«iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yozma ish varianti



Download 46,34 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2021
Hajmi46,34 Kb.
#68677
  1   2   3   4
Bog'liq
13.Nurmatov

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«IQTISODIYOT» KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN

YOZMA ISH VARIANTI-13

  1. Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali va aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali hisoblash natijalari.

  2. Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko’rsatkichlari

  3. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish tushunchasining iqtisodiy mazmuni.

  4. Bozorning vazifalari va turkumlanishi.

Kafedra mudiri: Asatullayev X.S.


1.Iqtisodiy o`sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali va aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali hisoblash natijalari.

Iqtisodiy o'sishning jismoniy ko'rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyasiya ta'siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o'sish sur'atlarini hisoblashda har xil ne'matlar ishlab chiqarishni umumiy ko'rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko'rsatkichlar keng qo'llaniladi, ammo har doim ham uni inflyasiyadan to'liq «tozalash» mumkin bo'lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o'sish sur'atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o'sishning asosiy qiymat ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

1. YaIM yoki milliy daromadning mutloq hajmining o'sish sur'ati;


2. YaIM yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga to'g'ri keladigan miqdorining o'sish sur'ati;

3. YaIM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to'g'ri keladigan miqdorining o'sish sur'ati;

Iqtisodiy o'sishni aniqlashda har uchala ko'rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. Masalan: agar tahlil markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko'rsatkichdan foydalanish ko'proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko'proq ikkinchi ko'rsatkichdan foydalaniladi.Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko'rsatkichg ustuvorlik beriladi. Odatda iqtisodiy o'sish % (foiz) da o'sishning yillik sur'ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o'tgan yili real YaIM 600 mlrd. so'mni va joriy yilda 700 mlrd. so'mni tashkil qilgan bo'lsa, o'sish sur'atini joriy yildagi real YaIM ning bazis davrdagi hajmiga bo'lish yo'li bilan aniqlash mumkin. Bu holda o'sish sur'ati 116,6% ni (700/600*100) tashkil qiladi. Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur'atini tavsiflaydigan ko'rsatkichlar (real YaIM, aholi jon boshiga va iqtisodiy resurs birligiga real YaIMning o'sishi) miqdoriy ko'rsatkichlar bo'lib, ular: 

- birinchidan mahsulot sifatining oshishini to'liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy holatini to'liq tavsiflab berolmaydi;

- ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o'sishi bo'sh vaqtning sezilarli ko'payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko'rsatilishiga olib keladi, 

uchinchidan, iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi. Shu sababli tahlilda iqtisodiy o'sishning shart-sharoitlari va alohida tomonlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, iqtisodiy resurslar unumdorligi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdorining oshishi kabilar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

a) ishlab chiqarish vositalari va texnologiyaning rivojlanish darajasi.

b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.

v) ishlab chiqarishning moddiy va inson omillari nisbati.

g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperasiyasi.


Iqtisodiy o'sishning jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan boshqa ko'rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi o'zgarishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo'yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko'rsatkichi asosida tahlil qilinadi. YaIMda industrial va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari ulushining ortib borishi nafaqat uning miqdoran o'sib borishi balki sifat jihatdan yaxshilanayotganini ham anglatadi.
Aholi shaxsiy daromadi va tadbirkorlik sektori foyda miqdori mutloq hamda nisbiy ko'rsatkichlarda ortib borishi ham iqtisodiy o'sish sur'ati va sifati to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Iqtisodiy resurs va texnikaviy vositalar birligi unumdorligi ortishi iqtisodiy o'sishning jismoniy ko'rsatkichlari jumlasiga kiradi. Jumladan, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligi ortishi, bir kombayn hisobiga yig'ib olingan g'alla yoki paxta hosili miqdori o'sishi, to'quv dastgohi birligiga ishlab chiqarilgan material miqdorining ko'payib borishi shular jumlasidandir.


Download 46,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish