Reja: Qishloq xo'jaligining yetakchi sohalari



Download 228,5 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi228,5 Kb.
#886600
Bog'liq
Qishloq xoʻjali-WPS Office


Qishloq xoʻjaligi va sanoat sohasidagi oʻzgarishlar
Reja:
1.Qishloq xo'jaligining yetakchi sohalari.
2. Qishloq xoʻjaligi va tarmoqlari
3. Sanoat sohasidagi eng ilgʻor yutuqlar.
Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan
Qishloq xo’jaligi

O‘zbekiston qishloq xo‘jаligi


Mazkur statistik toʻplamda, iqtisodiyotning agrar sektorini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkich – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻyicha maʻlumotlar chop etilgan. Toʻplamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari va yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, qishloq hoʻjaligida band boʻlgan hodimlar soni, ekin maydonlari, yalpi hosili va hosildorlik, chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida maʻlumotlar keltirilgan.


Shuningdek to’plamda fermer, dexqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari faoliyati hamda ularning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ulushi to’g'risida ma’lumotlar berilgan.


Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.

Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, 02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1877


Кучга кириш санаси
12.12.2008
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
BUYRUG‘I
SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA ISHLOVCHI UMUMIY KASB XODIMLARI UCHUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOSHQA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISH VOSITALARINI BEPUL BERISHNING NAMUNAVIY ME’YORLARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1877-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko‘paytirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada oxirgi yillarda paxta-to‘qimachilik klastyerlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etdi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti.
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klastyerlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashuvini, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish;
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish.
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi boʻyicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz toʻkin, xalqimiz rizqi moʻl-koʻl boʻlishidan tortib, eksportdan qoʻshimcha daromad topishgacha boʻlgan juda koʻp masalalar shu yoʻnalish rivojiga bogʻliq.
Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha eʼtibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablagʻ, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar “charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qoʻshimcha qiymat olish boʻyicha tizim yaratilmadi.
Keyingi yillarda sohani isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga koʻtarilgani natijasida dehqon va fermerlarda manfaatdorlik tuygʻusi oshdi. Paxtachilik va gʻallachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi.
Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil etildi. Joriy yilning oʻzida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sugʻorish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish boʻyicha katta saʼy-harakatlar boshlandi.
Bular – islohotlarning birinchi bosqichi.
Prezident faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham oʻylab, uzoqni koʻzlab islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish vazifasini qoʻymoqda. Shu maqsadda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotimizning asosiy oʻsish nuqtasi, “drayveri” boʻladi. Ming-minglab ish oʻrinlari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi.
Yigʻilishda ishlab chiqilayotgan strategiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Yer egalari unumdorlik va hosildorlikni oshirish maqsadida yerga investitsiya kiritishga intilishi uchun ularning ertangi kunga toʻla ishonchi boʻlishi kerak. Shu bois davlatimiz rahbari qonunchilikni butunlay yangilab, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga boʻlgan huquqning kafolatlanishini, yerning daxlsizligini taʼminlash, yerga boʻlgan munosabat tushunchasini huquq sohasiga kiritish zarurligini taʼkidladi. Bu nafaqat aholi bandligi, eksport, balki byudjetga qoʻshimcha daromadlar tushumini ham taʼminlaydi.
Bunda, avvalo, qishloq xoʻjaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish muhimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasiga 2021-yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish boʻyicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi.
Strategiyadagi vazifalarni samarali amalga oshirish, eng avvalo, kadrlar salohiyati bilan bogʻliq. Bu sohaga ixtisoslashgan 7 ta oliy taʼlim muassasasini har yili 3 mingdan ortiq yosh bitirsa-da, hududlarda kadrlar yetishmayapti. Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻq, zamonaviy taʼlim uslublari joriy qilinmagan.
Qishloq xoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirishga byudjetning 0,1 foizigina yoʻnaltiriladi. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlarda bu koʻrsatkich 2-3 foiz atrofida.
Akademiklarning ilmiy maktablari soni 50 tadan 17 taga kamaygan, sabzavotchilik, gʻallachilik, oʻsimlikshunoslik sohalarida esa bunday maktablar mavjud emas. Oʻsimlikshunoslik, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutlarining laboratoriya jihozlari oxirgi 70 yilda taʼmirlanmagan. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish choralari samarasizligicha qolmoqda.
Masalan, boshqa davlatlar gilos eksportini iyun oyidan boshlaydi. Agar yurtimizda may oyining boshida hosil beradigan gilos navi yaratilsa, uning eksportidan olinadigan daromadni 2 barobar oshirish mumkin.
Shu bois qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutlari ertapishar mahsulot turlarini yaratishga asosiy eʼtibor qaratishi lozim. Chorvachilik tarmogʻida ham ilm-fan yutuqlarini keng tatbiq etish, hududlar iqlim sharoitiga mos chorva zotlarini yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Prezidentimiz strategiyani xalq bilan muhokama etib, oqilona qabul qilish zarurligini taʼkidladi. Uning ijrosini samarali taʼminlash uchun har yilga alohida “yoʻl xarita”lari ishlab chiqish, hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tuzilmasini ham takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xalqaro tajriba asosida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqitishning mutlaqo yangi metodikasini tatbiq etish, professor-oʻqituvchilar ishtirokida sayyor oʻquv darslari hamda seminarlar tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Umuman olganda, yangi strategiya qishloq xoʻjaligiga bozor mexanizmlarini joriy qilib, ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksportni koʻpaytirish, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobar oshirishga xizmat qiladi.
Yigʻilishda kun tartibiga qoʻyilgan masalalar ijrosini toʻla taʼminlash boʻyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari axborot berdi.
Qishloq xo'jaligi sohasi O'zbekistonda juda muhim ahamiyatga ega. Nimaga deganda, bizda aholining asosiy qismi, uning 50 foizdan ko'prog'i qishloq joylarda yashaydi. Shuning uchun aytish mumkinki, qishloq xo'jaligi sohasi mamlakat uchun hayotiy ahamiyatga ega. U bizning ota-bobolarimiz azaldan shug'ullanib kelgan juda muhim soha.
Mustaqillikkacha bo'lgan davrlar, 1990-91 yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari tanqisligi katta bo'ldi. Sovetlar davrida nonni ham, boshqa mahsulotlarni ham kerak bo'lganda kartochka bilan olish darajasigacha yetib borgandik. Endi buni qanaqadir yo'llar bilan o'zgartirish kerak edi.
Mustaqillikkacha qishloq xo'jaligi hamma sovet davlatlarida bo'lganidek bitta joyga bo'ysunadigan davlat tasarrufidagi xo'jaliklar edi. Barcha mahsulot davlat buyurtmasi bo'yicha, davlat narxlari asosida va bizda eng muhimi paxta yakkahokimligi bor edi. Nimaga deganda, imkoniyati bor joyda paxta ekildi. Olti million [tonna] paxta yetishtiramiz degan gaplarni eshitgansiz. Tanqidchilar bizlarni paxtakor emas, paxtaqul ham deb yurdi. Buning hammasi haqiqat”.
Qishloq xo'jaligida sovetcha ko'z-qarash ildizi yoki dehqon yer egasiga aylansa nima bo'lishi borasida
Smail Ospanov:
“Bunday olganda paxta yaxshi narsa, lekin uning samaradorligi, foydasi boshqa ekinlarga qaraganda 10 barobargacha kam. Masalan, meva-uzum, chorvachilik, sabzavotchilikdan samaradorligi ancha kam. Nimaga deganda biz sovet davlatiga paxta berishga majbur edik. Buni o'zgartirish kerak edi. Birinchi muammo shu yerda edi. Ikkinchi muammo, kolxoz bo'ladimi, sovxoz bo'ladimi, bu yerdagi ishlovchilarning moddiy manfaatdorlikka umuman aloqasi yo'q edi. U sovet davlat xo'jaligi bo'ladimi, jamoa xo'jaligi bo'ladimi, buning hammasining mulki davlatniki edi. Masalan, siz kolxozchi bo'lsangiz va undan chiqib ketsangiz, undagi o'z ulushingizni olib ketolmasdingiz. Sovxozning esa hamma mulki davlatniki edi. Davlatning va shaxsiy mulkka bo'lgan munosabatni qandayligini hammamiz bilamiz-ku. Masalan 10-20 so'tix yer bilan kun ko'rayotgan oilalar bor. Mana sizga munosabat”.
So'nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilingani sohani tubdan isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Binobarin, Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yangidan-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishga tushirildi. Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. SHu bilan birga, hududlarda jami 51,9 ming gektar er qayta foydalanishga kiritildi.
Ammo, bu yutuqlar bilan birga, Strategiyada belgilangan qator tadbirlarni o'z vaqtida va samarali ro'yobga chiqarishga ta'sir qilayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, erlarni o'zlashtirishda davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari to'g'ri yo'lga qo'yilmagan, sohaga xususiy investitsiya kiritish masalasiga oid muammolar to'liq o'z echimini topmagan. Paxta xom-ashyosini etishtiruvchi fermer xo'jaliklari bilan paxta-to'qimachilik klasterlari o'rtasida shartnomaviy munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilmagan.
YUrtimizda boshoqli don etishtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishiga qaramasdan, respublika bo'yicha jami 2 229 ta fermer xo'jaligida davlatga don sotish shartnomaviy rejasi bajarilmagan. SHuningdek, Andijonda 7,5 ming, Buxoroda 2,5 ming, Jizzaxda
8,1 ming, Qashqadaryoda 26 ming, Sirdaryoda 36,8 ming, Farg'onada 15,2 ming gektar maydonlarga belgilangan takroriy ekinlar ekilmagan. Ayniqsa, moyli ekinlar uchun takroriy maydonlar kam ajratilgani o'simlik yog'i narxi barqarorligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Natijada joriy yilning oktyabr` oyida bozorlarda o'simlik yog'i narxining sezilarli darajada ko'tarilishi kuzatildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo'lib o'tgan yig'ilishda deputatlar, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo'g'ini hisoblangan urug'chilik sohasidagi ishlar, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik sohalarida mexanizatsiyalash darajasini oshirish, ayniqsa, paxtani mexanizatsiyalash usulida terib olish ko'lamini kengaytirish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar lozim darajada tashkil etilmaganini ham qayd etdi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, majlisda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Shuhrat G'anievga “O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida” qonunchilik palatasining parlament so'rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.


O‘zbekiston YAIMning 32 foizini tashkil qilib, mehnatga layoqatli aholining 27 foizini ish bilan ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi samarali davlat siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘lishi mumkin. Mazkur siyosatning samarali amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi hamda fermerlar va agrotashkilotlar daromadlari oshadi, qishloq joylarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu yerlarda yashash darajasi ko‘tariladi, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aholi uchun arzonroq bo‘ladi va mamlakat ishonchli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlay oladi.
Biroq qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh, shuningdek xususiy sektor, aholi va davlat manfaatlari uchun xizmat qiladigan sohaga aylantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish kerak. Jahon banki tahlillari hozirgi kunda mazkur maqsadga erishishning besh asosiy muammosi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Bu maqolada mazkur muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘lida davlat tomonidan olib borilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy chora-tadbirlarni ko‘rsatishga harakat qildim.
1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni muvozanatlash lozim
2018 yilda O‘zbekistonning 70 foiz ekin maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirish uchun ishlatilgan. Oxirgi bir necha yillarda ba’zi yer maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirishdan chiqarildi. Lekin qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda unumdorlikni oshirish uchun hozirgi kunda mazkur ikki mahsulot ekish uchun ishlatilayotgan qo‘shimcha maydonlardan keyinchalik boshqa yanada foydali ekinlarga, xususan, meva va sabzavotlar ekish uchun foydalanish lozim.
Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta va bug‘doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.
Mazkur yerlarni yanada daromadli ekinlar ekishga qanchalik tez o‘tkazish kerak? Bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi va qo‘shni tarmoqlardagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Masalan, meva va sabzavot yetishtirish uchun yerni qayta taqsimlash davlatning ichida va uning bojxona chegaralarida agrologistikani takomillashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, tez ayniydigan meva-sabzavot mahsulotlarini fermerlardan mahalliy iste’molchilarga va xalqaro bozorga tezkor ravishda yetkazishni ta’minlaydi.
Aks holda meva va sabzavotlarni qayta ishlab chiqarishdan olingan foyda bug‘doy va paxta sotishdan olingan foydadan kam bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda paxta, bug‘doy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning o‘rtacha hosildorligi ularning real imkoniyatlaridan ancha past. Bu ko‘rsatkichni oshirish nafaqat fermer xo‘jaligi va agrotashkilotlar foyda va eksportlarini oshiradi, balki hozirgi kunda bug‘doy va paxta bilan band qilingan maydonlarni yanada foydali ekinlar uchun foydalanishga topshirish imkoniyatini ham yaratadi.

O‘n yillar davomida ilmiy tadqiqotlar va xizmatlar taqdim etilishining yetarlicha moliyalashtirilmasligi hamda sektorni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni yetarlicha ko‘rsatilmaganligi kabi masalalar hal qilinishi lozim. 2018 yilda O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti daromadining faqatgina 0,02 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi izlanishlarga sarflnadi. Shu bilan birga, hozirgi kunda mahalliy fermerlar uchun axborot-konsultativ xizmatlar mutlaqo mavjud emas.


Taqqoslash uchun, muvaffaqiyatli qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan o‘rta daromadli mamlakatlar qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 1 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga uchun sarflaydi, ko‘p daromadli mamlakatlar esa o'racha 2,5 foiz sarflaydi


Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eksport imkoniyatlaridan maksimal foydalanish kerak

2018 yilda O‘zbekiston agro oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiymati bor-yo‘g‘i 1,3 mlrd dollarni yoki har gektar mahsuldor yerga nisbatan 330 dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘sha yili Vetnam 40 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotini eksport qilgan. Bu davlatning eksportdan olgan foydasi har bir gektar mahsuldor yerga 6100 dollarni tashkil qiladi.


Jahon savdo tashkiloti tarkibiga kirish uchun hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohot va chora-tadbirlar O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan meva-sabzavotlarni jahonning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilish imkonini beradi.


Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy masalalardan yana biri — eksport tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlarni amalga oshirishda mehnat resurslarining keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlash zaruriyatidir. Hozirgi kunda meva-sabzavot mahsulotlarining 60 foizi katta bo‘lmagan dehqonchilik xo‘jaliklari va uy-joy uchastkalarida yetishtirilmoqda. Lekin ularning eksportga yo‘naltirilgan qo‘shimcha daromadli mahsulot ishlab chiqarish zanjiridagi ishtiroki hozircha past bo‘lib qolmoqda.


Qishloq xo‘jalik kooperativlarining agrobiznes va eksportchilar bilan kooperatsiyasi va hamkorligini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlari yordamida yuqorida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning mazkur zanjirlar bilan integratsiyalashuvi ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda kichik dehqon va xususiy mulkdorlar biznesining rentabelligini oshirishga yordam bergan bo‘lar edi.
. Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish kerak.
2018 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun davlat xarajatlari YAIMga nisbatan 1,8 foizni tashkil etdi (2016 va 2017 yillarda YAIMning 2 foizini tashkil etgan edi).
Boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligiga YAIMning nisbatan kichikroq ulushini ajratadilar. O‘rta daromadli mamlakatlar YAIMning o‘rtacha 0,6 foizini sarflaydi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) yuqori daromadga ega mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida mablag‘ ajratiladi. 2018 yilda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligiga YAIMning 0,8 foizini, Vetnam esa 0,5 foizini sarfladi. Xatto yigirma yil avval ham o‘rta daromadli mamlakatlar kambag‘al bo‘lganida, ularning qishloq xo‘jalik byudjetlari YAIMga nisbatan 1,3 foiz ni tashkil qilar edi.
Davlat xarajatlari yuqori darajali bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi hali yuqori samaradorlikni namoyish eta olmaydi. Misol uchun, 2018 yilda qishloq xo‘jaligi noldan biroz yuqori o‘sishni ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun o‘ta muhim bo‘lgan ko‘plab davlat dasturlari har doim mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanmay kelgan. Mazkur dasturlarga qishloq xo‘jaligining amaliy tadqiqotlari, bilimlarni tarqatish, qishloq xo‘jalik fanlaridan ta’lim olish, tuproq unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi tizimini rivojlantirish, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish (qishloq xo‘jaligi kooperativlari, klasterlar, samarali sherikchilik munosabatlari), statistik va bozor ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, bozor infratuzilmasi va agrologistikasini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, siyosatni tahlil qilish, xodimlar malakasini har qanday darajaga oshirish va monitoring qilish kabilar kiradi. Kelgusida ushbu dasturlar davlat mablag‘larining katta miqdorini talab etishi mumkin.
O‘zbekiston uchun yaxshi xabar shundaki, mamlakat bug‘doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Ko‘pgina davlatlarda vaziyat butunlay teskari. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yilda paxta va bug‘doy narxlarining pasayishi hisobiga o‘zbek fermerlari yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizini yo‘qotdilar. Natijada fermerlarda hosildorlikni oshirishga rag‘bat bo‘lmaydi.
Dehqon xo‘jaliklari (kichik dehqonlar) ning yerga egalik qilish huquqlari qonuniy himoyalangan. Bu moddiy-texnik resurslarga ko‘proq pul to‘lashlari, o‘zlarining kichik yer maydonlarida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash qiyin bo‘lsa ham, nima sababdan kichik dehqon xo‘jaliklarida yirik fermer xo‘jaliklaridagiga nisbatan hosildorlik o‘rtachadan yuqori ekanligining asosiy sabablaridan biridir.

Shu bilan birga, bir qator sabablar bilan va istalgan vaqtda yirik fermerlar davlatdan ijaraga olingan yerlarni yo‘qotishi mumkin. Bu fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish, ekinlarni joylashtirish rejasini bajarmaslik yoki paxta va g‘alla hosilini davlat rejasiga rioya qilmasligi tufayli sodir bo‘lishi mumkin, bu mas’uliyat mahalliy hokimiyat organlariga yuklangan.


Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardan foydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag‘batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan voz kechish zarur. Ushbu choralar sobiq Sovet Ittifoqining butun hududida, shuningdek, ko‘p yillar oldin Xitoy va Vetnamda amalga oshirilar edi.


Xitoy va Vetnam tajribasi fermerlarni rag‘batlantirishga yondashuvni qanday isloh qilish kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda davlat buyurtmasi tizimi allaqachon bekor qilingan, biroq bu qishloq xo‘jaligining barbod bo‘lishiga olib kelmadi. Bu yerda strategik ekinlarning bir qismini ishlab chiqarish ekinlarni joylashtirish tizimlari, fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet to‘lovlari hamda hosildorlikni oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, shuningdek ularni zararkunanda va kasalliklardan himoyalashga qaratilgan tegishli davlat dasturlari hisobidan rag‘batlantiriladi. Mazkur yondashuv O‘zbekistondagi mavjud paxta va bug‘doy tayyorlash bo‘yicha davlat rejasini qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan farq qiladi.


Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini oshirish hamda mahalliy hokimiyat foydalanishga taqdim etilgan yerlar hosildorligini yaxshilashga sarmoya kiritmaydi.

Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar va chaqiriqlar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar uchun o‘ta muhim.


Ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan 2019−2030 yillarda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasi mazkur sohada Jahon banki Guruhi hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatga aylanishi lozim. Uning qabul qilinishi va keyinchalik hukumat tomonidan amalga oshirilishi yuqorida tilga olingan chaqiriqlarni mamlakatni rivojlantirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishga zamin yaratadi.


Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo'1 qo`ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yii ichida mavjud 1337 davlat xo`jalligidan 1066 mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo`jalikka aylantirildi 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo`jaligida ko’p ukladli iqtisod vujudga keldi. 1997-yili shaxsiy tomorqa xo'jaligi-3 mln. gektarni tashkil. qildi. Tomorqa xo`jaligining ekin maydoni 1989 yili 257 ming gektar bo`lsa, 1997-yil-599,7 ming gektarga ko’paydi. 1996-yili shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda 640 ming t go`sht, 2,968 ming t sut, 1,711 ming t sabzavot, 321 ming t meva, 307,8 ming t poliz, 338,1 ming t kartoshka, 729 mln. dona tuxum yetishtirildi. gallakorlar O’zbekistonning g’alla mustaqilligiga katta hissa qo`shmoqda. Ular 1996-yili davlatga 2 mln. 100 ming tonna g`alla topshirgan bo`lsalar, 1998-yili 4,6 mln. tonna g`alla hosili yetishtirdilar, Bundan 3,5 mSn. tonnasi bug`doy edi. G’allakorlarning yutuqlari o’z-o’zidan bо`lgani yo`q. Paxta maydonlarini qisqartirish evaziga don ekinlarining maydoni kengaytirilib 2,5 mln. gektarga yetkazilib paxta maydonlari bilan tenglashtirildi. G’allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi, 8159 ta "Niva", "Don", "Sibiryak" kombaynlari bilan bir qatorda Amerikaning "Keys" ftrmasidan keltirilgan 637 kombayn g`alla orim-yig`imida qatnashdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997 yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o’zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. "Yer kodeksi", "Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to’g’risida", "Dehqon xo`jaligi to’g’risida". "Yer kadastri to'g`risida"gi qonunlar qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000-yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo`lmagan sektor muslahkamlandi va yetakchi o’rinni egallab, 1991-yilgi 63 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 1999 yil sentyabriga kelib qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi.


Barcha islohotlarning tub maqsadi insonning ijtimoiy turmusbini yaxshilashga qaratilgandir. O’zbekiston taraqqiyotidagi o’ziga xos yo`lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta'minlangan, boquvchisi yo`q, ko’p bolali oilalarni, nogiron va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a'zolarining o`ta boylar va kambag`allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. 1994 yilni oktyabridan boshlab davlat tomonidan bola boquvchi onalarga, 16 yoshgacha bolalari bor, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa joriy etildi.


Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarning dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda, Xususan. 1999 yil davlat byudjetini shakllantirishda obyektiv sabablarga ko`ra yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, ma'muriy va boshqaruv organlari tizimida o`tkazilgan qisqartirishlar hisobiga ijtiraoiy sohalarga ajratiladigan mablag`larning kamayishiga yo'1 qo`yilmadi.


1998-yiI oxiridagi hisobga ko`ra mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so`m miqdorida mablag` ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi bor onalarga 10 ralrd. 448 mln. so`m nafaqa berildi.

Kam ta'minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli hil imtiyozlardan keng foydalanadi. Jumladan, jamoat transportida tekin, arzon haq to’lab yurish, turar joy va kommunal xizmatlari uchun haq to’lashda, dori-darmonlarni bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha yengilliklar berilgan. Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta'1imi, o’rta maxsus va oliy o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilariga, tibbiy xodiralarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlaridan foydalanishda qator imtiyozlar berildi.


Bozor munosabatiga o’tishjarayonida aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o’zgarmoqda. Maosh bilan o`lchangan ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aksiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo’ldi.


Aholi daromadiarini bozorga bog`liq manbaiarining yildan-yilga o`sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog`i pasayib bormoqda. Masalan, 1992-yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995-yilda esa-44,2% ni tashkil qildi. 1997-yili aholi barcha daromadlarining qariyib chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushdi.


Bozor iqtisodi sharoitida aniq yo`naltirilgan ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. 1994-yili eng kam maosh 150 so`m bo’lsa, 2004-yili bu ko`rsatkich 6400 so`mni tashkil qildi. Ayni bir vaqtda narx-navoning oshib ketmasligi choralari ko`rilmoqda. 1995-yili kam ta'minlangan oilalarga 6 mlrd. so`m to’landi.


1998-yili 10-noyabrda sog`liqni saqlashni isloh qilish to’g’risida Prezident farmoni chiqdi. Davlat sog`liqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda nodavlat, shaxsiy tibbiyot muassasalari rivqjlanmoqda.


Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi. O’tishdavrida bank tizimining egallaydigan muhim o`rnini Prezident I.A.Karitnov har tomonlama asoslab berdi: Bank tizimi, - deydi Prezident, iqtisodiy qayta qurish jarayonida lokomativ rolini bajarishi kerak. Bu tizimning faoliyati iqtisodni barqarorlashtirishga qaratilgan bo`lib, islohatlarni chuqurlashtirish uchun qulay makroiqtisodiy sharoitlar yaratish zarur. Bank tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi 1991 yili qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonundan boshlandi. Sobiq SSSR davlat bankini o`lkadagi bo`limi Markaziy Bankga aylantirildi. uning tashkiliy tizimi qayta ko`rilib, ish uslubi qayta tubdan o’zgartirildi. Harakatdagi savdo (kommersiya) banklari aksiyalashgan banklarga aylantirildi, ularning soni ko’paydi. 1999-yilni oxirida respublikada 36 savdo (kommersiya) banklari, ulardan ikkitasi davlat, 18 aksiyadorlik, 10 xususiy va 13 yirik xorijiy banklarning vakolatxonalaridir. Milliy valyuta joriy etilishi bilan (1994-yil, iyul) pul tizimini mustahkamlashda ikkinchi bosqich bo’ldi. Bu davrda birinchi navbatda bank qonunchiligi takomillashdi.


1996-yildan boshlab iqtisodiy o`sish yuz berdi. Aholi daromadining yillik o`sishi 14 foizni tashkil qildi. 1997-yili yalpi mahsulotning o`sishi O’zbekistonda 4,5 foizdan kam bo`lmadi. 1991-1996 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi hukumati Milliy bank va Moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi. 1995-yil dekabrda Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasining Markaziy bank va bankiar to’g’risida qonunlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Markaziy bankdan tashqari Toshkent shahri va viloyatlarda 30 ta aksiyador-tijorat, shirkat va xususiy banklar faoliyat ko`rsatmoqda (1995).

Mustaqil O’zbekiston xazinasini to`ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy manbayi soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e'tibor berildi.


Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-avgustdagi "O’zbekiston Respublikasida Davlat Soliq orgatilari haqida"gi qarori asosida davlat soliq tizimi shakllana boshladi. Soliq to`lovchilar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Agar 1994-yilda 91 mingdan ortiq soliq to`lovchi yuridik shaxs ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga yetdi.


Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi.

Shuningdek, 70 million dollar ko‘chatlar yetkazib berish, fitosanitariya, geoaxborot va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadigan agroxizmat markazlarini tashkil etilishi, bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun berilayotgan 10 million dollar hisobiga yerlarning hosildorligi, soliq, transport-logistika va mahsulotlar bozorlari haqida ham ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, qishloqda bozor prinsiplari va munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini bozor shart-sharoitlari va talablariga jadal moslashtirish albatta tadbirkorlik, dehqonchilik va savdo-sotiq rivoji uchun munosib xizmat qiladi.


Yerni xususiylashtirish zamon talabi bo‘lgan O’zbekiston qishloq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazishning eng avvalgi va eng muhim bosqichidir. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarish - yuqori hosildorlik va yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirish bu sohada bozor munosabatlarini tiklamasdan amalga oshirish imkonsiz. Bozor munosabatlari esa, qachonki ishlab chiqaruvchi, ya’ni dehqon o‘z mehnat faoliyatida erkin va u qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalarining eng muhimi bo‘lgan Yerning va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy mulkdori bo‘lsagina rivojlanadi.


Prezidentimiz ajratilayotgan har bir dollarni uch dollarga aylantirish, imtiyozli kreditlarni qaytarish bo‘yicha aniq hisob-kitob asosida ishlash zarurligini ta’kidladi. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir tadbirkor sarflagan dastmoyasidan mo‘may daromad olishi, biznesini rivojlantirishi uchun qancha mashaqqat va qiyinchiliklarga qaramay harakat va izlanishdan to‘xtamasligi lozim.


Intensiv bog‘ maydonlarini kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan. Xususan, buning hisobidan Toshkent viloyatida 500 gektar, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Samarqandda 300 gektardan, Jizzaxda 250 gektar, Qashqadaryo hamda Surxondaryoda 200 gektardan, Qoraqalpog‘istonda 100 gektar maydonda yangi usuldagi intensiv bog‘lar yaratilishi rejalashtirilgan.


Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.


Mulkiy munosabatlar yangicha shakllanga muhitda o‘zining xususiy yerida hosilini kutayotgan o‘zbek dehqoniga, xususiy korxonasida buyurtmalarga mahsulotini o‘z vaqtida ishlab chiqarib berishga shoshilayotgan o‘zbek tadbirkoriga, chet elda sotishga molini xususiy omborlarida to‘plab, shaylayotgan o‘zbek tojiriga "O’z Yeringni, o‘z mulkingni, o‘z uyingni o‘zing asra!" deb xitob qilinishi juda mos va o‘rinli bo‘ladi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi zamonaviylashib, raqobatbardosh sohaga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi, Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi vakillari qishloq xo‘jaligining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, eksportchilarni qiynayotgan muammolar haqida so‘z yuritdi. Eksportchilar o‘zlarining mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi ekanini chuqur anglagan holda, vaziyatni o‘zgartirishga jiddiy kirishmoqda.


Ammo haligacha hal qilinmagan masalalar ham ko‘p. Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan o‘simlik mahsulotlarida pestitsidlar qoldiqlari va boshqa kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar miqdorini cheklovlar bo‘yicha me’yorlar va qoidalar Alimentarius Kodeksi parametrlariga mos kelmaydi. Bu esa Kodeks standartlari joriy qilingan davlatlarga mahsulotlarni eksport qilishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bugun yurtimizda ro‘yxatga olingan 72 faol moddaning 60 foizdan ortig‘i (43) Yevropa Ittifoqida foydalanishga ruxsat etilmagan. Bu ushbu pestitsidlar bilan ishlov berilgan bog‘dorchilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga eksport qilish mumkin emasligini anglatadi. Pestitsidlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha regulyator tomonidan hech qanday nazorat yo‘q. Masalan, O‘zbekistonda foydalanishga ruxsat etilgan xlorpirifos, metomil, asefat va propargit Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan. Pestitsidlar va o‘g‘itlarni olib kirish, ichki savdo va tarqatish tizimi tartibga solinmagan, nazorat qilinmaydi. Yevropa Ittifoqi yoki Kodeks qoidalari joriy qilingan boshqa mamlakatlarga eksport qilishda O‘zbekistonda Kodeks va/yoki Yevropa Ittifoqi parametrlariga muvofiq mahsulotlarni PDK (konsentratlarning ruxsat etilgan darajasi) uchun sinovdan o‘tkazuvchi akkreditatsiyalangan toksikologik laboratoriyalar emas.
Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bilan birga eksport mutaxassislarning axborot va amaliy yordami, GAP (maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti), GHP (gigiyena amaliyoti), GMP (ishlab chiqarish amaliyoti) singari jahon amaliyotlarini joriy etish zarur.

Davra suhbatiga fitosanitariyani tartibga solish bo‘yicha mutaxassislar taklif etilib, ular tomonidan tartibga solish me’yorlarini zudlik bilan isloh qilish zarurligi tushuntirildi.


Zamonaviy eksport oziq-ovqat xavfsizligi va fitosanitariya me’yorlarini yagona standartlarga yetkazish uchun zamonaviy yechimlarni talab qiladi.


Savdo-sanoat palatasining vazifasi eksportyorlar va davlat nazorati organlarining fikrlarini tinglagan holda qishloq xo‘jaligiga xorijning o‘xshash mahsulotlari bilan ham sifat, ham narx bo‘yicha raqobatlashish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar to‘plamini shakllantirishdan iborat.

An’anaga ko‘ra, uchrashuv yakunida tahliliy ma’lumot uchun takliflar yig‘ilib, vakolatli davlat organlariga taqdim etildi.


Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar bilan Biznes nonushta tadbirlarini davom ettirmoqda. Eksportni rivojlantirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish masalalariga bag‘ishlangan avvalgi uchrashuvlar videoyozuvlari Savdo-sanoat palatasining YouTube sahifasiga joylangan.


Sanoat va qishloq xo’jaligi geografiyasi fani iqtisodiy geografiyaning muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, sanoat qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xududiy muammolarini, joylashishi va iqtisoslashishi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish xalq xo’jaligining muhim tarkibiy qismidir. U jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan turli xil maxsulotlarni ishlab chiqaradi. Sanoat va qishloq xo’jalik geografiyasi iqtisodiy geografik masalalarni o’rganishda yetakchi o’rinni ishg’ol etadi. Iqtisodiy geografiya va uni hamma qismlari jamiyat haqidagi fandir. Hamma fanlardagi kabi har bir voqea va hodisalarni o’rganishda unga avvalo falsafik nuqtai nazari bilan yondashish kerak. Bu fan ham shu metodga tayanadi. Shuningdek, iqtisod nazariyasi, regional iqtisod, ekologiya, demografiya, matematika, tabiiy geografiya, tarix, siyosatshunoslik, kartografiya fanlari bilan bir qator yo’nalishlarda hamkorlik qiladi. Ayni paytda bu «qo’shni» fanlarda ham sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga e’tibor kuchaymoqda. Shubxasiz, biz ishlab chiqarishning ijtimoiy, demografik va ekologik tomonlarini hisobga olishimiz zarur. Shuning uchun geografik dunyo qarash «xududiy» bo’limi bilan birga «dunyoviy majmualar birligidan iborat» bo’lishi kerak. Ya’ni har bir talaba dunyoda sodir bo’layotgan siyosiy va iqtisodiy voqealarning mohiyatini anglab yetmog’i zarur. Umuman, xo’jalik tarmoqlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi hisoblanadi. Xususan bu yirik mavzu jahon moddiy ishlab chiqarishning sanoat, qishloq xo’jaligi, transport tarmoqlarini va 4 ular bilan uzviy bog’liq bo’lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar sohalarini qamrab oladi. Bu mavzularni o’rganish bilan, o’quvchi har bir xo’jalik tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o’rni, rivojlanish va joylashishi hususiyatlarini ularning atrof – muhitga ta’siri haqida atroflicha tushuncha oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmoqlaridan, u har qanday xo’jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab berish hususiyatiga ega. Jahonning barcha sanoat tarmoqlarida 350 milliondan ziyod kishi va xodimlar ishlaydi
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu yo‘nalish rivojiga bog‘liq.

Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag‘, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar “charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat olish bo‘yicha tizim yaratilmadi.


So‘nggi yillarda respublikada dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini yanada kengaytirish va aholi tomorqalarini xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari yanada ko‘paytirildi.


Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Jahon banki ishtirokida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor ham aynan shu mavzularga bag‘ishlandi.


Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi.


Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi.


Shuningdek, 70 million dollar ko‘chatlar yetkazib berish, fitosanitariya, geoaxborot va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadigan agroxizmat markazlarini tashkil etilishi, bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun berilayotgan 10 million dollar hisobiga yerlarning hosildorligi, soliq, transport-logistika va mahsulotlar bozorlari haqida ham ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, qishloqda bozor prinsiplari va munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini bozor shart-sharoitlari va talablariga jadal moslashtirish albatta tadbirkorlik, dehqonchilik va savdo-sotiq rivoji uchun munosib xizmat qiladi.

Yerni xususiylashtirish zamon talabi bo‘lgan O’zbekiston qishloq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazishning eng avvalgi va eng muhim bosqichidir. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarish - yuqori hosildorlik va yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirish bu sohada bozor munosabatlarini tiklamasdan amalga oshirish imkonsiz. Bozor munosabatlari esa, qachonki ishlab chiqaruvchi, ya’ni dehqon o‘z mehnat faoliyatida erkin va u qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalarining eng muhimi bo‘lgan Yerning va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy mulkdori bo‘lsagina rivojlanadi.


Prezidentimiz ajratilayotgan har bir dollarni uch dollarga aylantirish, imtiyozli kreditlarni qaytarish bo‘yicha aniq hisob-kitob asosida ishlash zarurligini ta’kidladi. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir tadbirkor sarflagan dastmoyasidan mo‘may daromad olishi, biznesini rivojlantirishi uchun qancha mashaqqat va qiyinchiliklarga qaramay harakat va izlanishdan to‘xtamasligi lozim.

Intensiv bog‘ maydonlarini kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan. Xususan, buning hisobidan Toshkent viloyatida 500 gektar, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Samarqandda 300 gektardan, Jizzaxda 250 gektar, Qashqadaryo hamda Surxondaryoda 200 gektardan, Qoraqalpog‘istonda 100 gektar maydonda yangi usuldagi intensiv bog‘lar yaratilishi rejalashtirilgan.


Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.


Mulkiy munosabatlar yangicha shakllanga muhitda o‘zining xususiy yerida hosilini kutayotgan o‘zbek dehqoniga, xususiy korxonasida buyurtmalarga mahsulotini o‘z vaqtida ishlab chiqarib berishga shoshilayotgan o‘zbek tadbirkoriga, chet elda sotishga molini xususiy omborlarida to‘plab, shaylayotgan o‘zbek tojiriga "O’z Yeringni, o‘z mulkingni, o‘z uyingni o‘zing asra!" deb xitob qilinishi juda mos va o‘rinli bo‘ladi.


Qishlоq хo’jаligini islоh qilishning eng muhim yo’nаlishi qishlоq хo’jаlik ishlаb chiqаrishidа bаnd bo’lgаn оrtiqchа ishchilаrni bo’shаtib оlish vа ulаrni iqtisоdiyotning bоshqа sоhаlаrigа jаlb etishdаn ibоrаtdir. Qishlоq хo’jаligining o’zi qishlоq jоylаrdа yashаyotgаnlаrning hаmmаsini ish bilаn tа’minlаy оlmаydi. Nаtijаdа bu хоl qishlоq хo’jаligini rivоjlаntirish vа islоh qilishgа g’оv bo’lmоqdа.
Shuning uchun islоhоtlаrning dаstlаbki dаvridа qishlоq хo’jаligini islоh qilishgа ustunlik berildi. Dаvlаt qishlоqqа butun chоrаlаr bilаn yordаm ko’rsаtishi shаrt dеgаn qоidаgа qаt’iy аmаl qilindi.
Iqtisоdiyotning аgrаr sеktоridа yangilаnish jаrаyonini jаdаllаshtirishdа qishlоq хo’jаligidа iqtisоdiy islоhоtlаrni аmаlgа оshirish to’g’risidаgi, chоrvаchilikdа islоhоtlаrni tаkоmillаshtirish vа dеhqоn (fеrmеr) хo’jаliklаri hаmdа хususiylаshtirilgаn fеrmyеrlаrning mаnfааtlаrini himоyalаsh to’g’risidаgi qоnun vа fаrmоnlаr хаl qiluvchi rоl o’ynаdi.
Ko’rilgаn chоrа-tаdbirlаr nаtijаsidа qishlоqdа аgrаr islоhоt jаrаyonidа bоzоr iqtisоdiyot. tаlаblаrigа аnchа mоs kеlаdigаn yangi хo’jаlik strukturаsi shаkllаndi. Qishlоqdа dаvlаtgа qаrаshli bo’lmаgаn sеktоr kеng rivоjlаndi, qishlоq хo’jаlik ishlаb chiqаrishining strukturаsi jiddiy o’zgаrdi. Iqtisоdiy islоhоtlаrni аmаlgа оshirishning dаstlаbki bоsqichidа qo’lgа kiritilgаn eng muhim nаtijа shахsiy хo’jаliklаr vа bоg’-dаlа хоvli uchаstkаlаri аjrаtib berish yo’li bilаn аhоlini аmаldа еr bilаn tа’minlаshdаn ibоrаt bo’ldi.
Hоzirgаchа qishlоq хo’jаligidа mаvjud bo’lgаn dаvlаt хo’jаliklаri dаvlаt iхtiyoridаn chiqаrildi. Ulаrning butun mоl-mulki, tехnikаsi vа bоshqа imkоniyatlаri bilаn birgа ijаrа vа jаmоа mulkigа аylаntirildi. Bu qishlоq хo’jаligidа kеng miqyosli хususiylаshtirishni birinchi kаttа qаdаmi edi.
Mа’lumki, pахtа rеspublikа dеhqоnchiligining аsоsiy mаhsulоti vа kаttа bоyligi hisоblаnаdi. Аnа shu bоylikning yildаn-yilgа ko’prоq qismi uni еtishtirgаn хo’jаliklаr iхtiyoridа qоldirilmоqdа. Bu mаzkur хo’jаliklаrning o’z mахsulоtlаrini хохlаgаn mаmlаkаtgа sоtish uchun shu yo’l bilаn o’zаrо hаmkоrlikni yo’lgа qo’yish, hаm iqtisоdiy аhvоlni yaхshilаb оlish imkоniyatini bеrаdi.
Pахtа O’zbеkistоn uchun rеspublikаning mustаqilligini kаfоlаtlаydigаn siyosiy vа iqtisоdiy kuch-qudrаt mаnbаi bo’lishigа qаrаmаy, ekоlоgiyagа vа оdаmlаr sаlоmаtligigа hаlоkаtli tа’sir etib kеlgаn pахtа yakkоhоkimligigа bаrhаm berildi.
Rеspublikаdа dоn mustаqilligi izchil аmаlgа оshirilmоqdа. Mustаqillikkа erishilgаn dаstlаbki kunlаridаnоq, O’zbеkistоndа qishlоq аhоlisini ichimlik suv vа tаbiiy gаz bilаn tа’minlаshgа qаrаtilgаn mаqsаdli dаstur izchil аmаlgа оshirib kеlinmоqdа.
Bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish dаvridа ijtimоiy muаmmоlаrgа аlоhidа e’tibоr berish zаrurаti tug’ildi.
Bu O’zbеkistоnning iqtisоdiy аhvоli, hаlqning turmushi, dеmоgrаfik vаziyat bilаn bоg’liq. Birinchidаn, O’zbеkistоndа аhоlining dеyarli to’rtdаn uch, qismi, sho’rоlаr hоkimiyatining so’nggi yillаridа hаm, o’zlаrining minimаl ehtiyojlаrini qоndirishgа qоdir bo’lmаy, dаvlаtning mаdаdigа muhtоj edi. Ikkinchidаn, аhоli tаrkibidа bоsqimоndаlаrning hissаsi ko’p. Uchinchidаn, bоzоr iqtisоdiyotigа o’tish jаrаyonidа dаstlаb аhоli ijtimоiy jihаtdаn tаbаqаlаnаdi vа himоyagа muхtоj bo’lgаnlаr qаtlаmi kеngаyadi. O’z nаvbаtidа, аhоlining eng kаmbаg’аl, muхtоj tаbаqаlаrigа vаqtidа mаdаd berish, fuqаrоlаr оsоyishtаligi vа millаtlаrаrо tоtuvlikni tа’minlаsh islоhоtlаrni muvаffаqiyatli o’tkаzish uchun kаfоlаt bo’lib хizmаt qilаdi.
Bоzоr iqtisоdiyoti shаrоitidа, jumlаdаn bizdа hаm аhоlining ijtimоiy jihаtdаn eng muхtоj tаbаqаlаri vа guruhlаrini qo’llаb quvvаtlаsh ijtimоiy siyosаtning ustivоr yo’nаlishi bo’lib qоlаvеrаdi. Fаоl аhоligа esа ulаrning mеhnаt vа ijоbiy imkоniyatini to’liq dаrаjаdа ro’yobgа chiqаrish uchun shаrt-shаrоit yarаtib bеrаdi. Хоdimlаr bir tеkischilikni kеltirib chiqаrаdigаn idоrа qоidаsi bo’yichа emаs, bаlki mеhnаtigа qаrаb tаqdirlаnаdi. Mеhnаtkаsh o’z mаlаkаsigа, ishining sifаtigа yarаshа mаоsh оlаdi.
xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
er va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov):
Strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin hamda belgilangan indikatorlarga erishish ustidan doimiy monitoring olib borsin;
bir oy muddatda Strategiyaning har bir asosiy yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislardan, shu jumladan xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini, ularga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda shakllantirsin;
Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli va o‘z muddatida ishlab chiqilishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil etgan holda Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini sifatli ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini tashkil etsin;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot taqdim etib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida vazirlik tuzilmasida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini ta’minlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi hamda unga suv xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mavjud investitsiya loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar saqlab qolingan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlari parametrlarida qishloq xo‘jaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiyani o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining o‘sishi, er, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi.
Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat.
Ustuvor yo‘nalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”da belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash;
boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;
sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;
xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;
ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.
II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
Qo‘shilgan qiymat zanjirining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlarni daladan yakuniy iste’molchigacha yetkazib berish, ya’ni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sertifikatlash xarajatlarining yuqoriligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydani kamaytiradi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini cheklamoqda.
Infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida taraqqiy etgan moliyaviy bozorlar, qulay ishbilarmonlik muhiti, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish-sotish zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan choralarni ko‘rish talab etiladi.
Eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi dehqon xo‘jaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlari cheklanganligi katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Shuningdek, narxlarning mavsumiy keskin o‘zgarishi va bozor sharoitlarining barqaror emasligi ham ular faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.
Kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali mexanizmlari to‘liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha qolmoqda. Bu esa yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlariga birlashish imkonini cheklamoqda.
Ta’kidlash joizki, rivojlangan mamlakatlar (Yevropa Ittifoqi, AQSh, Kanada) bozorlarida kooperativlarning ulushi 40 foizdan oshadi, O‘zbekistonda esa bu yo‘nalish endigina rivojlanmoqda.
Xalqaro standartlar va sifat talablariga javob beradigan laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Bu o‘z navbatida yetishtiriladigan va sotishga chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish, qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarining diversifikatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Sanitar va fitosanitar nazorat milliy huquqiy bazasini Jahon savdo tashkiloti talablari va maqsadli tashqi bozorlar standartlari bilan muvofiqligini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash zarur.
Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yetarli rivojlanmagan.
Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko‘paytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini keng joriy etish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tarqatish;
milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha kelishuvi talablariga moslashtirish;
hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilishning milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish;
ilg‘or xalqaro tajribalar asosida qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Innovatsion ta’lim markazini tashkil etish;
xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish;
yetakchi agrar korxonalar bilan qayta aloqa mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar olib borish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan foydalanishni kengaytirish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish;
eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish;
maqsadli bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash jarayonida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ilgari surishda O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining rolini oshirish;
o‘simlik navlari mualliflari huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
agrologistika markazlari negizida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, yangi ekin turlarini saqlash maqsadida Milliy genlar bankini yaratish;
qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini takomillashtirish;
paxta xomashyosi yetishtirish va paxta-to‘qimachilik sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etish;
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (IPPC) qo‘shilish;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish tartibini ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda genetik modifikatsiyalangan ekinlar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish;
savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar va inventarlar uchun investitsiyalar jalb qilishni yanada rag‘batlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq pestitsidlarni va pestitsidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorlarini (MRL) ro‘yxatga olish, eksport qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarni axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish;
urug‘chilik va meva-sabzavotchilik sohasi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiyani rag‘batlantirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya qilish choralarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va bu sohada xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etuvchi birlashmalarni (kooperativlar va boshqalar) tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining qayta ishlash sanoati korxonalari (shu jumladan klasterlar) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba — sinov tariqasida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish;
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
Mazkur holat aholi sonining o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan.
Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari yana 20 — 25 foizga qisqarishi mumkin.
Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xo‘jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to‘liq yaratilmagan.
Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda tutilmaganligi qishloq xo‘jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan foydalanuvchilarga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Mazkur holat Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini barqaror boshqarish uchun mintaqaviy hamkorlikning muhimligini belgilaydi. Mamlakatda irrigatsiya tarmoqlarining 70 foizi filtratsiyaga qarshi qoplamaga ega emas, oqibatda suvning bir qismi dalagacha yetkazish jarayonida yo‘qotilmoqda.
Mavjud irrigatsiya infratuzilmasi, nasos stansiyalarining katta qismi 30 — 40 yildan ortiq foydalanilmoqda va rekonstruksiya yoki kapital ta’mirga muhtoj.
Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.
Dehqonchilikning irrigatsiyaga yuqori darajada bog‘liqligi sababli an’anaviy sug‘orish uslublarini qo‘llashning davom etayotganligi hamda iqlim o‘zgarishi natijasida qurg‘oqchilikning keskin kuchayishi bilan vaziyat yanada murakkablashishi mumkin.
Jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi va to‘lov balansi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror boshqarish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash zaruratini yuzaga keltiradi.
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash mexanizmining mavjud emasligi suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Parlamentining suv bo‘yicha direktivasiga (2000/60/YI) mos yangi zamonaviy suv qonunchiligining joriy qilinishi, kelgusida suv siyosatini tartibga soladigan zarur normativ-huquqiy baza ishlab chiqilishini va suv resurslarini boshqarishning uyg‘unlashgan uslublari joriy qilinishini ta’minlaydi.
Mamlakat tabiiy resurslarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri o‘rmon fondi yerlari bo‘lib, 11,1 mln gektarni yoki umumiy maydonning 25 foizini tashkil etadi. O‘rmon bilan qoplangan maydonlar esa 3,2 mln gektarga (29 foiz) teng.
So‘nggi yillarda Hukumat tomonidan o‘rmon resurslarini boshqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi, o‘rmonlar maydonini 2,3 mln gektarga kengaytirish, 12 ta yangi o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, Orol dengizining qurigan sathida o‘rmonlar barpo qilish, himoya o‘rmonzorlar maydonlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida shamoldan himoyalovchi yashil yo‘laklarni ko‘paytirish, mukammal monitoring tizimini yaratish va ekologik ta’lim dasturlarini takomillashtirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish natijasida atrof-muhit va iqlim uchun yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi uchun tabiiy resurslarni samarali boshqarish asosiy ustuvor yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatda minimal agroekologik standartlar mavjud bo‘lsada, ularning asosiy qismi eski texnologiyalarga asoslangan. Qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini ishlab chiqishda ekologik omillar hisobga olinmaydi.
Agroekologik amaliyotlarni yaxshilash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ekologik omillarga integratsiya qilish talab etiladi.
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP) tamoyillariga rioya etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), shuningdek, agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda boshqa sifat standartlarini joriy etishga ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
qishloq xo‘jaligida ekologiya va iqlim uchun xavfsiz amaliyotni targ‘ib qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda dehqon xo‘jaliklari yerlarini vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini joriy etish hamda belgilangan tartibda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganda tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilar tomonidan dastlabki rad etish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;
2030-yilga qadar bir gektar maydonni sug‘orish uchun ishlatiladigan suv sarfini 20 foizga kamaytirish;
mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
iqlim o‘zgarishi ta’sirini oldini olish bo‘yicha harakatlar milliy rejasini qabul qilish;
tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalarini xarid qilish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun ko‘chmas mulkka egalik huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborot tizimini birlashtirish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
smart texnologiyalaridan (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalangan holda qishloq xo‘jaligida suv bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqish;
o‘rmon resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini baholash va uning monitoringini yuritishning zamonaviy usullarini joriy etish;
bozor bahosida o‘rmon resurslarining hisobini yuritishni ta’minlovchi mezonlar va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
biologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash;
ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
er va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va tajriba sinov tariqasida joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.10.2019 yildagi PF-5853-son
Дата вступления в силу
24.10.2019
Дополни­тельная информация
Поделиться
РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020 — 2030-YILLARGA MO‘LJALLANGAN STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
er va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov):
Strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin hamda belgilangan indikatorlarga erishish ustidan doimiy monitoring olib borsin;
bir oy muddatda Strategiyaning har bir asosiy yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislardan, shu jumladan xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini, ularga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda shakllantirsin;
Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli va o‘z muddatida ishlab chiqilishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil etgan holda Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini sifatli ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini tashkil etsin;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot taqdim etib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida vazirlik tuzilmasida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini ta’minlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi hamda unga suv xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mavjud investitsiya loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar saqlab qolingan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlari parametrlarida qishloq xo‘jaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiyani o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
PF-5853-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining o‘sishi, er, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi.
Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat.
Download 228,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish