3.Ekstensiv iqtisodiy o`sish tushunchasining iqtisodiy mazmuni.
YaIM qo'shimcha o'sish sur'atlari Biroq respublikamizda “iqtisodiyot o'sishining yuqori sur'atlari va investisiya resurslariga o'sib borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas” . Faqat aftomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan. Bu nafaqat sanoat mahsuloti o'sish sur'atiga, balki mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o'sishiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu sohada import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo'lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham past bo'lib qolmoqda. Mahsulotning o'sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o'zgarishi o'rtasidagi nisbiy bog'liqlik iqtisodiy o'sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy o'sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o'rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni hamda malaka tarkibi bo'yicha xuddi o'shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o'zgarmay qoladi. Iqtisodiy o'sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan yaxshiroq foydalanish yo'li bilan erishiladi. Intensiv yo'l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o'sishida, mahsulot sifatining oshishida o'z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirishga, ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda emas, balki muayyan uyg'unlikda, bir-biri bilan qo'shilgan tarzda ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o'sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o'sish murakkab va ko'p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko'rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko'rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko'rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko'rsatkichlar farqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |