sizlikdir. Zam onaviy sanoati rivojlangan m am lakatlar uchun
xarakterli a n ’anadan biri ishsizlikning o ‘sib borishidir. Agar
1993-yilda Yevropa hamkorligiga a ’zo bo'lgan 25
davlatda va
rivojlangan (OESR) mamlakatda ishsizlar soni 32 mln kishini
(uning 7,6 % iqtisodiy faol aholiga to 'g 'ri keladi) tashkil etgan
bo'lsa, 1994-yilga kelib, 35 mln kishiga (uning 8 % iqtisodiy faol
aholiga to 'g 'ri keladi) yetgan edi. YeH davlatlari hozirgi kunda
ishsizlikning o'sib borishi bilan bog'liq holda juda katta iqtisodiy
zarar ham ko'rm oqdalar (to'lanm agan soliqlar hisobiga).
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan
mamlakatlarda ishsizlar
sonini aniqlash hozirgi kunda eng qiyin muammolardan biri bo'lib
turibdi (statistik hisobotlarning yomonligi, ishsizlaming o'ziga xos
xususiyatlari hisobiga). Xalqaro mehnatni tashkil qilish tashkilotining
beigan m a’lumotiga qaraganda, XX—XXI asrlar bo'sag'asida sanoati
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ishsizlaming umumiy
soni 500 m ln kishidan oshib ketgan edi (yer yuzi aholisining
1/10 qism i). Rivojlanayotgan m am lakatlam ing ko'pchiligida
umumiy iqtisodiy ahvolning yomonlashib borishi o'z navbatida
ishsizlar soni yildan-yilga kuchayib borishiga sabab bo'lm oqda.
Bunday sharoitda, ayniqsa, qarilik yoshdagi erkak va ayollar, shu
ningdek, ma’lum bir kasbiy tayyorgarlik va amaliyotiga ega bo'lmagan
kishilar qiyin ahvolda qolmoqda.
Dunyoning ko'pgina rivojlangan va rivojlanayotgan m am
lakatlarida bolalar m ehnatidan foydalanish eng muhim m uam
molardan biri bo'lib qolmoqda. Misol uchun,
Italiyaning ishlab
chiqarish sanoat tarmoqlarida ishlayotgan ishchilarning taxminan
1 mln.ga yaqini 9—15 yoshlardagi bolalami tashkil etadi (YeH
davlatlari ichida bu ko'rsatkich bo'yicha Italiya «oldingi» o'rinlardan
birida turadi. Ispaniyada ishlayotgan o'sm irlar soni 200—250 ming
kishini tashkil etayotgan bo'lsa, Taylandda bu ko'rsatkich 3—3,5 mln
kishini tashkil etmoqda.
Rossiya va shuningdek, sobiq SSSR tarkibidan ajralib chiqqan,
iqtisodiy o'tish davri davlatlarida ham ishsizlik muammosi tobora
kuchayib bormoqda. 90-yillarning o'rtalarida Rossiyada ishsizlar
soni 1,6 mln kishini (yoki iqtisodiy faol aholining 2,1 %) tashkil
etib, 5,3 mln kishi (iqtisodiy faol aholining 7,1 %)
hech qanday
mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'lm agan edi. Ammo aholining
ushbu qatlam i m e h n at qilish n in g b a rc h a im k o n iy atlarid an
foydalanishga harakat qilishgan edilar. Xullas, 90-yilning o'rtalarida
Rossiya ishsizlaming umumiy potensialida ishlab chiqarishda to'liq
69
ish bilan band bo'lm agan ishchi kuchini qo'shib hisoblaganda
10,1 mln kishini (iqtisodiy faol aholining 13,5 %) tashkil etib,
ishsizlaming yuqori nuqtasiga yaqinlashib qolgan edi. Rossiyada
aholining iqtisodiy faolligi b a’zi-bir
tarm oqlar yoki sohalarga
qo'shilib ketishi natijasida shahar bilan qishloq (посёлка) o 'r
tasidagi iqtisodiy m uam m olarni keskinlashtirib yuborgan edi.
2000-yildan boshlab dunyo mamlakatlarida, jum ladan, RF va
boshqa M DH mamlakatlarida ham qishloq aholisini keskin ka
mayishi holatlari sezilyapti. Hozirgi kunda rivojlanayotgan m am
lakatlar qishloq aholisining soni sanoati rivojlangan davlatlardagi
qishloq aholisi soniga nisbatan keskin ortib bormoqda (qishloq aho
lisining taxm inan 9/10 qismi hozirgi kunda rivojlanayotgan
mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi.
Jahon iqtisodiyotida bunday munosabatlar quyidagi jarayonlarda
namoyon bo'lmoqda:
— sanoati rivojlangan mamlakatlaming ko'pchiligida
qishloq
xo'jaligi bilan band bo'lgan aholi sonining tobora kamayib borishi;
— rivojlanayotgan mam lakatlarda qishloq xo'jaligida band
aholining mutlaq miqdori juda kattaligi (YalD davlatlarini tashkil
etilishi va boshqalar hisobiga qisqarib borishiga qaramasdan).
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarga XX—XXI
asrlar bo'sag'asida qo'shimcha 500 mln.dan ortiq qishloq aholisining
«kelishi», sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa, qishloq aholisining
umumiy «yo'qotishi» (taxminan 64—66 mln kishini), 2000-yil-
lardan so'ng esa jahon mamlakatlarida qishloq aholisining soni
doimiy ravishda kamayib borishi kuzatilmoqda. Xullas, xo'jalikda
qishloq aholisining asta-sekin turli sabablarga ko'ra, shahar aholisi
tarkibiga qo'shilib ketishi, yirik shaharlar sonini o'sishiga va dunyo
aholisining iqtisodiy va madaniy turmush tarzini yaxshilanishiga
—
Do'stlaringiz bilan baham: