riligicha qolgan (asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarda) yoki sal
pasaygan bo'lsa-da, biroq o ‘limga nisbatan yuqoriligicha qolgan.
Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda demografik statistika quyidagi
tug'ilish va o ‘lim koeffitsientlaridan (promil o ‘lchovi bo'yicha, m am
lakatda tug'ilayotgan va o ‘layotgan aholi soni 1 ming kishi hiso
biga) keng foydalanmoqda. Aholi tabiiy harakati tug‘ilish va o ‘lim
o'rtasida o'zaro farqlarning koeffitsientida ko'rinadi. Jahon iqtiso
diyotida aholi o'zgarishining o'rganish dinamikasini tahlillari natija
sida quyidagi o'ziga xos populatsion sikllami (bosqichlami) o'rganish
maqsadga muvofiqdir. Dastlabki populatsion xarakterdagi siklga:
— yuqori darajada tug'ilish;
— o'lim darajasining yuqoriligi va buning natura aholi o'sishining
sekin borishi.
Bunday nopopulatsion siklga Osiyo, Afrikaning bir qator tropik
va subtropik mamlakatlari,
Okeaniya orollari davlatlari, b a’zi-bir
Janubiy-Sharqiy Osiyo (kamroq darajada bo'lsa-da) davlatlarining
aholisi xarakterlidir.
Ikkinchi populatsion xarakterdagi siklga:
— yuqori darajada tug'ilish;
— o'lim ning pasayishi natijasida aholi sonini keskin ko'payishi.
Bunday populatsion siklga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining
nisbatan rivojlangan b a’zi-bir mamlakatlarini («yangi industrial
mamlakatlar»ni) kiritish mumkin.
Uchinchi o'ziga xos populatsion xarakterdagi siklga:
— tug'ilishni kamayishi (pasayishi);
— o'lim ning qisqarishi.
Bunday populatsion siklning xarakterli tom oni shundaki, tu
g'ilish o'limga nisbatan (uncha katta bo'lm asa-da) yuqoriroq bo‘-
lishligi saqlansada, aholining o'sishlik darajasi doimo pasayib (ka-
mayib) borishi kuzatiladi.
Bunday populatsion siklga, asosan,
sanoati rivojlangan mamlakatlarni AQSH, Buyuk Britaniya, G er
maniya va boshqalarni kiritish mumkin.
To'rtinchi populatsion xarakterdagi siklga:
— tug'ilishning pastligi;
— o'limning kamligi va
natijada, nisbatan barqarorlashish jarayoni
yoki aholi o'sish dinamikasining minimal rivojlanish darajasi kuzatiladi.
Bunday populatsion xarakterdagi siklga Yel davlatlarini misol
qilib ko'rsatsa bo'ladi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyotida rivojlangan
mamlakatlaming har biri yuqorida ko'rsatilgan aniq populatsion
sikl bosqichlarini bosib o'tganligini ko'rishim iz mumkin. Shu bilan
63
bir qatorda demografiyada, ba'zan o'ziga xos ko'rinishga ega bo‘lgan,
populatsion xarakterdagi sikllar ham namoyon bo'lmoqda. Ya’ni,
aholi o'rtasida o'lim ning tug'ilishga nisbatan
ortib borishi bilan
aholining tabiiy o'sishlik darajasida minuslik holatiga ega bo'lgan
koeffitsient paydo bo'lm oqda (depopulatsiya, ya’ni mamlakatlarda
aholining tabiiy qisqarishi yuz bermoqda). Afsuski, bunday ko'ri-
nishdagi alomatlar hozirgi kunda Rossiya va shuningdek, Germaniya
va boshqa Yevropaning ko'plab mamlakatlarida aniq ko'rinyapti.
Masalan, 1983— 1987-yillarda Rossiyada yillik tug'ilish 2,5 mln
kishini tashkil etgan bo'lsa, 1988—1993-yillarda esa 1,4 mln kishini
tashkil etgan edi (hozirgi kunda bu ko'rsatkich yanada pasayib ketgan
bo'lishi ham mumkin).
Vaholanki, Rossiyada bunday past tug'i-
lishning o'zi butun bir XX asrning 50—70-yillarida ro'y bermagan.
Rossiyada tug'ilishga nisbatan o'limning o'sib borishi quyidagicha
ko'rinishda — 1992-yilda o'lim 220 ming kishini tashkil etgan bo'lsa,
1993-yilda 737,7 ming kishini, 1994-yilda 920,2 ming kishini tashkil
etgan edi (o'limning o'sish darajasi hozirgi kunda ham saqlanib
turibdi). Rossiyalik mutaxassislaming fikriga qaraganda, 2005-yilga
qadar, mamlakat aholisining soni 9 mln kishiga (6 %) qisqarishi,
bunda tug'ilishga nisbatan o'lim 12 mln kishiga ko'payishi
taxmin
qilinmoqda. Vaholanki, Rossiya aholisining yillik o'rtacha o'sish
darajasi O 'rta asrlar davrida 0,3 % ni tashkil etgan bo'lsa, XIX asr
ning 60—80-yillarida 0,6 % ni, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
1 % ni, XX asrning 70-yillariga kelib esa 2 % ni tashkil etgan.
BMT mutaxassislarining fikriga qaraganda,
yer kurasi aholisi
o'rtasida butun bir XXI asr davomida tug'ilish darajasining pasayishi
ro'y berib, o'tgan avlodlaming o'm ini qoplash darajasida bo'lishi,
shu bilan bir qatorda o'limning kamayishi va o'rtacha umr ko'rishning
o'sishlik darajasi davom etishi ko'rsatilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda
1975—2005-yillarda ko'payib borayotgan umum aholining 92—93 %
rivojlanayotgan mamlakatlarga to'g'ri kelib, XXI asr boshlarida bu
davlatlarda yer yuzi aholisining 80 % yashashi taxmin etilmoqda.
Xullas, jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan mamlakatlaming
ko'pchiligi hozirgi kunga kelib «demografik yetuklik» bosqichiga
yetishganligini ko'rishimiz mumkin (tug'ilishning
kamligi bilan
o'limning pastligi deyarli tenglashishi, minimal tabiiy o'sishlik darajasi
0 ga tushib qolishligi). Bunga qarama-qarshi jahonning ko'plab
rivojalanayotgan mamlakatlarida tug'ilish hali yetarli darajada yuqori
bo'lib, faktlarga qaraganda ushbu mamlakatlarda aholi ko'payishi
faqatgina XXI asrning oxirlariga kelib, biroz to'xtashi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: