Mundarija I. Kirish I. Bob Yorug’lik tezligini aniqlash. Yorug’lik tezligi va uning tabiati. Yorug’lik tezligini aniqlash usullari. II bob Yorug’lik tezligini aniqlash metodlari. Yorug’lik tezligini aniqlashning astronomik metodlari
Bog'liq Yorug\'lik tezligi va uni o\'lchash usullari Kurs ishi
Mundarija I. Kirish
I. Bob Yorug’lik tezligini aniqlash.
1.1 Yorug’lik tezligi va uning tabiati.
1.2 Yorug’lik tezligini aniqlash usullari.
II Bob Yorug’lik tezligini aniqlash metodlari.
2.1 Yorug’lik tezligini aniqlashning astronomik metodlari.
2.2 Yorug’lik tezligini aniqlashning laboratoriya usuli.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
I. KIRISH. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitish usullarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli senariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg’or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo’nalishlarini rivojlantirishga zarurat mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida1”gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali yechimini to’liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatdan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish orqali dars samaradorligini oshirish, eng maqbul pedagogik metodlardan foydalangan holda o’quvchilarga fan asoslarni sodda va tushunarli, puxta o‘rgatish masalasi ta’lim tizimidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki, shiddat bilan rivojlanayotgan bu davrda ta’lim tizimiga ham yangicha yondashuv zarur, shundagina yetuk malakali kadrlarni tayyorlash imkoniyati yanada oshadi.
Ushbu kurs ishida “Muammoli o’qitish” metodi va kompetentlik tanlab olinib, uning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko’rsatilgan hamda undan fizikani o’qitish jarayonida foydalanish “Yorug’lik tezligini aniqlash” mavzusi misolida metodik jihatdan ko’rib chiqilgan. Shuningdek, bu mavzuni o’qitishda nazariya va amaliyot uyg’unligini ta’minlash, turli ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo’yicha bir qator na’munalar keltirilgan.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularni fizika ta’limi jarayoniga qo’llash bo’yicha bir qancha adabiyotlar qiyosiy tahlil etildi va fan bo’yicha egallagan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib amaliyotda qo’llash olish ya’ni kompetentlikka alohida e’tibor berildi.