashtirish» U.A.Suyundikov «Anor po’stlog’idan oshlovchi moddalarni olishni samarali usulini qo’llash va oziq-ovqat sanoatida foydalanish texnologiyasini takomillashtirish» texnika fanlari doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini olib bormoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilardan kat.o’q. F.X. Eshmatov ass.U.A.Suyundikovlar Belorussiya respublikasining Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetida malakasini oshirib keldi
4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash
Kafedrada 2-4 kurs talabalari va 1-2 kurs magistrantlari safidan qator iqtidorlilari kafedrada tashkil etilgan “Sharbat” va «Sertifikat-servis» to’garaklariga faoliyat ko’rsatadilar. Ularga ilmiy mavzular berilgan, ilmiy rahbarlar tayinlangan, kafedra laboratoriyalarida ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy-texnikaviy anjumanlar maqolalari to’plamlarida chop etilgan.
Kafedra qoshida 2021 yilning 3 sentyabridan boshlab 05.18.07 – «Oziq-ovqat mahsulotlari» biotexnologiyasi ixtisosligi bo’yicha Doktarantura bo’limi mavjud bo’lib, unda hozir N.X.Niyozov, D.I. Qoraboev, Mustaqil izlanuvchi Sh.R. Ernazarova, va erkin izlanuvchi Z. G’afforovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bomoqdalar.
Kafedra a’zolaridan prof. K.O.Dodaev, dots. R.R. Akromova, dots. D.Q.maksumova, dots A.J., Chorievlar doktorantura, mustaqil izlanuvchi va erkin izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqdalar.
“Go’sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi mavzuda ilmiy-tadqiqot ish olib boriladi:
Dodaev Q.O. «Sabzavot va meva sharbat, quyuq komponentlari ishlab chiqarish va konservalash texnologiyasi, jarayon va apparatlari».
Raximdjonov M.A. O’simlik moyli xom ashyodan presslash va ekstraktsion usullari bilan yog’ olishning bir bosqichli texnologiyasini ishlab chiqish.
Choriev A.J. «Meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini IQ-konvektiv energiya uzatish usuli yordamida quritish jarayonini matema-tik modellashtirish va optimallashtirish asosida jadallashtirish».
Ahrarov U.B. Bozor iqtisodiyoti sharoitida umumiy ovqatlanish-ni tashkil etish va uning texnologiyalari».
Ismoilov T.A. Zamonaviy texnologiya asosida mahalliy xom ashyo - sutdan foydalanishning samaradorligini oshirish yo’llarini tadqiq etish hamda chet el investitsiyasi asosida rivojlantirish.
Ibragimov A.G. Bolalar taomlari ishlab chiqarish texnologiyasidagi muammolarni echish.
7. Fatxullaev A. Go’sht mahsulotlarini qayta ishlash texnologiya-sida yangi turdagi oziq-ovqat qo’shimchalarini qo’llash samaradorligi.
8. Inoyatova X.B. “Paxta shrotidan oqsil-vitaminga boy em tayyor-lash”.
9. Atxamova S.Q. Oziq-ovqat xom ashyosi - pektin ishlab chiqarish texnologiyasi jihatlarini o’rganish.
10. Kuriyazova S.M. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy stimulyatorlarning ta’sirini o’rganish.
11. Eshmatov F.X. Anor sharbati kislotaliligini rostlash va xiralik ko’rsatkichlarini pasaytirish texnologiyasini ishlab chiqarish.
12. Jumaev B.M. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish jarayonini infraqizil konvektiv qurilma yordamida jadallashtirish.
13. Umonjonova X.U. O’simlik xom ashyosidan tabiy oziq-ovqat bo’yoqlari olish texnologiyasini takomillashtirish.
14. To’xtaev Sh.Q. o’zining Qovoqdan ozuqaviy qo’shimcha olish va uni kolbasa mahsulotlarida qo’llash texnologiyasini takomillashtirish
15. Suyundikov U.A. Anor po’stlog’idan oshlovchi moddalarni olishni samarali usulini qo’llash va oziq-ovqat sanoatida foydalanish texnologiyasini takomillashtirish.
16. Niyozov X.N. Yuqori proteinli, komponentlari mahalliylashtirilgan baliq emi retseptlarini ishlab chiqish.
17. Ataxodjaeva I.D. Mahalliy gibiskus gullaridan tabiiy bo’yoq ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
18. “Tugunak va ildizmevalarni saqlashda resurs-va energiyatejamkor texnologiyalarni tadqiq etish”
Ilmiy tadqiqot natijalari "PROMEAT GROUP CORP" MCHJ , "Ro'zmetov ZM" MCHJ, "MILKOLINO PRODUCTS" MCHJ, TANO XG’K, "Gold Dried Fruits Export" MCHJ, "Marwin brands" MCHJ, “Best Testes Technology” MCHJ, “O‘zstandart agentligi”, "Soft sut" MCHJ, “VAZIRA-BIZNES” LLC Ice cream production MCHJ va b. ilab chiqarishga tatbiq etilmoqda.
Kafedra tomonidan quyidagi mavzularda davlat granti asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:
T.f.d., prof. M.A.Raximdjanov: O’simlik moyli xom ashyodan presslash va ekstraktsion usullari bilan yog’ olishning bir bosqichli texnologiyasini ishlab chiqish.
T.f.d., prof. S.M.Turobdjanov: Go’sht sanoatida qo’llanadigan mahalliy xom ashyodan ekologik toza biologik faol ozuqaviy qo’shimchalarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqish.
ILMIY ALOQALAR VA HAMKORLIK
Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respiblikamizdagi barcha hududlardagi OTMlar, ITIlar va zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.
Ishlab chiqarish korxonalari bilan
Xalqaro OTM va ITI lar bilan
“Kamilka Produkts” MChJ.
“Promeat group corp” MChJ.
“O’zstandart agentligi, Toshkent sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi.
«Gold dried fruits» MChJ
Uzdavstandart agentligi tasarrufidagi sertifikatlashtirish organlari.
“Marvin Brands” MChJ.
«Rozmetov ZM» MChJ
O’zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi instituti.
O’zR FA Biorganik kimyo instituti.
O’zR FA Mikrobiologiya instituti
“Milk soft” MChJ.
“Agro-kimyo standart” MChJ.
14. "MILKOLINO PRODUCTS" MCHJ
15. “Best Testes Technology” MCHJ
16. “VAZIRA-BIZNES” LLC Ice cream production MCHJ
17. O`zbekiston oshpazlar uyishmasi
18. DUK «Akkreditasiya Markazi»
19. Respublika xayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi Davlat Markazi
Kantabria Universiteti (Ispaniya)
Vena Universiteti (Avstria)
Myunxen Texnika Univ. (Germaniya)
BSUIR (Belarus)
Voronej Universiteti (Rossiya)
Tambov Davlat Texnika Universiteti (Rossiya)
Avtomatika instituti, Shandong FA (XXR)
Sogang Universiteti (Korea)
Sileziya texnologiya universiteti (Polsha)
Tianjin Universiteti (XXR)
KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI:
Eshmatov Fozil Xidirovich
Kafedra mudiri, t.f.n. dotsent
Qabul kunlari: Chorshanba Juma 1400-1800
YANGILIKLAR
UMUMIY MA`LUMOTLAR
FAKULTETLAR
BO`LIMLAR VA MARKAZLAR
KAFEDRALAR
YOSHLAR ITTIFOQI FAOLIYATI
ILMIY FAOLIYAT
MA`NAVIY-MA`RIFIY FAOLIYAT
MOLIYAVIY FAOLIYAT
TALABALARGA
ABITURIYENT
TEZKOR HAVOLALAR
Elektron dekanat
Virtual qabulxona
So'rovnomalar
Elektron kutubxona
Abituriyentlar uchun
Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |